Referati. Reja: yangi o‘zbekiston yangicha boshqaruv


II. INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARI TA’MINLANGAN HUQUQIY DAVLAT



Download 193,3 Kb.
bet3/8
Sana18.01.2022
Hajmi193,3 Kb.
#391443
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DAVLAT INSON UCHUN - TAMOYILI DEMOKRATIK ISLOHOTLAR MEZONI

II. INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARI TA’MINLANGAN HUQUQIY DAVLAT

Yangi O‘zbekiston – qonun va adolat ustuvorligi tamoyillari amal qiladigan mamlakat

Ustuvor vazifalarimizdan biri – dunyodagi “qonun ustuvorligi indeksi” yuqori darajada bo‘lgan 30 ta davlat qatoriga O‘zbekistonning kirishini ta’minlash va aholining adolatli sudlovga ishonchini oshirish. Insonning fundamental huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoyalash, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlov holatini tubdan yaxshilash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratish.



Mustaqil va adolatli sud hokimiyatiga ishonchni mustahkamlaymiz!

Biz sudga bo‘lgan ishonch va hurmatni yuksaltiramiz. Biz uchun sud faoliyati va mustaqilligining eng muhim mezoni – fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyalangani, adolatli sudlov ta’minlangani, yakuniy va barqaror sud qarorlarining qabul qilinganidir.

Biz sudlar faoliyati ochiqligi va oshkoraligining kuchaytirilishi, “elektron va raqamli sud” konsepsiyasining amalga oshirilishi, sudlar tomonidan o‘z faoliyati haqidagi hisobotlarning xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etilishi, mahalla, korxona va tashkilotlarda ko‘chma sud yig‘ilishlari o‘tkazilishini – adolatli sudning garovi, deb bilamiz.

Partiya sud tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, adolatli sudlovdan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan quyidagi takliflarni ilgari suradi:

– xususiy mulk daxlsizligini, tadbirkorlik va tadbirkorlarni ishonchli himoyalashni ta’minlashda sudlarning rolini kuchaytirish, jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulklarini buzish, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari va xususiy mulk ob’ektlarini olib qo‘yish hamda tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan litsenziyalarni bekor qilish bo‘yicha qarorlarning faqat sud tomonidan qabul qilinishi, tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari harakati yoki harakatsizligi oqibatida ko‘rgan zararlari borasidagi da’volari muddatlarini bekor qilish va muddatsiz ekanini kafolatlash, shu maqsadda “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish;

– “Xabeas korpus” institutining qo‘llanilishi sohasini yanada kengaytirish, sud mustaqilligini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakolatlarini qayta ko‘rib chiqib, optimallashtirish. Prokuratura organlarining sud hujjatlari bo‘yicha protest keltirish vakolatlarini bekor qilib, ularni tegishli qarorlar bo‘yicha shikoyat qilish huquqiga almashtirish, prokuratura vakolatlaridan unga xos bo‘lmagan vazifalarni chiqarib tashlash, tegishli vakolatlarni ijro hokimiyatiga berish. Prokurorlarning maqomi, ularning mustaqilligini ta’minlash masalalari, tanlash va xizmat pog‘onalaridan o‘stirishning xolis mezonlari qonunda aniq belgilangan bo‘lishi, hokimiyatlar bo‘linishining Konstitutsiyaviy tamoyilidan kelib chiqib Majburiy ijro byurosini Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazish zarur;

– viloyatlar miqyosidagi sudlarni optimallashtirish, birlashtirish, yagona sud raisi bo‘ysinuviga o‘tkazish. Xususan, ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy, moddiy huquqqa oid ishlar ham amalda ko‘rib chiqilayotganini inobatga olib, ularning maqomini qayta ko‘rib chiqish;

– sud buyrug‘i institutini takomillashtirish, uning ayrim turlari o‘rniga sudgacha hal etish mexanizmlarini joriy etish hamda boqimanda qarzdorlikni sud orqali undirish masalasi va mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish;

– xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligi borasidagi konstitutsiyaviy tamoyilni hayotga izchil tatbiq etish, sudlar faoliyatida xalqaro huquq va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridagi tamoyillar va normalarning kengroq qo‘llanishiga erishish;

– sud tergovi institutini takomillashtirish, Sudyalar oliy kengashi vakolatlari va maqomini qayta ko‘rib chiqish, uning qaror va xulosalariga nisbatan nomzodlarning shikoyat qilish huquqini nazarda tutish.



Mustaqil advokatura instituti

Maqsad – sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq-erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalash. Tergov va sudning barcha bosqichlarida, jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda advokatning rolini oshirish asosiy vazifalarimizdan sanaladi.

Advokatura va yuridik xizmatlar ko‘rsatish institutlarini rivojlantirish maqsadida partiya quyidagilarni taklif etadi:

– Advokatlar palatasining mustaqilligini amalda ta’minlash, uning huzurida Advokatlar akademiyasini tashkil etish, advokat maqomini olish uchun qo‘yilgan stajirovka muddati haqidagi talabni bekor qilish, adliya tizimining advokatura sohasiga aralashuviga chek qo‘yish;

– advokatura instituti mustaqilligi, advokatlarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali himoyasini ta’minlash, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ularning haq-huquqlari buzilgani to‘g‘risidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqish va tegishli baho berish masalalarida parlamentning roli va ahamiyatini oshirish. Shu maqsadda Oliy Majlis quyi palatasida advokatura institutini mustahkamlash komissiyasini tashkil etish;

– nodavlat notariat instituti faoliyatini qayta tiklash, keng yo‘lga qo‘yish, notarial harakatlarning masofadan turib, interaktiv – elektron xizmat ko‘rinishidagi faoliyat sohasini kengaytirish, notariuslarning nodavlat birlashma shaklidagi hamjamiyatini tuzish hamda Notariat to‘g‘risidagi qonunning yangi tahrini ishlab chiqish;

– yuridik xizmat ko‘rsatish sohasini yanada takomillashtirish, “Shartnomaviy huquqiy baza va yuridik xizmat to‘g‘risida”, “Tekin yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonunlarni hamda yaxlit huquqiy himoya konsepsiyasini ishlab chiqish, aholi ongida advokatura va notariat institutlarining xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar ekani to‘g‘risidagi qarashni shakllantirish, ushbu sohada xususiy sektor rolini oshirish.

Korrupsiya ustidan g‘alaba qozonish va “toza qo‘llar” siyosati

Maqsad – korrupsiya ustidan g‘alaba qozonish, mamlakatimizning korrupsiyani rad etadigan va bu borada “nol toqatlilik”ka erishgan davlatlar qatoriga kirishiga erishish. Bu borada biz quyidagilarni taklif etamiz:

– siyosiy arboblar va davlat xizmatchilarining mablag‘lari va molk-mulklari haqidagi ma’lumotlarni ochiqlashtirish va deklaratsiya qilishning yangi tizimini joriy qilish;

– davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish maqsadida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunni va elektron xaridlar tizimini takomillashtirish;

– jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi faoliyati samaradorligini oshirish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha huquqiy va tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish, qonunchilikdagi jazoni og‘irlashtirish yoki yengillashtirishga oid normalarni qo‘llash jarayonidagi inson omilini bartaraf etish;

– rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan, parlamentga hisobdor, Prokuratura, IIV, DXXdan mustaqil faoliyat yuritadigan alohida davlat organlari – Korrupsiyaga qarshi kurash va Tergov departamentlarini tashkil etish;

– parlament palatalaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitalarining vakolat va funksiyalarini kuchaytirish.

Yangi O‘zbekiston – liberal qonunlar, yuksak huquqiy madaniyatga ega fuqarolar mamlakati

Biz ma’muriy, jinoyat, jinoyat-protsessual va xo‘jalik qonunchiligini yanada erkinlashtirish, ayrim jinoiy harakatlarni kriminallashtirishdan xoli qilish, tadbirkorlik sub’ektlari javobgarligini liberallashtirish, jinoiy jazolar va ular ijrosini insonparvarlashtirish tarafdorimiz.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish, yuvenal yustitsiyani rivojlantirish, mulkchilik to‘g‘risidagi qonunchilikni tubdan takomillashtirish, dunyoda tan olingan yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar huquqiy maqomlari, autsorsing mexanizmini joriy etish kabi ilg‘or tajribalarni qonunchiligimizga implimentatsiya qilishni taklif etamiz.

Fuqarolarning huquqiy bilimlari va ongini yuksaltirish, jamiyatda qonunni hurmat qilish va inson huquqlari madaniyatini shakllantirish, ushbu yo‘nalishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligi tashkil etilishini muhim, deb bilamiz. Shaxsiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “qonunda taqiqlanmagan barcha narsa mumkin” tamoyilini hayotga tatbiq etishni taklif etamiz.




Download 193,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish