generatorli datchiklar (BO‘ - birlamchi o‘zgartirgich, sezuvchi organ, qabul qiluvchi, o‘lchovchi elementi) berilgan miqdorning o‘zgarishini qayd qiladi va ushbu signalni ma’lum bir shaklda boshqa o‘zgartgichga beradi. Generatorli datchiklarda (BO‘da) o‘lcha-nayotgan, tekshirilayotgan X kiruvchi miqdor birdaniga U chiquvchi miqdorga aylanadi. Ushbu datchiklar oddiy bo‘lib, yordamchi energiya manbaiga hojat yo‘q, chunki X ning U ga o‘zgarishi X ning energiyasi hisobiga amalga oshadi.
b) parametrik datchiklarda birlamchi o‘zgartirgich (BO‘) dan tashqari uning tarkibiga oraliq o‘zgatrgich (O‘) va enargiya manbai (EM) kiritiladi. Ushbu datchiklarda o‘lchanayotgan, tekshirilayotgan miqdor X birlamchi o‘zgartirgich (BO‘) da energiya manbai (EM) hisobiga Xp oraliq miqdorga o‘zgaradi va oraliq o‘zgartgich (O‘) yordamida shakli va miqdori o‘zgartirilib U chiquvchi miqdorga aylantiriladi.
v) Teskari bog‘lanishli parametrik datchiklar takomillashgan va ancha murakkab bo‘lib, asosan moddalarning xususiyatlarni aniqlash, akustik va elektromagnit to‘lqinlar yordamida materiallarning defektini aniqlash, optik va radiatsion datchiklarda qo‘llaniladi. Ushbu datchiklarning afzalliklari.
a) kamroq tashqi (t0C=o‘zgarishi, U=o‘zgarishi) faktorlarni e’tiborga oladi;
b) sezgirligi yuqori;
v) tekis ishlaydi va yuqori aniqlikga ega, chunki manfiy teskari bog‘lanish (T.B.) birlamchi o‘zgartgich (BO‘) ning xatoligini kamaytiradi.
Avtomatika datchiklari funksonal vazifasiga ko‘ra:
a) nazorat datchiklari texnologik jarayon xaqida informatsiya to‘plash va uni nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
b) rostlash datchiklari texnologik jarayon haqida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish va saqlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni son va sifatini analiz qilish, ushbu informatsiya-larni texnologik jarayonga ta’sir ettirish maqsadida ishlatiladi.
Avtomatika datchiklarining kirish signallari X ko‘rinish va miqdoriga ko‘ra, har xil bo‘lishi mumkin, chiqish miqdorlari Uvыx esa birlamchi o‘zgartgich (BO‘) larning ko‘p bo‘lishiga qaramasdan cheklangandir. Ko‘pchilik datchiklarda Uvыx elektr kuchlanish beradi, ayrim hollarda esa chastota yoki kuchlanish impulsi shaklida bo‘lishi mumkin. Datchiklarga qo‘yiladigan talablar:
- ABT ning berilgan ish rejimi, atrof muhit sharoiti va berilgan shartlarni bajargan holda, ish qobiliyatini saqlab qolishi;
- tekshirilayotgan parametr statik tavsifini shu shakldagi statik tavsifga o‘zgartirishi;
- tekshirilayotgan parametrga va boshqariladigan ob’ekt (O) ning ish rejimiga ta’sir qilmasligi;
- tekshirilayotgan parametr diapozoniga mos kelishi va kam diapozondagi Uvыx ga ega bo‘lishi;
- o‘lchovchi, o‘zgartiruvchi avtomatik qurilmalari va energiya manbai bilan oson ulanishi;
- tavsifning o‘zgarmasligi va ishonchliligi;
- sezgirlik, inersionlik, massa va o‘lchamlarining talabga javob berishi;
- montaji oson, xizmat ko‘rsatish engil, remont va konstruksion texnologiyasi oddiy bo‘lishi kerak.
Avtomatik datchiklar aniqlik darajasi bo‘yicha 0,25; 0,4; 0,6; 1,0; 1,5; 2,5; 4,0 sinflarga bo‘linadi. 4,0 sinf datchiklari gaz va suyuqliklarning tarkibi va xususiyatlarini aniqlashda ishlatiladi. Harorat t0C = 200C, namlik W = 30…80%, chastotaning o‘zgarishi f = 5 gs. avtomatika elementlarining ishlashi uchun normal sharoit hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |