mashina qo`llashga qulaylik yaratadi. Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim
takrorlashi tufayli mahsulotning sifati ham yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi,
raqobat quvvatini oshiradi. Shunday qilib, A.Smit manufakturada mehnat taqsimotining
roli va mashina sanoati sari rivojlanish tendensiyasini to`g`ri yoritgan. Uningcha ishlab
chiqarish hajmi va mahsulot iste'moli ikki omil: aholining unumli mehnat bilan
shug`ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. Farqli
ravishda ikkinchi omil muhimroq bo`lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita bog`liqdir.
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 161 A.Smit asarida
mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan. Bir xil operatsiyani mexanik
ravishda takrorlayverish oqibatida ishchi befarosat va nodon bo`lib ham qolishi mumkin.
Aqliy va jismoniy mehnat o`rtasidagi farq odamlarning tabiiy ko`rsatkichlari bilangina
aniqlanmaydi, balki ularning hayoti va faoliyati oqibatidadir. Faylasuf aravakashdan
tug`ma xususiyatlari bilan emas, balki boshqa turdagi mehnat va hayot tarzi bilan farq
qiladi. Mehnat taqsimoti qancha mukammal va bozor qancha keng bo`lsa, mehnat
taqsimoti, ixtisoslashuv uchun shuncha keng sharoit bo`ladi, tor bozorda bu imkoniyatlar
cheklangan bo`ladi va mehnat unumdorligining o`sishi ham qiyinlashadi. A.Smit bir
tomondan manufaktura miqyosida va ikkinchidan jamiyatdagi turli korxonalar, sohalar
mehnat taqsimoti o`rtasida prinsipial farq yo`q deb hisoblaydi. Uningcha, butun jamiyat
yirik manufaktura bo`lib, mehnat taqsimoti esa odamlar hamkorligining umumiy
shaklidir. Shu bilan birga obyektiv sharoitni hisobga olib, manufakturadagi mehnat
taqsimoti va endigina rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham
tan olinadi. Pul nazariyasi Ishchi kapitalning ilojsiz qo`shimchasiga aylanib boradi, ish-
lab chiqarish vositalaridan, mehnat obyekti va sharoitidan mahrum bo`la boradi.
Insonning almashuvga moyilligi uning psixologiyasi va xulqatvoriga xos bo`lib, mehnat
taqsimotining rivojiga ham ta'sir etadi. Bundan keyin, mehnat taqsimotining o`sishi va
almashuvning kengayishi parallel boradi va ular bir-birining rivojlanishiga turtki bo`ladi.
Bu jarayonda pulning muhim roli bor. Smit tovar dunyosining pulning stixiyali ravishda,
uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini ko`rsatib beradi. Pulning paydo bo`lishini
ayrim iste’dodli odamlarning kashfiyoti yoki odamlarning o`zaro hamkorligiga bog`lash
mumkin emas. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan (bu
prinsiplar Smitda beshta, G’arb olimlarida esa asosan uchta) alohida ta'kidlaydi. Oqibatda
Smitning fikricha, pul texnik qurol bo`lib, iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni
"muomalaning buyuk g`ildiragi" deb baholaydi. A.Smit oltin va kumush pullarni qog`oz
pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa banklar cheklangan miqdorda
chiqarishi zarur deb hisoblagan, ammo bunga uncha katta e'tibor bermagan. A.Smitning
qarashlarida ancha chalkashliklar bo`lsa ham, lekin u pul va kreditni ishlab chiqarish
asosidan chiqardi, ularning ishlab chiqarishga nisbatan tobeligini ko`rsatib berdi. A.Smit
162 kredit omillarining mustaqilligini yetarli baholay olmadi, ularning ishlab chiqarishga
teskari ta'sirini tushunmadi.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: