8. Umummadaniy qadriyatlar tufayli xiyobonlar,
sayilgohlar, o'yingohlar, tomoshagohlar, san'at saroylari,
ziyoratgohlar, maktablar, madrasalar, kutubxonalar, madaniyat
markazlari kabi muassasalarda xalqard ahamiyatga ega bo'lgan
nufuzli tadbirlar, turli milIat xalqlarini birlashtirgan anjumanlar
o'tkaziladi. Umummadaniy qadriyatlarga ega bo'lgan har bir milIat
do'st, mehmon, turist sifatida madaniy-ma'naviy yodgorliklarga o'z
hurmatini izhor qiladi. Xalqaro munosabatlarda qat'iyatlilik,
donolik, uzoqni ko'ra bilish, xorijda ishlayotgan, ta'lim olayotgan
O'zbekiston vakillarining yurtimiz, halqimiz sha'niga-shan,
shuhratiga-shuhrat qo'shishi umummadaniylikning amaliy namoyon
bo'lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |