Referati mavzu: Fan o`qituvchisi:­­­­



Download 29,78 Kb.
bet7/8
Sana15.01.2022
Hajmi29,78 Kb.
#370165
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
doston referat

Yaqin bo‘lmagan distansiyadan o‘q otishda shikastlanish Yaqin bo‘lmagan distansiyadan o‘q otishda shikastlanish birlamchi (o‘q, sochma) va ikkilamchi snaryadlar ta’sirida vujudga keladi. Bu holatda kiyimda, 89 tanadagi kirish teshigi atrofida bironta qo‘shimcha omillarning ta’siri belgilari aniqlanmaydi. Ba’zan yaqin bo‘lmagan distansiyadan o‘q otishda ichki qavatdagi kiyimda yoki tanada qurum aniqlanishi mumkin va bu holat Vinogradov fenomeni sifatida belgilanadi. Mazkur fenomenning rivojlanishi ma’lum bir shart–sharoit zarur: o‘qning nishonga tegish vaqtidagi tezligi 500 m/sek.dan kam bo‘lmasligi; tanaga zich yopishmagan kiyim yoki kiyimlar orasida bo‘shliqning bo‘lishi; kuchli shamolning bo‘lmasligi lozim. O‘q katta tezlikda harakatlanganda uning orqasida bosim pastroq bo‘lgan bo‘shliq hosil bo‘lib, ushbu bo‘shliqqa tushgan qurum o‘qning ortidan nishongacha etib boradi. O‘q dastlabki to‘siqdan o‘tganda, qurum kiyimning ichki yuzasi va tanada kirish teshigi atrofida yoki birinchi qavat kiyimning ichki va ikkinchi qavat kiyimning tashqi yuzasida qoladi. YAqin distansiyadan o‘q otishda aniqlanadigan holatdan farqli ravishda birinchi qavat kiyimning tashqi yuzasida jarohat atrofida qurum bo‘lmaydi. Albatta Vinogradov fenomenida qurumning miqdori ham ancha oz bo‘lib, kirish teshigi chekkasidan ma’lum bir masofada aniqlanadi va qurumning aniqlanishidagi intensivlik periferiya tomon orta boradi. YAqin distansiyadan o‘q otishda esa aksincha holat kuzatiladi.. O‘q otar jarohatlarning morfologik xususiyatlari O‘q otar jarohatlarning morfologik xususiyatlari asosan quyidagi omillarga bog‘liq: 1. O‘q otar snaryadning materiali, tuzilish xususiyatlari, massasi, kalibri, uzunligi; 2. Snaryadning ballistik xususiyatlari: tezligi, pretsessiya, nutatsiya, harakat traektoriyasida to‘siqlarning mavjudligi va ularning xususiyatlari; 3. Shikastlanayotgan sohaning xususiyatlari: anatomik tuzilishi, zichligi, hajmi, qon bilan ta’minlanganlik holati, tarkibida suyuqlik va gazlarning bo‘lishi. Ushbu uch guruh omillarga bog‘liq holatda snaryad va tananing shikastlanayotgan sohasining o‘ta qisqa vaqt davomidagi o‘zaro ta’sirida natijasida o‘q otar jarohat vujudga keladi. Bu turdagi shikastlanishlarning vujudga kelish mexanizmi zarb ta’siri nazariyasi bilan tushuntiriladi. Unga ko‘ra snaryad kichik yuzaga kuchli zarb beradi va zarbning kuchi nafaqat harakat yo‘nalishi bo‘yicha, balki yon va orqa tomonlarga ham tarqaladi. Siqilish to‘lqini yara kanalining yon tomonlariga tarqalib, kanal devorlarini to‘lqinsimon harakatlanadi. Mazkur jarayonda ritmik tarzda musbat va manfiy bosimli fazalar vujudga keladi va natijada yot jismning, ya’ni o‘qning to‘qimaga yanada chuqurroq kirishi uchun sharoit yaratiladi. Qayd etilgan vaqtincha bo‘shliqlarning pulsatsiyasi chiqish teshigidan, ba’zan esa kirish teshigidan ham qon va emirilgan to‘qimalarning mayda qismlarining tashqariga chiqishiga sabab bo‘ladi. O‘q otar jarohatlarda kirish teshigi, yara kanali va chiqish teshigi farqlanadi. Bunday shikastlanish teshib o‘tar jarohatlar hisoblanadi. Ko‘r jarohatlarda chiqish teshigi bo‘lmaydi, shikastlanish kirish teshigi va yara kanalida iborat bo‘ladi. Ko‘r yaralarda snaryad yara kanalining oxirida qoladi. YAlama shikastlanishda snaryad tanaga to‘liq kirmay, uzunchoq shilinma yoki o‘rta qismi ariqchasimon chuqurlashgan yaralar vujudga keladi. Yara kanallari to‘g‘ri chiziq, siniq chiziq, yoysimon shaklda bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari yara kanali boshlanish va oxirgi qismlarining bevosita bog‘lanishiga qarab uzluksiz va uzlukli yara kanallari farqlanadi. YAra kanali o‘tgan ayrim to‘qimalarning qisqarishi natijasida uzlukli yara kanallari hosil bo‘ladi va bu holat odatda shikastlanishning hayotiyligidan dalolat beradi. Zamonaviy jangovor mayda kalibrli qurollarda travmatik ta’sirni kuchaytirish maqsadida og‘irlik markazi snaryadning pastki tomoniga siljitilgan o‘qlardan foydalaniladi. Bunday o‘qlar tanaga kirganda turg‘unlikni yo‘qotadi va natijada o‘qning harakat traektoriyasi hamda ta’sir vaqti ortib, o‘qning shikastlovchi energiyasi to‘liqroq to‘qimalarga beriladi. Bu turdagi o‘qlarning ta’sirida katta jarohat kanali, ichki a’zolarning yorilishi, suyaklarning sinishi vujudga keladi. Odatda bir snaryadning ta’sirida bitta kirish va bitta chiqish teshigi vujudga keladi. Ayrim holatlarda, jumladan tananing qalin bo‘lmagan sohalarining shikastlanishida (masalan, bilak va ko‘krak) bir o‘q otishdan ikkita kirish va ikkita chiqish teshiklari hosil bo‘ladi. Ba’zan chiqish teshigi vazifasini og‘iz, burun, qizilo‘ngach, oshqozon va ichaklar bo‘shliqlari o‘tashi mumkin. shikastlanishlarda kirish va chiqish teshiklarini aniqlash O‘q otar jarohatlar bilan bog‘liq sud–tibbiy ekspertizalarda o‘qning kirish va chiqish teshiklarini aniqlash muhim vazifalardan biridir. Bu masalani hal qilish orqali yara kanalining yo‘nalishi, stvol va jabrlanganning o‘zaro joylashish holati aniqlanadi. Kirish teshigi odatda dumaloq yoki oval shaklda, chetlari tekis, ba’zan radikal joylashgan mayda yoriqlar, ichkariga qayrilgan bo‘ladi. Kirish teshigining vujudga kelishida porox gazlari ishtirok etganda, yaraning chetlari notekis, yoriqlar bilan bo‘ladi. Snaryadning yulma ta’sirida kirish teshigida to‘qima defekti aniqlanadi va uning o‘lchami o‘qning diametriga nisbatan kichikrok bo‘ladi. Defekt konussimon bo‘lib, uning uchi ichkariga yo‘nalgan. Snaryadning ponasimon ta’sirida to‘qima 91 defekti vujudga kelmaydi. To‘qima defekti bo‘lgan yaraning chetlarini yaqinlashtirilganda atrof tomonlarda teri burmalari hosil bo‘ladi.

To‘qima defekti bo‘lmagan yaralarning chetlari oson yaqinlashib, bir–biriga mos tushadi va atrof tomonlarda teri burmalari bo‘lmaydi (rasm 4.5). Rasm 4.5. To‘kima defekti mavjudligini tekshirish. a -to‘kima defekti bor. b - to‘kima defekti yo‘k. O‘q tanaga kirayotganda, uning yon tomonlari teriga ishqalanadi va natijada kirish teshigi chetlarida kengligi 1–3 mm. bo‘lgan shilinish hoshiyasi vujudga keladi. Ushbu hoshiyaning tashqi diametri snaryadning diametriga teng bo‘ladi. Tananing yumshoq sohalarida (qorin, dumba) suyak yaqin bo‘lgan joylarga nisbatan shilinish hoshiyasi kengroq bo‘ladi. SHu bilan birga o‘qning yuzasidagi qurum, moy zarrachalari ham yaraning chetidagi terida qolib, ifloslanish hoshiyasini hosil qiladi. Bu ikki hoshiya ustma-ust joylashadi SHilinish va ifloslanish hoshiyalari birinchi marta


Download 29,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish