4. Huquqiy qadriyatlar - bu jamiyat va madaniyat, davlat va
huquq YO'nalishlarini o'zida mujassam etib, har bir kishida huquqiy
biIim, tafakkur va dunyoqarashni shakllantiradi. Huquqiy
qadriyatlar - umuminsoniy qadriyatlar va jahon andozalari, huquqiy
madaniyat bo'yicha sharq falsafasi, o'zbek milliy mafkurasi, tarixiyhuquqiy meros va tajriba asosida kamoI topadi. Huquqiy qadriyatlar
eng avvalo umuminsoniy qadriyatlarga, umumjahon
tsiviIizatsiyasiga, bu sohada boshqa xalqlar erishgan tajribalarga,
xalqaro huquqning me'yorlariga asoslanadi. Tenglik, erkinlik,
birodarlik, xalqlar va millatlararo do'stlik, insonning o'z xohish-
irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, barcha
fuqarolaming teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida
qonun ustunligi - huquqiy qadriyatlar hisoblanadi. Huquqiy
qadriyatlar O'zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar bilangina
emas, balki xalqning o'z ongi, uning ma'naviy-axloqiy
dunyoqarashi va huquqiy tajribasi, mehr-shafqati bilan
mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |