Referat Tekshirdi: Boboyeva Zuxra Nurullayevna Bajardi: Davolash ishi fakulteti


Oshqozon sekretsiya buzilishlari turlari,sabalri, mexanizmlari



Download 0,94 Mb.
bet7/12
Sana11.01.2022
Hajmi0,94 Mb.
#339328
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hazm qilish patfiz

Oshqozon sekretsiya buzilishlari turlari,sabalri, mexanizmlari

Normada oshqozon shirasi sekretsiya miqdori 2l/kuniga.



Oshqozon shirasi tarkibi :

  • Xlorid kislota va xloridlar

  • Shilliq modda ( aminosaxaridlar,fukamusin,sialomusin)

  • Proteolitik fermentlar (pepsin,gastriksin, ximozin)

  • Ichki Kasl omili

Oshqozon shirasini buzilish ko’rinishlari

  • Me’da shirasi sekretsiyasining buzilishi uning kuchayishi, oshishi gipersekretsiya

  • Me’da shirasi sekretsiyasining kam ayishi giposekretsiya

Gipersekretsiya nafaqat sekret miqdorining ko‘payishi, shu bilan birga uning kislotaligining oshishi (hyperactibitas) bilan ham tavsiflanadi. Umumiy kislotalik 70-90 1/ birlik va undan yuqori bo‘lishi, erkin NSI ham ko‘payishi mumkin va bu giperxlorgidriya deb ataladi. Gipersekretsiya yara kasalligi, surunkali gastrit (antral gastrit), pilorospazm, pilorostenoz, sovqotish, alkogol, issiq ovqat va ayrim dorilar (salitsilatlar, insulin, butadion, kortizon va h.k.) qabul qilishga xos. Gipersekretsiya kislotalikning ko‘payishi va me’da shirasining parchalash kuchining oshishi bilan birga kechsa, bunda me’da shilliq qavati yengil diffuz o‘zgarishidan to erozivlanishigacha shikastlanish kuzatilishi mumkin .

HCI gipersekretsiyasida kompensator mexanizmlar ishga tushadi. Bunda pH - 7,67, mutsin va korbonatlarga boy shira sekretsiyasi ko‘payadi. Bu shira gel tabiatli bo‘lib, shilliq qavatni qoplaydi va uning shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar gipersekretsiya davomli bo‘lsa, unda shilliq qavat yemirilib, natijada gistamin hosil bo‘ladi. U esa tomir o‘tkazuvchanligini oshiradi, transsudatsiya kuchayadi va kislotalik muhit suyuladi. Agar gepersekretsiya yana davom etaversa, me’dadagi ovqat evakuatsiyasi sekinlashadi, chunki me’da bo‘yni spazmi vujudga keladi. Ovqat massasi me’dada turib qoladi, qusish bilan kechadigan antiperistaltika vujudga keladi, ichakka kam ximus tushadi. Natijada ovqat hazm qilish yetishmovchiligi rivojlanadi, shuningdek yo‘g‘on ichakka ham kam ximus tushadi va qabziyat yuzaga keladi.



Giposekretsiya odatda me’dadagi ovqatning kislotaligining kamayishi (hypoactibitas) bilan birga kechadi. Me’da shirasi sekretsiyasi kamayishi surunkali va o‘tkir gastrit, me’da o‘smasi, suvsizlanishlarda kuzatiladi. Agar me’da shirasida erkin HCI bo‘lmasa (axlorgidriya), anatsid holat, agar me’da bezlarining pepsin va xloridlar ajratish xususiyati yo‘qolgan bo‘lsa, axiliyadan darak beradi. Axiliya surunkali atrofik gastritning oxirgi davrlari, me’da raki va xavfli animiyalarga xosdir.

Giposekretsiya gipoatsid holat bilan birga qo‘shilib, me’da shirasi parchaiovchi kuchining kam ayishiga olib keladi. NSI baktiretsid ta’sirining kam ayishi natijasida bijg‘ish va chirish jarayonlari rivojlanishi mumkin. Natijada me’da shirasida organik kislotalar (avvalo, sut kislotasi) miqdori oshadi. Giposekretsiya va erkin xlorid kislota bo‘lmaganda (anaciditas) proteolitik fermentlar faollashmaydi, gastrin ishlab chiqarilmaydi, kardial sfinkter yetishmovchiligi boshlanadi - zarda qaynashi, sassiq kekirish kuzatiladi. Ovqat luqmasi sust kislotali, ayrim vaqtda hatto neytral reaksiyaga ega bo'ladi, natijada evakuatsiya - ovqat haydalishi tezlashadi, chunki me’da bo‘yni ochilishiga sharoit tug‘iladi. Yetarli parchalanmagan ovqat o‘n ikki barmoq ichakni qitiqlaydi, shim ilish jarayonlari buziladi. Yo‘g‘on ichakka tushadigan yaxshi parchalanmagan ovqat massasi mexano - va xemoretsetorlarni qo‘zg‘atadi, ich ketish chaqiradi va u anatsid holatlarga xos hisoblanadi






Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish