Mavlono Riyoziy Zova deb atalgan viloyatda o‘sdi, ulg‘aydi. O‘zining aql-zakovati bilan shu viloyatning qozisi lavozimigacha ko‘tariladi. Biroq u ayrim xatti-harakatlari uchun qozilik lavozimidan chetlshtirilgan, kishanga solinib badarg‘a qilingan. Natijada bir umr ta’qib ostida yuradi, g‘ariblikda kun kechiradi. Mavlono Riyoziy nutq paytida ko‘z yoshi to‘kish darajasiga yetib borar ekan, qalbidagini yig‘lab bayon etar va kishilarni shunga ishontira olar ekan. U juda iste’dodli notiq, chinakam so‘z san’atkori bo‘lgan.
Mavlono Riyoziy ajoyib so‘z san’atkori bo‘lish bilan bir qatorda, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan pedagoglaridan biri bo‘lgan. U o‘z ishlarini dunyoviy fanlar: tabiatshunoslik, geografiya, tarix, adabiyot nazariyasi va boshqa fanlarni chuquq o‘rganib, ularni yoshlar o‘rtasida ratg‘ib qilgan.
O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan Mavlono Riyoziy o‘z nutqlarida boshqa notiqlar qatori xalq og‘zaki ijodidan, ayniqsa, badiiy adabiyotdan juda ustalik bilan foydalangan. U o‘z zamonasining zabardast notig‘i, olimi, pedagogi va shoirlaridan bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |