Referati. Reja: yangi o‘zbekiston yangicha boshqaruv


IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH



Download 193,3 Kb.
bet5/8
Sana18.01.2022
Hajmi193,3 Kb.
#391443
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DAVLAT INSON UCHUN - TAMOYILI DEMOKRATIK ISLOHOTLAR MEZONI

IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH

To‘liq bandlik va barcha uchun munosib ish o‘rni!

Partiya mamlakatimizda ishsizlik, ayniqsa, yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik muammosi bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaydi. Fuqarolar bandligini to‘liq ta’minlash va mehnatga munosib haq to‘lash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat bozori infratuzilmasining muvozanatlanganligi va rivojlanishiga erishish, ishsizlik darajasini qisqartirish – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim sharti. Biz “Tadbirkorlik – aholi bandligining garovi!” g‘oyasi hayotimizga to‘liq joriy etilishiga intilamiz va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi amaliyotini qo‘llab-quvvatlaydi.

Davlat mazkur yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlarni taklif etadi:

– ish o‘rinlari zaxirasini yaratish, aholi, jumladan, xotin-qizlar, nogiron shaxslar hamda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj boshqa toifalari, eng avvalo, yoshlarni ishga joylashtirishda yangi usullardan foydalanish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, real ish haqining barqaror o‘sishiga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini amalga oshirish;

– oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, tomorqa xo‘jaligi va xususiy biznesni qo‘llab-quvvatlash hisobiga aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar oilaviy budjeti daromadlarini oshirish. Biz oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, tomorqa xo‘jaligi va xususiy biznes bilan mashg‘ul fuqarolarning zamonaviy mashinalar, uskunalar, xomashyo va materiallar xarid qilishi uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash, ularga marketingni o‘rgatish hamda kasanachilik mahsulotlari (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarilishini tashkil etish maqsadida buyurtmachilarni izlash, bozorda  talab katta bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishi uchun tadbirkorlikning boshqa sub’ektlari bilan kooperatsiyaga kirishishi tarafdori;

– bozor talablarini hisobga olgan holda ishga joylashishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish. O‘zbekistonning xalqaro ishchi kuchi bozoriga bosqichma-bosqich kirib borishi, mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, o‘z uyi, oilasini tashlab uzoq yurtlarda daromad topish maqsadida ishlayotgan yurtdoshlarimizning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, jamiyatda ularga nisbatan bildirilayotgan har qanday salbiy munosabat va fikrlarga qarshi turish hamda davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan alohida “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish;

– jamiyatdagi muammolarga tadbirkorlik orqali yechim topishning samarali usuli sifatida “ijtimoiy tadbirkorlik”ni qo‘llab-quvvatlash, uni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilish, ustoz-shogird an’anasini davom ettirish, rag‘batlantirish.

Barcha uchun qulay, sifatli va professional tibbiyot

Maqsadimiz – O‘zbekistonning dunyoda sog‘liqni saqlash tizimida yuqori samaradorlikka erishgan eng ilg‘or 30 ta mamlakat qatoriga kirishi, onalar o‘limi ko‘rsatkichini uchdan bir qismga, chaqaloqlar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini - ikki barobar, aholi o‘rtasida yurak-qon tomir, onkologik kasalliklar, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklardan o‘lim holatlarini 30 foizga kamayishiga erishish. Ana shu maqsadlarga erishish uchun partiya quyidagi ustuvor vazifalarni belgilab olgan:

– sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish, sug‘urta sohasini rivojlantirish va aholi sog‘ligini sug‘urtalash tizimini joriy etish, davlat-xususiy sheriklik tamoyilini hayotga izchil tatbiq etish, xususiy tibbiyotni rivojlantirish orqali malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda tibbiyot turizmining yuksak xalqaro mezon va standartlarga mosligini ta’minlash;

– mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi, aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarni dunyodagi ilg‘or mezonlar darajasiga olib chiqish, kasallanish ko‘rsatkichlarini pasaytirish va aholining uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga yo‘naltirilgan “Aqlli tibbiyot” konsepsiyasini joriy etish;

– zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, malakali kadrlar bilan ta’minlangan, yuqori texnologiyali va samarali tibbiy xizmat shakllanishi, tibbiyot muassasalarining ilmiy, uslubiy va ta’limga oid salohiyati rivojlanishiga, sog‘liqni saqlash tizimida innovatsion diagnostika vositalari va usullari joriy etilishiga ko‘maklashish;

– yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha uzoq muddatli davlat strategiyasini (dasturini) ishlab chiqish va amalga oshirish, aholini arzon narxdagi sifatli dori vositalari bilan ta’minlash;

– shifokorlarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shifokor va aholi o‘rtasidagi munosabatlarning aniq mezonlarini ishlab chiqish va uni qonun darajasiga ko‘tarish, shifokorlarga uzoq muddatli ipoteka kreditlari taqdim etilishini joriy etish va ularning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini ko‘tarish. Davlat tibbiyot muassasalari shifokorlari o‘rtasida har yili “Yil shifokor-olimi”, “Yil shifokor-tadqiqotchisi” “Yil erkak shifokori”, “Yil ayol shifokori” “Yil hamshirasi”, “Yil tez tibbiy xizmat haydovchisi” kabi tanlovlar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish;

– jamiyatda sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, bolalarda, ayniqsa, qizlarda jismoniy tarbiya va sportga muhabbat uyg‘otish. Partiya “Farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi buyukdir” tamoyilini hayotga izchil joriy qilinishi tarafdori.



Yangi O‘zbekiston: inson kamoloti va iqtidori qadrlanayotgan mamlakat

Maqsadimiz – O‘zbekistonning ta’lim va intellektual rivojlanish darajasi bo‘yicha dunyoda eng yuqori reytingga ega 30 ta davlat qatoridan joy olishini ta’minlash. Yuksak inson kapitali, jamiyatni intellektuallashtirish, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimida raqobat muhitini shakllantirish, davlat-xususiy sherikchilik va xususiy sektor resurslaridan keng foydalanish, “fuqarolarni butun umri davomida o‘qitish” modelini hayotga tatbiq etish, aholining oliy ta’lim bilan qamrab olinishini rivojlangan davlatlar darajasiga (50 foizdan kam bo‘lmagan) yetkazish  mamlakat raqobatdoshligi garovidir.

Partiya bu borada quyidagi vazifalarni ustuvor deb biladi:

– ta’lim tizimida raqobat muhitining shakllanishi, xususiy sektor resurslaridan foydalanish, davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish hisobiga 3-7 yoshlardagi bolalarning 73,1 foizi hamda 6 yoshdagi barcha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishiga erishish;

– har bir tumanda kamida to‘rttadan xususiy maktablar barpo qilinishiga erishish, sohada davlat-xususiy sherikchiligi va xususiy xizmatlarni jadal rivojlantirish hisobidan bolalar uchun sport, musiqa va san’at maktablari qurilishini qo‘llab-quvvatlash, ana shunday ob’ektlarni rekonstruksiya qilish orqali bolalarni ommaviy sport, musiqa va san’at dunyosidan bahramand qilish, ularning bu boradagi ehtiyojlarini to‘liq qondirish. Ingliz tili, informatika va boshqa talab yuqori bo‘lgan fanlarni, jumladan, matematika, fizika, kimyo, biologiyani chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatish sohasida xususiy sektorning ulkan imkoniyatlarini ishga solish;

– ta’lim-tarbiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, Ta’lim to‘g‘risidagi kodeksni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, unda ta’lim muassasalarini moliyalashtirish, faoliyatini baholash metodologiyalarini joriy etish hamda oliy ta’limda moliyaviy mustaqillikni belgilab beruvchi qoidalarni bayon etish, mamlakatimiz xalq ta’limi tizimiga rivojlangan davlatlar tajribalarini keng joriy etish, hududlarda ta’lim samaradorligi monitoringini yuritish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratish;

– ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning qo‘llab-quvvatlanishi, amaliyotga ilmiy va innovatsion yutuqlarning joriy qilinishini rag‘batlantirish, davlat-xususiy sherikchiligi, biznes jamoalar hamda ilmiy-tadqiqot va akademik markazlar, muassasalar sherikchiligi institutini qo‘llab-quvvatlash. Biz mazkur sherikchilik asosida tashkil qilingan zamonaviy laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari qoshidagi texnoparklar, ilmiy-eksperimental ixtisoslashgan markazlar tarmog‘ini rivojlantirish tarafdorimiz. Bunda quyidagi masalalarga alohida ahamiyat qaratamiz: ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini takomillashtirish, oliy o‘quv yurtlarida akademik fan va ta’lim jarayoni integratsiyasini chuqurlashtirish, yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda texnologiyalar transferini tijoratlashtirish, ishlanmalarni patentlash, litsenziyalash va boshqalar.

Yangi O‘zbekiston – baxtli insonlar mamlakati. Rivojlangan hududlar – qudratli O‘zbekiston demak

Maqsadimiz – mamlakatimiz urbanizatsiya darajasini 2030 yilga qadar 60 foizga yetkazish, butun aholining, jumladan, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bazaviy zaxiralar (er uchastkasi, texnologiya, kredit va boshqalar)dan foydalanishlari uchun qulay iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlar bilan ta’minlanishiga erishish. Biz teng imkoniyatlar, turmushning yuqori darajasi va barcha uchun birdek farovonlikni ta’minlash tamoyillarini hayotga tatbiq etilishini qo‘llab-quvvatlay.

Partiya yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasini rivojlangan infratuzilmaga ega zamonaviy shaharlar va qishloqlar tashkil etishi, zamonaviy texnologiyalar vositasida butun mamlakat aholisi turmushining yuqori darajasi ta’minlanishi, urbanizatsiya jarayoni xalq bilan muloqot asosida loyihalashtirilishi zarur, deb hisoblaydi. Bu boradagi ustuvor vazifalar sirasiga quyidagilar kiradi:

– hududlarning tabiiy, ma’danli xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishini ta’minlash. Biz har bir tuman va mahalla kesimida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlay;

– aholini, eng avvalo, yosh oilalarni arzon va zamonaviy qulay uy-joy bilan ta’minlash, aholi uchun yashash joyi atrofida ish joylarini yaratish, kommunal-maishiy xizmatlar, aholining toza ichimlik suvi,  elektr energiyasi hamda ishonchli va zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini yanada oshirish, sohada xususiy sektorni rivojlantirish;

– mamlakatimizdagi shaharlarni dunyoning rivojlangan megapolislari modeli asosida taraqqiy ettirish. Biz  shaharlarimizni ishbilarmonlik va biznes markazlariga, tan olingan fan, madaniyat, ma’rifat va ma’naviyat markazlariga aylantirishni, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyalarini, shuningdek, shaharlar va qishloqlar rivojlanishining uzoq muddatli dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taklif qilamiz. Ushbu dasturlar har bir yurtdoshimizga g‘amxo‘rlik qilish, ilg‘or amaliyotlar asosida barcha masalalarni samarali va oqilona hal qilish, iqtisodiyotning biznes drayveri sifatida shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirish, hokimliklarning hisobdorligini ta’minlash kabi tamoyillarga asoslanadi;

– uysozlik va loyihalashtirishda aholining bu boradagi ehtiyojlarini hisobga olish, xavfsiz, rang-barang va estetik jozibali muhitni yaratish, jumladan, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning ehtiyojlari hisobga olingan yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish;

– aholiga transport xizmatlari ko‘rsatilishini tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashishning xavfsizligi va qulayligini oshirish, yo‘l infratuzilmasini barpo etish va rekonstruksiya qilish.

Partiya har qanday jamiyatning madaniyati darajasi uning keksalar va xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi, deb hisoblaydi. Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning munosib mehnat qilishi va  qobiliyatlari,  salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish, jamiyatdagi o‘rni va maqomini mustahkamlashga ko‘maklashish partiyaning o‘ta muhim vazifalaridan bo‘lib qolaveradi.

– xotin-qizlar tadbirkorligi rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, mamlakat ravnaqi, xalq farovonligi va innovatsion loyihalar amalga oshirilishiga salmoqli hissa qo‘shayotgan faol, tadbirkor xotin-qizlar va fermerlarni rag‘batlantirishga, ularning faoliyati va ilg‘or ish tajribasini ommalashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiramiz;

– ijtimoiy biznesni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash tarafdorimiz, xalqaro tajribadan kelib chiqib, enagalar, haydovchilar, uy ishchilari mehnatiga oid qonunchilikni rivojlantirish, ushbu xizmatlar bo‘yicha firmalar tashkil etish va ularning xizmatidan foydalanganlar uchun mol-mulk solig‘idan chegirmalar ajratish tarafdori;

– “Oila sog‘lom va baxtli bo‘lsa, butun jamiyat gullab-yashnaydi” tamoyilini amalga oshirish, oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Oila qanchalik musahkam bo‘lsa – jamiyat shunchalik kuchli, davlat esa qudratli bo‘ladi! Biz oila institutini mustahkamlash masalalariga, eng avvalo, uning iqtisodiy asoslarini yaxshilash – oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish nuqtai nazaridan yondasha;

– “Turmush qurgan ayollarning fuqaroligi to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiyaga O‘zbekistonning qo‘shilish vaqti keldi, deb hisoblaymiz. Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida vaqtinchalik ishlarni bajaruvchi ayollarni hisobga olish markazlari tashkil qilish hamda ularning huquqiy kafolatlarini qonuniy mustahkamlash tarafdori.

Aholining nochor qatlamlari ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishida davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish ustuvor vazifalarimiz sirasidan o‘rin olgan.

Partiya imkoniyati cheklangan, nogiron shaxslar o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi, deb his etishi, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, kelajagini o‘z qo‘li va harakatlari bilan barpo etadigan real shart-sharoitlarni yaratishga intiladi.

Barkamol, erkin, kuchli va jasur yoshlar – jamiyat tayanchi, kelajagimiz bunyodkorlari

Har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlarga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual, ma’naviy salohiyatini, ijtimoiy faolligini oshirish partiyaning muhim vazifalaridan bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda.

Davlatning yoshlar siyosatini amalga oshirish, yoshlar tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishda boshqaruv organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, xususiy sektorning qizg‘in hamkorligini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ustuvor maqsadimiz – barcha yoshlar uchun ijtimoiy-siyosiy istiqbolni yaratish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga faol jalb qilishdan iborat. Shuningdek, biz yoshlarni ijtimoiy himoyalash, yosh oilalar uchun munosib turmush sharoitini yaratish, yoshlar uchun uylar qurish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlay.

Partiya yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi uchun zarur shart-sharoit yaratilishi, har bir hududning o‘ziga xos jihatlari, mehnat bozori va iqtisodiyot ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarni kasbga yo‘naltirish masalalarining samarali hal qilinishiga har tomonlama ko‘maklashish tarafdori. Biz yoshlarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi, start-ap loyihalarini amalga oshirishi, yoshlar tadbirkorligi klasterlarini yaratishiga qaratilgan choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shuningdek, mamlakatning oliy o‘quv yurtlari qoshida yoshlar innovatsion markazlarini tashkil qilish va rivojlantirishga qaratilgan ishlarni yoqlay.

Biz yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularning iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ular orasidan haqiqiy yetakchilarni kamolga yetkazish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ona Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini qaror toptirish borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlay.

Yoshlarning siyosiy, huquqiy madaniyati va ongini oshirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini, siyosiy jarayonlarga ongli munosabatini, turlicha tashqi va ichki tahdidlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetini shakllantirish, bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlash partiyaning eng muhim vazifalaridir.

Ishonamizki, kelajagimiz aynan intellektual salohiyati yuksak, ma’nan kamolga yetgan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonuvchi, kuchli fuqarolik pozitsiyasiga ega sog‘lom yoshlar qo‘lida!


Download 193,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish