Klinik belgilari Kasallik to’satdan boshlanib, bemorbing tana harorati 39-40°C ga ko’tariladi, eti qattiq junjikib, qaltiraydi, darmoni qurib, boshi og’riydi, terlaydi. Avval quruq, so’ngra shilliq rangli qizg’ish balg’am ajratib yo’taladi. O’tkir zotiljamning rivojlanishiga qattiq sovuq qotish, jismoniy va ruhiy o’ta toliqish,tananing zaharlanishi hamda kasallikka qarshi kurashish qobiliyatining susayishi va boshqa bir qancha omilla sabab bo’ladi. Rivojlanish jarayoni (patogenez). Kasallik qo’zg’atuvchi bakteriya va viruslar o’pkaga uch xil yo’l bilan kirishi mumkun: ▪nafas yo’li (bronx) orqali; ▪qon tomirlari orqali; ▪limfa yo’llari orqali. Bakteriyalar o’pkaga, asosan, nafas yo’llari – bronxlar orqali nafas olganda tashqaridan kirishi (ingalatsiya) yoki burun og’iz bo’shlig’idan (aspiratsiya) tarqalishi mumkun.
Do'stlaringiz bilan baham: |