tadqiqotlarida qiymat o`rniga qimmat tushunchasi ko`proq qo`llanilmoqda, marjinalizm
nazariyasida ham shunday). U tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini
farqlaydi, haqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi. "qiymat" so`zi uningcha
ikki xil mazmunga ega. Bu so`z bilan buyumning foydaliligi (balki qimmati) hamda uni
boshqa buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Demak, u iste'mol va almashuv
qiymatlarini farqlagan. Masalan,
suv va olmosni olib, bu tovarlarning almashuv
qiymatini ularning foydaliligi yoki iste'mol qiymati bilan tushuntirish bema'ni ekanligini
ko`rsatib beradi. qiymatning yagona manbayi va oxirgi o`lchovi shu tovarni ishlab
chiqarish uchun sarflangan mehnat bo`lib, bu mehnat sarflari jami uchun zarur o`rtacha
sarfga tengdir. Smit malakali va murakkab mehnatdan oddiyga o`tishga ma'lum
koeffitsiyentlar yordamida bajarilishini uqtiradi. Almashuv qiymati tovarning tabiiy
xususiyati emas, tovarlarning tabiiy xususiyati, ularning iste'mol qiymatlari hisoblanadi.
Agar tabiiy xususiyatlarni inkor etsak, tovarlarda yagona xususiyat qoladi: tovarlar inson
mehnatining mahsulidir. A.Smit V.Pettidan farqli ravishda (u
mehnat faqat oltin yoki
kumush ishlab chiqarishda qiymat hosil qiladi, degan edi) mehnat barcha moddiy ishlab
chiqarish tarmoqlarida qiymatni hosil qiladi, degan fikrda edi. U ish vaqti va qiymat
miqdori orasidagi to`g`ridan-to`g`ri aloqadorlikni aniqladi, mehnat qiymatning haqiqiy
asosi ekanligini isbotlashga urindi.
A.Smit mehnatning
ikkiyoqlama xarakterini, ya'ni mavhum va konkret mehnat
borligini tushunmadi, qiymat o`z tabiatiga ko`ra ijtimoiy xarakterga ega, tovar ishlab
chiqaruvchilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradi va
bir tovarning ikkinchisiga
munosabati almashuv qiymati orqali aniqlanadi. Smitning fikricha, qiymatni sotib
olinadigan mehnatga qarab aniqlash shu tovarlarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat
bilan aniqlash usuliga qarama-qarshi emas. Ekvivalentlik tovar almashuvining qonuni:
bir xil miqdordagi mehnat aks etgan tovarlar almashadi. Shundan Smit tovar ishlab
chiquvchi bir tovarni boshqasiga almashganda keng miqdordagi mehnatni sotib oladi, shu
sababli tovar qiymatini sarflangan va sotib olingan mehnat bilan baravar aniqlash
mumkin, degan xulosa chiqaradi. Bu holda qiymat o`lchovi deb ish vaqti o`rniga
mehnatning almashuv qiymati keltiriladi. Sotib olinadigan
mehnat nazariyasida qiymat
tushunchasi ishlab chiqarish faoliyatidan almashuv sohasiga ko`chirilgan (bu esa xato),
almashuv qiymati esa o`z hisobiga faqat ma'lum miqdordagi mehnatni olish qobiliyati
sifatida izohlagan, xolos. A.Smit kapitalist va ishchi o`rtasidagi munosabatni tahlil etib,
bunda ekvivalentlik qonunining buzilganligini ko`rdi. Kapitalist ishchiga ish haqi sifatida
ishchi mehnati tomonidan yaratilgan qiymatning faqat bir qismini to`laydi. Bu
qiymatning ikkinchi qismini esa kapitalist foyda sifatida o`zlashtiradi. Olim kapitalizm
davrida qiymat qonuni buzilayotir, deb e'lon qildi va qiymatning
mehnat nazariyasi
kapitalizmgacha bo`lgan sharoitlarda qo`llanilishi mumkin, deb hisoblaydi. Uning
fikricha, qiymat faqat "jamiyatning dastlabki holatida", kapitalist va yollanma ishchilar
bo`lmagan, ya'ni oddiy tovar ishlab chiqarilishi sharoitlaridagina mehnat bilan aniqlanadi
(ekvivalentlik to`la mavjud). Ma'lumki, oddiy tovar ishlab chiqaruvchilar mehnat
mahsulotini sotadilar va sotib oladilar, ishchi kuchi u yerda tovar emas. Tushunarliki, u
sharoitda begona mehnat faqat mehnatning moddiylashgan shaklida "sotib olinadi".
Kapitalizmda esa ishchilar ishchi kuchini tovar sifatida,
sotuvchilar sifatida,
kapitalistik ishlab chiqarish vositalari egasi sifatida bu tovarni sotib oluvchilar sifatida ish
yuritadilar, oqibatda jonli va moddiylashgan mehnat o`rtasida doimiy almashuv ro`y
beradi. A.Smit ishchi kuchi degan kategoriyani bilmagan, u ishchi o`z mehnatini sotadi
deb o`ylagan. Shu sababli u kapitalizmda haq to`lanmagan mehnatning o`zlashtirilishini
qiymatning mehnat nazariyasi asosida tushuntirib bera olmagan. A.Smit qiymatni
daromad bilan ham tenglashtirishga uringan. U aytadiki,
ish haqi, foyda va renta har
qanday daromadning, xuddi shuningdek har qanday almashuv qiymatining dastlabki uch
manbayidir. Demak, Smit kapitalizmga xos yana bir qiymat - daromad nazariyasini
o`ylab topdi, bu yerda daromad ish haqi darajasi, foyda va renta bilan aniqlanadi.
qiymatni daromadlar asosida tushuntirish olimning qiymatning mehnat nazariyasiga
qarama-qarshidir. Bu g`ayriilmiy konsepsiya boshqa siyosiy
iqtisod namoyandalari
tomonidan keng foydalaniladi
5.
Do'stlaringiz bilan baham: