1. Yuqori darajali murakkablikda o’qitish. Materialni taqdim etishning qiziqarli va hammabopligiga qaramay, iqtisodiy atama va tushunchalarni o’zlashtirish boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun birmuncha qiyin vazifa xisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun o’quvchi tirishqoq bo’lishi, ba’zida boshqa o’quvchi yoki o’qituvchining yordamiga murojaat etishiga to’g’ri keladi.
2. Materialning tezkorlik bilan o’zlashtirilishi. Har bir darsda o’quvchilar yangi iqtisodga oid material bilan tanishadilar yoki ilgari o’zlashtirilgan iqtisodga oid materialning yangi qirralariga duch keladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |