Leksik me’yorlar deganda nutq jarayonida umumxalq tilida mavjud bo`lgan so`zlarni to`g’ri tanlash va o`rinli ishlatish tushuniladi. Ko`pma’nolilik, sinonimlar va variantlar shaklidagi leksik birliklar doirasida tanlanish imkoniyatining ko`pligi uning xususiy me’yorlarining shakllanishiga ham sabab bo`lgan. Tilimizdagi dialektizm, neologizm va okkazionalizm, pleonazm va boshqa leksik birliklarning me’yoriy xususiyatlarini bilish ќam leksik me’yor to`g’risidagi ma’lumotlarimizni kengaytiradi.
Dialektizmlar va adabiy til me’yori doirasida me’yorni belgilash tilimizdagi mas’uliyatli masala-lardan biri sanaladi. Chunki adabiy til sheva leksikasidan ularning ko`pchiligi uchun umumiy bo`lgan so`zlarni tanlab oladi va uni o`z leksik tarkibiga kiritadi (mas., sigir-siyir-inak; chaqaloq-buvak, tuxum-moyak-yumurta, chumoli-murcha-qarinja-qumurusqa kabilar).
O`zbek tilida aynan ekvivalentlari mavjud va varvarizm sifatida qaraladigan nu, tak, vot, sovsem, voobщye, tolko, tolko tak, yestestvenno, obyazatelno, konechno, uje, pochti, tak chto, znachit, kak raz, neujeli, tem boleye, dokument, oformit qilmoq, organizovat qilmoq, prinimat qilmoq, razresheniye olmoq, podpis qo`ymoq, bo, akun, soni kabi so`z va birikmalarining ishlatilishi ham ijobiy hodisa emas. Bu yerda ham me’yor buzilgan.
O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonunning qabul qilinishi munosabati bilan fanlarning turli yo`nalishlari bo`yicha atamashunoslik sohasida islohotlar o`tkazish, ularni «o`zbekchalashtirish»ga imkoniyat yaratildi. Shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni «milliylashtirish»ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ham nihoyatda ko`paydi (Bu haqda yuqrida ham fikr bildirilgan edi).
Mustaqillik tufayli yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar natijasida tabiiy ravishda tilimizda ham juda ko`plab yangi so`z va iboralar, birikmalar paydo bo`layapti. Bu holatni, asosan, fan, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, huquq sohalarida, qisman maorif, madaniyat, san’at va badiiy adabiyot sohalarida kuzatamiz. Xalqimiz ularni qanday qabul qilishidan qat’iy nazar, ularni qo`llashdagi har bir holatga munosabat bildirib borilishi, me’yor sifatida tavsiya etilayotgan variantlarning nega shunday tarzda ma’qul ko`rilganligi asoslanishi zarur bo`ladi.
Xususiy me’yorlar sifatida qaraladigan ma’lum sohaga va kasb-hunarga oid til birliklari me’yorlari haqida bilimga ega bo`lish ќam muќim.
Kasb-hunarga oid birliklardan tashqari tilimizda biror ijtimoiy guruh yoki toifaga, masalan, talabalar, savdo xodimlari, sportchilar, o`g’rilar, bezorilar, shofyor-lar kabilarning o`ziga xos va boshqalar tushunmaydigan, jargon deb ataladigan «yasama tili» mavjud. Bu til ana shu guruhlar doirasida amal qiladi va og’zaki shaklda me’yorlashib, og’izdan og’izga ko`chib yashaydi. Shu jarayonda ularning ayrimlari yo`qolib ketishi, ayrimlari o`zgarishi, davrlar o`tishi bilan bu qatlam yangi birliklar hisobiga boyib borishi mumkin. Ma’lum qismi esa ommalashib ketadi. Dollar ma’nosini beradigan ko`k, karam so`zlari bunga misol bo`la oladi.
Badiiy adabiyot matnida jargonlar maxsus vazifa bajaradi. Uning ko`magida asar voqealari bir qadar ishonchli tasvir qilinishi yoki qahramonlar tili individual-lashtirilishi mumkin. Masalan, qafas (13) - turma, arava (66) - mashina; malax (56)- pul; dum (54) - orqadan kuzatib yuruvchi odam; buyurtma, mukofot (36, 45) – o`g’irlangan mol, narsa kabi.
Ma’lum bo`ladiki, tildagi me’yorlashish ko`p qirrali jarayon bo`lib, umumiste’moldagi so`zlar ma’lum kasb-hunar yoki jargon doirasida atamalashishi, asosiy me’yor-lashgan holatidan chetga chiqib ketishi yoki buning aksi – kasb-hunar yoki jargonga oid xususiy me’yorlar qamrovi-dagi atamalarning ma’nosi kengayib, ular umumxalq mulkiga aylanishi mumkin.
O`qituvchi davr bilan hamnafas inson, ziyoli sifatida o`zbek tilining mavqyeiga, o`quvchilar va talabalar nutq madaniyatiga ta’sir etuvchi omillar to`g’risida ma’lumotga ega bo`lishi, ayniqsa, ta’sir doirasi keng bo`lgan ommaviy axborot vositalarida tildan foydalanish holati haqida ma’lum tushunchaga ega bo`lishi, ularda adabiy til me’yori-ga amal qilinmagan jihatlarni baholay olishi lozim.
Ommaviy axborot vositalaridagi ijobiy holatlar bilan birga nutq madaniyatiga salbiy ta’sir etuvchi ayrim jihatlarni(tildan foydalanishdagi ba’zi kamchiliklar-ni) o`quvchilarga misollar asosida tushuntirib berish, ularning e’tiborini qaratish hamda bunday holatlarga yo`l qo`ymaslikka yordam berishi mumkin. Quyida gazeta tilida adabiy me’yorga rioya etilmagan ayrim holatlar tahlilini keltiramiz. Ushbu holatlar o`qituvchining ish jarayonida ma’lum darajada foydali bo`lishi mumkin.
Har qanday sintaktik bog’lanish asosida semantic bog’lanish yotadi, masalan Itni qopmaydi deb bo’lmas, otni tepmaydi deb bo’lmas maqolini Otni qopmaydi deb bo’lmas, itni tepmaydi deb bo’lmas tarzida tuzsak, sematik bog’lanish talabiga rioya qilmagan bo’lamiz: ot qopmaydi, it tepmaydi. Semantik bog’lanish ham, ham ayni vaqtda ko’pma’noli leksemaning har bir leksik ma’nosi bo’yicha amalga oshadi.
O’zaro sintaktik aloqaga kirishuvchi leksik ma’nolarning semalar tarkibida bir-biriga zid sema bo’lmasligi lozim, aks holda bunday leksik manolarni semantic bog’lab bo’lmaydi. Masalan, non- leksemasi ich- leksemasi bilan bog’lanmaydi, chunki bu leksemalar anglatadigan leksik ma’nolar tarkibida o’zaro zid semalar mavjud. Non- leksemasining leksik ma’nosi tarkibida, boshqa ideografik semalar qatori, “qattiq holatdagi” semasi bor, ich- leksemasining leksik ma’nosi tarkibida esa “suyuq holatdagi” semasi bor; ana shu zid semalar bu leksemalarning semantic bog’lanishiga yo’l bermaydi.
Semantik bog’lanuvchi ma’nolar tarkibida umumiy (bir xil) sema bo’lishi muhim. Bunday umumiy sema bu leksik ma’nolarning semantic bog’lanishini va bir-biri uchun yaqin leksik kontekst bo’lib kelishini ta’minlaydi. Masalan: non- va ye- leksemalarining leksik ma’nolari tarkibida “qattiq holatdagi” “ozuqa”, “iste’mol qil” ideografik semalarning mavjudligi bu leksik ma’nolarning semantik bog’lanishini ta’minlaydi. Bunday umumiy sema sintagmema deb yuritiladi (yunoncha syntagma – “birlashtirilgan”).
Do'stlaringiz bilan baham: |