Infeksiyaning o’pkaga qon orqali tarqalishi esa ko’proq sepsisda kuzatilib, bunda ikkilamchi zotiljam rivojlanadi. Bakteriyalarning limfa yo’llari orqali tarqalishi ko’krak qafasi jarohatlanganda kuzatiladi. Yurak qon tomirlar sistemasi yetishmovchiligi bor yoki uzoq muddat majburan yotib qolgan bemorlarda o’pka to’qimalaridagi mavjud mikroflora faollashib, ikkilamchi zotiljamning gipostatik xili rivojlanishiga olib kelishi mumkun. O’tkir zotiljam kasalligi har xil sabablarga ko’ra yuzaga kelishi hamda o’pkaning har xil qismlarida joylashishi, yallig’langan qismlarining katta kichikligi va boshqa belgilariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. O’tkir zotiljamning A.S.Molchanov taklif qilgan tasnifi terapevtlarning XV anjumanida qabul qilingan. Keyinchalik (1978) o’tkir zotiljamning tasnifi O.V.Korovina qo’shimchasi bilan to’ldirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |