5. Mehnat qadriyatlari - tabiat bilan uyg'unlikda yashash,
undan ibrat olish, uning gO'zalliklaridan zavqlanish va tabiat
qo'ynida mehnat qilish kabilami tashkil etadi. Mehnat qadriyatlarimehnat madaniyatining barcha elementlarini qamrab oladi. Har bir
yosh avlod hayotga qadam qo'yar ekan, o'z ajdodlaridan faqat
mehnat vositalarigina emas, balki mehnat madaniyatini ham meros
qilib oladi. Shuning uchun ham mehnat qadriyatlari o'quvchilaming
qobiliyatlari, imkoniyatlari va haqiqiy kuchlarini namoyon etish va
takomillashtirish imkoniyatini beradi. Mehnat qadriyatlarida
hunarmandchilik, kasb-hunar egaUash muhim o'rin tutadi. Bunda
zardo'zlik, yo'nnado'zlik, bo'zchilik, yog'och o'ymakorligi,
zargarlik, gilamchilik, kashtado'zlik, muqovasozlik, naqqoshlik,
pichoqchilik, o'ymakorlik kabi hunarlami o'rganish - mehnat
qadriyatlarining negizini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |