Surxondaryo viloyati
Termiz shahar 17-sonli umumiy
o`rta ta’lim maktabining 5-A sinf o`quvchisi
Boboniyozova Dilnozaning
biologiya fanidan yozgan
REFERATI Mavzu: Kapalak, chumoli chigirtka ning hayoti Reja:
Kapalakning paydo bo`lishi
Chigirtka haqida ma’lumot
Chumoli haqida Ma’lumot
Kapalakning paydo bo`lishi
Kapalaklar juda nozikqanotlarga ega hayvondir. Ularning qanotlarishunchaliknozik va shaffofkihatto ular orqali narigi tomonni ko`rishi mumkin.lekin bu qanotlar bir necha qatlamlardan tashkil topgan bo`lib turli xil joylashish qanotlarga turli xil naqshli bo`lishiga asos bo`ladi.
Kapalaklarning ta’mni oyoqlari orqali sezadi.
Kapalaklarning ta’m bilish retseptorlari ularning orqa oyoqlarida joylashgan bo`ladi. Ularga mos keladigan oziq-ovqat topishlari uchun ularning bu tana a’zosi ular uchun juda muhim hisoblanadi.
Kapalaklar asosan loyli ko`lmaklardan suv ichishni afzal ko`rishadi.
Kappalaklar faqatgina shiraxo`r jonzot emas balki ular bir qancha minerallarga ham muhtojdir.shuning uchun ham kapalaklar loyli joylardan suv ichishi orqali o`zlariga kerakli bo`lgan moddalarni oladi. Deyarli hamma erkak kapalaklar loyli ko`lmaklarga boradi chunki bu ularning nasl qoldirishi uchun ahamiyatlidir.
Chigirtka haqida ma’lumot
Chigirtka — chigirtkasimonlar katta oilasining gala boʻlib yashaydigan turlari umumiy nomi. Chigirtka ekinlarining (gʻalla ekinlari, beda, gʻoʻza va boshqalar) zararkunandasi xisoblanadi. Jan. Yevropa, Jan. va Sharqiy Osiyo, Afrika, Jan. va Shim. Amerika, Avstraliya mamlakatlarida uchraydi. Chigirtkalarning ekinlarga keltiradigan ofati haqida Qadimgi Misr yozma manbalarida (bundan 4 ming yil avval) maʼlumotlar uchraydi. Oʻzbekistonda tarqalgan turlari ichida eng xavflilari — osiyo chigirtkasi, voha chigirtkasi, marokash chigirtkasi va choʻl chigirtkasi. Chigirtkalar, ayniqsa, uzoq masofalardan uchib kelib va toʻsatdan yopirilib ekinlarni nobud qilishi bilan xavflidir. Chigirtka lichinkalarining toʻdasi oziq qidirib maʼlum yoʻnalishda harakat kiladi va oʻz yoʻlida uchragan koʻkatlarni yeb bitiradi. Hayoti mobaynida har bitta Chigirtka 300 g gacha koʻkat yeydi. Zararkunanda koʻplab urchigan yillari ular soni har bir m2 maydonda bir necha yuzga va hatto bir necha mingga yetadi, egallagan maydon esa baʼzan 1 mln. ga ni tashkil etishi mumkin. Tuda boʻlib yashash instinkta Chigirtka tuxumdan chiqib harakat qila boshlagandan paydo boʻladi. Obhavoning qulay kelishi Chigirtkaning koʻplab urchishiga yordam beradi. Chigirtkalarning ekinlarga va oʻsimliklarga yetkazadigan zararini bartaraf etish maqsadlarida Hindiston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrikada BMT Oziq-ovqat va q.h. boʻyicha tashkilotining Chigirtkalarga qarshi kurash tayanch punktlari ochilgan, Fransiya va boshqa mamlakatlarda yirik ilmiy, ilmiyi. chigirtka markazlari tuzilgan.