4: Oddiy mikrosirkulyatsiya
Protonlarning himoya shilliq to'sig'i orqali kirib borishi paytida qonga oshqozon devorlariga chiqarilishi.
5.Oshqozon prostaglandinlari
Mikrotomirlar orqali qon oqimining hajmli tezligini oshirish, epiteliya hujayralari tomonidan slin va bikarbonat anionlarining sekretsiyasini rag'batlantirish.
6. Regeneratsiya
Gastroduodenal zona epiteliyasining to'liq yangilanishi 2 - 6 kun ichida sodir bo'ladi. Kichkina shilliq qavatning shikastlanishi 15-30 daqiqada tiklanishi mumkin. lekin hujayra bo'linishi tufayli emas, balki bazal membrana bo'ylab bezlarning kriptalaridan harakatlanishi va shu bilan shikastlangan epiteliya sohasidagi nuqsonni yopishi natijasida.
Me’da va ikki barmoq ichakyara kasalligi. Bu kasallik osh qozon -ichak traktining ko‘ptarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Uning etiologiyasida me’da shirasi sekretsiyasi, uning shilliq qavatining qon bilan ta’minlanishi va muskulaturasi tonusining asab va gumoral regulatsiyasining buzilishiga olib keluvchi har xil favqulodda ta’sirlar muhim rol o‘ynaydi. Bu ta’sirlar qatoriga ruhiy ezilish, hissiy va jismoniy zo‘riaish, har xil stressli vaziyatlar kiradi. Organizm nasliy-konstitutsional xususiyatlari (jumladan, parasimpatik nerv tizimi tonusi ustivorligi), me’daga mahalliy noqulay ta’sirlar va ovqatlanishdagi nuqsonlar (ovqatni tartibsiz qabul qilish, juda issiq ovqatlar, alkogol, ko‘p achchiq va shirin taomlar iste’mol qilish) ham katta ahamiyatga ega. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi rivojlanishida H elicobacter (compylobacter) pylori aham iyati ham shubha tu g ‘dirm aydi. «Helicobacter, helical» - «spiralsim on (invivo)», «bacter» - «tayoqchasimon (invitro)» so'zlaridan kelib chiqadi. Adabiyotdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu mikroorganizm o‘zgarmagan me’da antral bo‘limi shilliq qavatida 0-20%, surunkali gastritda 47%, faol gastritda 99%, duadenal yarada 76-100% va me’da yarasida 67- 97% hollarda aniqlangan. Shuning uchun ham Helicobacter pylori A. I. Amin (1990) fikricha, yara kasalligining etiologik omillari qatoriga qo‘shilishi kerak. Helicobacter pylori deb yozadi u «yara oldi holatining yara kasalligiga aylanishida» muhim rolo‘ynaydi. Me’da yara kasalligi patogenszi masalasi nihoyatda murakkab. Yara defektining hosil bo‘lishida m e’da shilliq qavati yoki o‘n ikki barmoq ichak boshlang'ich qismining faol me’da shirasi bilan yemirilishi (pepsik omil) muhim ahamiyatga ega. Yara, ko'pincha shilliq qavatning «ishqoriy sohalarida», ya’ni uning o‘zi boshqa kislota ishlab chiqaruvchi qismlarga nisbatan k islo tali shira ta ’siriga kam roq m oslashgan joylarida lokalizatsiyalanadi. Bu shu bilan bog'liqki, HCI ishlab chiqaruvchi qoplama hujayralar soni me’daning har xil qismlarida har xil, yara esa bu hujayralar kam joylarda, ya’ni kichik egrilik va me’da bo'ynida ko‘p topiladi. Bundan tashqari kichik egrilik (ovqat massasi asosan kichik egrilik, ya’ni me’da yo‘lchasi orqali harakat qiladi) va me’da bo‘yin qismi sifatsiz ovqat bilan uning boshqa qismlariga nisbatan ko‘proq shikastlanadi. Ehtimol, shira ajralishiga ta’siri orqali gistaminning ham ultserogen ta’sir qilishini tushintirish mumkindir. Ma’lumki, gistamin eng kuchli shira ajratuvchi moddalardan biri hisoblanadi. Yara defektining rivojlanishi nafaqat me’da shirasi faolligining oshishi, shuningdek shilliq qavat qarshiligining yemirilish ta’siriga nisbatan pasayishi, shilimshiqning himoyalash ta’sirining kamayishi b ilan ham bog‘liq bo‘lishi m um kin. Shilliq qavatning ayrim qism larining qon bilan ta ’m inlanishining buzilishi ko'pincha uning shikastlanishiga olib keladi. Yara kasalligining kortiko - visseral nazariyasiga asosan (Bikov KМ.,Kursin I. Т., 1949) kasallik rivojlanishining asosiy mexanizmi oliy asab faoliyatining uzoq muddatli ekstero - va interotseptiv ta’sirida b u zilish d an iborat. Bu o ‘z navbatida avtonom asab tizim i dezintegratsiyasi, m e’da shirasi sekretsiyasining buzilishi, me’da mushaklari va tomirlarining davomli spazmi, shilliq qavatda distrofik jarayonlarning rivojlanishiga olib keladi. Me’da va ichak yaralanish jarayoni rivojlanishida gipotalamus markazlarining shikastlanishi bilan bog'liq trofik buzilishlar ham muhim rol o'ynaydi. Yara kasalligi rivojlanishida endokrin buzilishlarining roli ham shubha tug‘dirmaydi. Masalan, davolash maqsadida uzoq m uddatda kortikosteroidiar yoki kortikotropin yuborilishi me’da, o‘n ikki barmoq ichak yarasi zo‘rayishiga, yangi yaralar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu gormonlar me’da shirasi sekretsiyasi va kislotaligini, undan tashqari pepsin miqdorini oshiradi va muhim himoya ahamiyatiga ega bo‘lgan shilimshiq miqdorini kamaytiradi. Shu bilan bir qatorda kortikosteroidiar oqsil sintezi va hujayralar regeniratsiyasini pasaytiradi. Stress holatida m e’da va ichakda yara hosil bo‘lish
Do'stlaringiz bilan baham: |