Referati mavzu: Pedagogik aksiologiyada qadriyatlarning marosim, urf-odat, an'analarining mazmuni va ahamiyati



Download 36,7 Kb.
bet11/14
Sana07.01.2022
Hajmi36,7 Kb.
#329525
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Pedagogik aksiologiyada qadriyatlarning marosim, urf-odat, an'analarining mazmuni va ahamiyati

10. Badiiy qadriyatlar - san'at durdonalari· bo~ib, insonda
estetik hissiyotni uyg'otadi, uni estetik jihatdan tarbiyalaydi. Badiiy
qadriyat - mana shu qadriyat mezonlari talablariga javob beruvchi
san'at asari, uning asosida go'zallik o'zining ko'plab ko'rinishlarida
asosiy mezonlar belgisi hisoblanib, unda estetik va badiiy
qadriyatlar ma'lum nisbatlarda bo'ladi. Badiiy qadriyatlaming
mazmunida u yoki bu san'at tili yordamida estetik mazmun va

badiiy obrazda berilgan «go'zallik qonunlari bO'yicha» aks


ettirilgan va qayta yaratilgan borliq aks etadi.
Ijtimoiy-tarixiy rivojlanish, davrning dolzarb vazifalari, ishlab
chiqilgan ma'naviy va badiiy qadriyatlar sababli O'rta Osiyo
ko'rgazmali badiiy san'ati - miniatyura san'ati o'rta asriarda yuksak
rivojlanish darajasiga erishdi. Kitob rangtasvirida o'rta asrlar
jamiyatining odob-ahloq qoidalari va dunyoqarashi, estetik
g'oyalari, qahramonlik-vatanparvarlik dostonlari va xalq og'zaki
ijodi hamdalarining mahalliy badiiy an'analar bilan bog'liqligi,
ularda davming ijtimoiy buyurtmasi va go'zallik to'g'risidagi asrhlr
davomida shakllanib kelgan barqaror xalq tasavvurlari aks ettiriladi.
Firdavsiy, Nizomiy, Sa'diy, Jomiy. Navoiy, Dehlaviyning
asariari ra~som-miniatyurachilar orasida eng mashhur bo'igan.
Miniatyura rangtasvir syujetIari hukrndoming davlatni boshqarishi
va uni ulug'lash, uning mardligi, janglari, ov, donishmandlaming
falsafiy suhbatIari va munozaralari, saroydagi katta bazmlar va
tadbiriari ko'rinishlaridan iborat. Miniatyura rangtasviri
Yo'nalishlari o'sha zamon xususiyatIari, ma'naviy qiziqishlari
o'quvchilarning tasavvurini shaklIantirishga xizmat qiladi.
Dostonlar va qissalarda hayot tasvirlangani sababli
miniatyuralarda nafaqat hukmporiar, balki hayot mazmunini ifoda
etuvchi hunarmand va boshqa kasb-kor egalari ham uchraydi. Hayot
o'zining barcha bo'yoqlari, baxtIi va tashvishli kunlari bilan aks
ettiriladi. Miniatyuralarda jamiyat, xalq g'oyalari, go'zaIlik
to'g'risidagi tasavvurlar o'z ifodasini topadi, dunyoning go'zalligi
ochib beriladi.
O'rta Osiyo miniatyurasiga xos bo'igan xususiyatIar hayotga
ishonch va quvonch bilan qarash; badiiy umumlashtirish; ko'tarinki
ruhda talqin qilish, ko'p qirrali hikoya qilish; kinoyalilik; hayotni
diqqat bilan kuzatish; ko'rinish, shakl go'zalligi, yorqin
manzaralarga intilish, dono mushohada, axloqiy mushohada,
axloqiy xushmuomalalilik holatlarini ko'rsatish kabilardan iborat.
XV-XVI asrlar - miniatyura san'ati rivolanishining cho'qqisi
bo'lgan davrdir. Bunda mashhur musavvir-miniatyurachilar: Sulton

Ali, Abdulla Mahmud Muzaxxib, Muhammad Qosim va boshqalar


faoliyat yuritganlar.
XV asrda iste'dodli musavvir, badiiy miniatyurachi
Kamoliddin Behzod o'zini namoyon qildi. Behzod tengi yo'q
mahoratga ega edi. U mukammaIlik cho'qqisiga erishdi. Musavvir
o'z badiiy tamoyillarini gavdalantirdi.
Behzod ijodida Amir Temur fenomeni - «Zafarnoma» asariga
miniatyura-iIIyustratsiyalar katta o'rin egaUaydi. Musavvir jahonni
zabt etgan sarkarda Temurning janglari va yurishlari syujetlarini
tasvirlaydi. Uning ayniqsa egilgan shoxlari va olov kabi qip-qizil
rangli barglari bilan qolgan daraxtlar, g'aroyib tuzilishdagi
xarsanglar bilan tog' bag'irlaridagi janglar sahnalari qiziqtiradi.
Behzodning Nizomiy qalamiga mansub dostoniga ishlagan miniatyuralari ajoyib, estetik to'laqonli va badiiy
ahamiyatli hisoblanadi. Misol uchun, «Iskandar va darvesh»
miniatyurasi markazida siyrak o'simliklar bilan ba'zi yerlarida
daraxtlar qad ko'tarib turgan baland qoya, pastki qismida(o'ng
tarafida) qorong'u g'or, unga kiraverishda Iskandar bilan soqollari
o'sgan, sochlari oqargan nuroniy yuzli, juda ozib ketgan, beligacha
yalang'och xudojo'y ko'rinishli donishmand suhbatlashib o'tiribdi.
Darvesh oldiga kelgan yosh, gavdali, keIishgan, baquvvat,
xushbichim kiyingan, och yashil to'n kiygan, boshiga oq saila
o'ragan; hurmat bilan tiz cho'kib o'tirgan hukmdor diqqat bi/an
donishmandning so'zlarini tinglamoqda. Qo'llarining harakatlari,
bir-biri tomon egilib o'tirishlari, ulaming yuz ifodalaridan jiddiy
suhbat borayotganini tushunib olamiz. Ular shoshilmay, puxta
o'ylab, juda muhim muammoni hal qilmoqdalar. Bu shunchaki
oddiy suhbat emas, balki o'zaro manfaatli muloqot, bu muloqot
davomida birinchi qarashda donishmand bosh qahramonga
o'xshaydi, chunki Behzod uning ma'naviy ustunligini shunday
tasvirlab beradi.
Miniatyurada Behzodning katta mahorati namoyon bo'ladi,
undagi barcha tasvirlar mazmun yaratadi va ko'p ma'noga ega, har
bir detal syujetning chuqur ichki mazmunini ochib beradi.

O'tmish ta'limotiga ko'ra, butun dunyo buyuk Koftog' tizmasi


bilan o'rab olingan. Kof tog'i - dunyoning markazi. U yovuzlik va
tartibsizlik tomonini ezgulik, tartib va madaniyat tarafidan ajratib
turadi. Tog'ning narigi tomonida katta afsonaviy, insoniyat
farovonligi yo'lida mo'jizalar yaratish kuchiga ega Semurg' qushi
yashaydi.
Shunday qilib, tog'lar - muqaddas, olijanob, ruhlantiruvchi,
qora yulduzlarsiz osmon esa - yovuzlik, halokat alomati - musavvir
tomonidan barchasi puxta o'ylangan. Xuddi mana shu holat
kartinaga alohida dramatizm ruhini beradi. Iskandarning boshi uzra
qora kulfat yog'ilmoqda. Bu uning davlati, xalqi hayotiga halokat
olib kelayapti.
Qoyalar, tog'lar qatlamlarining aylanasimon tuzilishlari, chinor
tanasining aylanasimon egilishi, g'orga kirish qismining egik(oval)
tuzilishi, hodisalar bo'layotgan joyning aylanasimonligi, hatto
Iskandar soqchilarining to'planib turishlari doira atrofida
birlashganliklarini eslatadi - bularning barchasi miniatyurada
qandaydir tekis ichki harakatni yuzaga keltiradi. Chiziqlarning mana
shu aylanasimon dinamikasi «dunyoning aylanishi» to'g'risida.
unda barcha hodisalar aylana bO'yicha sodir bo'lishi, hayot -
«tegirmon toshi aylanishi» ekaniga ishoradir. Musavvirning.
iste'dodli ramziylik va metaforalardan foydalanish, kartinani
detallashtirishlarda namoyon bo'ladi.
Miniatyurada Behzodning iste'dodli - ilhomlanishi va ijodiy
hayoli, Nizomiyning «Iskandarnoma» dostonini chuqur bilishi,
zamonaviy hayotiy va tarixiy hodisalar, asrning muhim muammolarini bilishini ko'rsatadi.
Behzod takomillashib borayotgan dunyoning chuqur o'zaro
aloqadorligini, umuman yovuzlikning barbod etuvch kuch ekanini
ko'rsatib berishga. unga ma'naviy-axloqiy xususiyatlarni qaramaqarshi qo'yishga erishgan. Musavvir butun vujudi bilan inson
bo'lgani sababli hayotning barcha ko'rinishlarda tasvirlash va
chuqur anglab yetishga tinimsiz intilish faoliyatining asosiy
mazmuni bo'igan.

O'rta Osiyo Uyg'onish davri badiiy qadriyatlari quyidagilarda


o'z aksini topadi:
jihozlar, buyumlar, asosan turar joylar va maqbaralami
bezatish uchun mahalliy manzaralar bilan devoriy rangtasvir (tabiiy
va hatto kosmik motivlar; hukmdorlar portretlari, saroy va davlat
hodisalari);
• poetik fCsarlar va tarixshunoslik kitoblariga, shu jumladan,
Temuming g'alabalari" «Zafamoma» kitobiga miniatyura badiiyillyustrativ rangtasviri;
• O'rta Osiyo miniatyurasi o'ziga va o'z xususiyatlariga ega
(milliy koloritli va tarixiy);
• XVI asr mashur musavvir-miniatyurachilari: Sulton Ali,
Abdulla Mahmud Muzaxxib, Muhammad Qosim va boshqalar
Navoiy, Nizomiy, Jomiy, Sa'diy, Dehlaviy, Firdavsiy va Sharqning
boshqa shoirlari asarlariga illyustratsiyalar yaratganlar;
• ajoyib musavvir ajdodimiz Kamoliddin Behzodning ijodi,
ayniqsa uning «Zafamoma» tarixiy kitobi va Nizomiyning
«Iskandamoma» asariga chizgan illyustratsiyalari O'rta Osiyo
miniatyura rangtasvirining gullab-yashnashiga asos bo'ldi. Ushbu
asarlarda nafaqat tarixiy hodisalar, balki chuqur tarixiy mazmun
ham ochib berilgan.
O'rta Osiyoda yuksak Uyg'onish davri badiiy
qadriyatlari(devorlarga surat chizish, badiiy-illyustrativ miniatyuralar) - so'zsiz O'rta Osiyo O'rta asrlar badiiy madaniyatida
Renessansning yuksalish omili, rangtasviming rivojlanishi, O'rta
Osiyo va boshqa mamlakatlarda keyingi yillarda tasviriy san'atda
yuksak badiiy qadriyatlar paydo bo'la boshlashining tarixiy-badiiy
asosidir.



Download 36,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish