Snaryad va uning qismlari ; Sochma o‘q Maxsus o‘q Atipik snaryad Snaryadnin g qismlari O‘q otishning qo‘shimcha omillari; O‘q oldi havo O‘q otish alangasi Porox gazlari Qurum Porox zarrachalari Metall zarrachalari Moy tomchilari O‘q otar Stvol uchi Qo‘ndoq Yorilgan qurol bo‘laklari Snaryad juda katta energiyaga (bir necha ming joul) ega bo‘lganda yorma ta’sir ko‘rsatadi. Bunda o‘q otar yaraning o‘lchamlari snaryadning diametridan bir necha barobar katta, yaraning chetlari notekis, radial yoriqlar bilan bo‘ladi. Bundan tashqari yorma ta’sir maxsus yoki o‘zgartirilgan yorma o‘qlar, og‘irlik markazi siljigan o‘qlar bilan shikastlanganda hamda tirab otish hollarida bo‘lishi mumkin. O‘q otishda shikastlovchi omillarning ta’sir turlari Snaryad bir necha yuz joul energiyaga ega bo‘lganda yulma ta’sir kuzatiladi. O‘q to‘qimaning bir qismini yulib, dumaloq yoki oval shaklidagi, o‘lchamlari snaryadning diametridan kichikroq bo‘lgan, chetlari tekis defektni vujudga keltiradi. To‘qima defekti yoki minus-to‘qima ilk bor N.I.Pirogov tomonidan 1849 yilda “Kavkaz bo‘ylab sayohat haqida hisobot” asarda tavsiflangan va bu holatni u “to‘qima o‘zligini yo‘qotishi” deb nomlagan. Nishonga tegish vaqtida bir necha o‘n joul energiyaga ega bo‘lgan o‘q ponasimon ta’sir ko‘rsatadi. Bunda to‘qima defekti bo‘lmagan yoriqsimon, yulduzsimon yaralar vujudga keladi. Odatda o‘qning chiqish teshigi ponasimon ta’sir natijasida vujudga keladi. Stvoldagi o‘q oldi havoning mexanik ta’siri 3-5 sm. masofada kuzatilib, to‘qima defekti, shilinish hoshiyasining vujudga kelishida ishtirok etishi hamda terini laxtaksimon yorilishlarini vujudga keltirishi mumkin. Porox gazlari 10-15 sm. masofada mexanik ta’sir ko‘rsatib, shilinish, qontalash, yumshoq to‘qimalarning yorilishlarini vujudga keltiradi. Qurum, porox va metall zarrachalari yuzaki engil kontuzion ta’sir qiladi Termik Kimyoviyy Yuzaki murakkab - asosiy snaryad va uning qismlari - porox gazlari - o‘q otar qurol va uning qismlari -ikkilamchi snaryadlar - porox gazlari, - maxsus o‘qlar - ikkilamchi alangalangan kiyim-bosh - porox gazlari - maxsus o‘qlar - qurum - porox zarralari - metall zarralari - moy tomchilari Ikkilamchi snaryadlarning mexanik ta’siri ularning turi, massasi, o‘lchamlari hamda harakatlanish energiyasiga bog‘liq bo‘lib, turli ko‘rinishdagi mexanik jarohatlar vujudga kelishi mumkin. Odatda o‘q otar qurol va uning qismlaridan jiddiy og‘ir jarohatlar etkazilmaydi. Bu holat stvolning yorilib ketishi hollaridagina kuzatilishi mumkin. Termik ta’sir asosan o‘q otish alangasi va porox gazlaridan vujudga keladi. O‘q otish alangasi to‘liq yonib ulgurmagan porox zarrachalarining havodagi kislorod bilan to‘qnashganda portlashi tufayli vujudga keladi va 3-10 sm. masofada ta’sir etadi. O‘q otish alangasi va porox gazlarining ta’sirida kiyim-bosh, teri va sochlar kuyishi mumkin. Jabrlanganning ustidagi kiyimning ikkilamchi alangalanishi ham termik jarohatlarni olib keladi. Qurum, porox va metall zarrachalarining ta’sirida yuzaki termik shikastlanish etkaziladi. Kimyoviy ta’sir ham asosan porox gazlaridan etkaziladi.
Kirish teshigi atrofida qonda karboksigemoglobin, mushaklarda esa karboksimioglobin hosil bo‘ladi va natijada bu soha pushti tusni oladi. Ba’zan o‘q otar yara kanaliga yaqin joylashgan to‘qimalarda porox gazlarining ta’siri tufayli metgemoglobin, sulfgemoglobin hosil bo‘lishi mumkin. Maxsus o‘qlar (yondiruvchi, kimyoviy moddalar saqlovchi) ta’sirida tegishli tarzda termik va kimyoviy shikastlanishlar vujudga keladi. 4.4. O‘q otishning distansiyasi va masofasi O‘q otar qurollardan shikastlanishlarning etkazilishi bilan bog‘liq sud-tibbiy ekspertizalarda o‘q otishning distansiyasi va masofasini aniqlash muhim vazifalardan biridir. Ushbu ikki tushuncha o‘xshash bo‘lsa-da, aynan emas, ya’ni bir-biridan farqlanadi. Sud tibbiyotida o‘q otishning distansiyasi shartli ravishda ma’lum bir belgilar majmuini anglatib, uch distansiya – tirab otish, yaqin va yaqin bo‘lmagan distansiyalarga ajratiladi. O‘q otishning masofasi deyilganda stvolning uchi va nishon o‘rtasidagi uzunlik birligidagi oraliq masofa tushuniladi. Binobarin, turli rusumdagi o‘q otar qurollaridan otishdagi bir xil distansiya uzunlik birligidagi har xil masofaga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ekspertiza jarayonida o‘q otishning distansiyasi jabrlanganning kiyimi va tanasida ma’lum bir xos jarohatlar, o‘zgarishlarning mavjudligi bo‘yicha aniqlanadi. O‘q otish masofasini aniqlash uchun bulardan tashqari tegishli eksperiment o‘tkazilishi lozim. Bunda jabrlanganda shikastlanishni vujudga keltirgan ayni o‘q otar qurol va patronlardan foydalanilgan holda, shikastlangan sohaning xususiyatlariga o‘xshash ob’ektlarga turli oraliq masofalardan bir necha marta o‘q uzilib, nishondagi jarohatlar, o‘zgarishlar sinchiklab o‘rganilanadi jabrlanganning ekspert tekshiruvida aniqlangan jarohatlar va o‘zgarishlar bilan taqqoslanadi. 4.5. Tirab o‘q otishda shikastlanish Tirab o‘q otishning uch turi – to‘liq germetik tirab otish, to‘liq tirab otish va qiyalab tirab otish farqlanadi. To‘liq tirab o‘q otishda stvol uchining barcha sohasi ob’ekt bilan kontaktda bo‘ladi. O‘q oldi havo va porox gazlarining ta’sirida terida snaryadning kalibridan o‘lchamlari katta defekt hosil bo‘lib, kirish yarasining chetlari ko‘chgan va yoriqlar bo‘ladi. Porox gazlari turli bo‘shliqlar yoki bo‘shliq ichki a’zolarga etib borganda, gazlarning keskin kengayishi natijasida ichki a’zolarning ko‘lamli yorilishlari vujudga kelishi mumkin. O‘q otishning qo‘shimcha omillari, jumladan qurum, porox zarrachalari yara kanalining ichida aniqlanadi. Porox gazlarining ta’sirida karboksigemoglobin va karboksimioglobin hosil bo‘lishi hisobiga yara kanalining boshlanish qismida yumshoq to‘qimalar pushti rang tusda bo‘ladi. To‘liq germetik tirab otishda jarohat kanalidagi porox gazlari teri va yumshoq to‘qimalarni chuqurroq joylashgan to‘qimalardan ajratib, stvol uchiga bosim ostida bosadi va natijada terida shakli va o‘lchamlari stvol uchi kesimiga mos, shilinma yoki qontalash ko‘rinishidagi bosma iz (“shtansmarka”) hosil bo‘ladi (rasm 4.4.). Qiyalab tirab otishda o‘q otishning qo‘shimcha omillarining bir qismigina yara kanaliga kiradi. Kirish teshigining faqat bir – o‘tmas burchak tomonida teri yoriqlari va atrofdagi terida qurum, porox, metall zarrachalarining “tilsimon” shaklda joylashishi aniqlanadi. . Bu holatda kirish yarasi o‘qning yulma hamda porox gazlarining yorma, lat ta’sirlari natijasida vujudga keladi. Kirish teshigi chetlarida yoriqlar bo‘lishi mumkin. Porox gazlarining energiyasi kamroq bo‘lgan holatda kirish yarasi atrofida halqasimon shilinish aniqlanadi. Porox gazlarining termik ta’siridan kiyim matosi tolalarida va terida, ayniqsa sochi sohalarida kuyish belgilari bo‘ladi. Stvoldan nishongacha bo‘lgan masofa uzaygan sari qurum, porox, metall zarrachalari va moy sachralari bilan qoplangan yuza kattalashadi. Ushbu zonaning uzunligi o‘q otar qurolning xususiyatlari, jumladan stvolning uzunligi, kalibri, patronning tuzilishiga bog‘liq. Masalan, Makarov pistoleti uchun bu zonaning uzunligi 1 sm. atrofida, 7,62 kalibrli Kalashnikov avtomati uchun – 3 sm.gacha va o‘yiqli stvolli miltiqlar uchun – 5 sm.ga Yaqin bo‘ladi. Ikkinchi zonada porox gazlarining ta’siri belgilari aniqlanmaydi. Kirish teshigi faqat o‘qning ta’sirida vujudga keladi. Uning atrofida qurum, porox va metall zarrachalari, moy zarralari bo‘ladi. Bu holatda ham stvol va nishon o‘rtasidagi masofa kattalashgan sari, qo‘shimcha omillar bilan qoplanish yuzasining maydoni ortadi. Aksariyat jangovor o‘q otar qurollardan shikastlanishda ikkinchi zona 25– 35 sm masofani tashkil etadi. Uchinchi zonada qo‘shimcha omillardan porox va metall zarrachalari aniqlanadi. Ushbu zona Makarov pistoletida 150 sm.gacha, Kalashnikov avtomatida 200 sm.gacha, o‘yiqli stvolli miltiqlarda 250 sm.gacha masofani tashkil etadi. Silliq stvolli ov miltiqlarida bu masofa 500 sm.gacha bo‘lishi mumkin. Masofa ortgan sari, nishongacha etib boradigan porox va metall zarrachalarining miqdori kamayadi. Ayni paytda ular massasining og‘irligi va havoning qarshiligi sababli stvol uchi va nishon oralig‘idagi gorizontal yuzaga tushadi. O‘q otishning qo‘shimcha omillari, jumladan qurum, nafaqat o‘qning yo‘nalishi bo‘yicha, balki yon va orqa tomonlarga ham tarqaladi va natijada qurol ushlagan va uning yonidagi shaxslarning kiyimlarida, tananing ochiq qismlarida aniqlanishi mumkin. Yaqin distansiyadan o‘q otishda stvol uchi va jabrlangan shaxs o‘rtasida biron–bir to‘siq bo‘lganda, o‘q to‘siqni teshib o‘tib nishonga tegadi. Bu holatda barcha qo‘shimcha omillar to‘siqda qoladi. O‘q va to‘siqning o‘zaro ta’siri natijasida o‘q deformatsiyalanishi, qisman yoki to‘liq parchalanishi mumkin. SHu bilan birga o‘q kinetik energiyasini qisman yo‘qotadi, uning harakat yo‘nalishi o‘zgaradi.
Qayd etilgan o‘zgarishlar konkret o‘q otar quroldan ushbu distansiya va masofadan shikastlanishlardan farqli atipik jarohatlarning etkazilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |