Fozillar shahrining barcha aholisi uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar quyidagilardir:
Birinchidan, ular asliy sababni va uning barcha sifatlarini bilishi zarur. So’ng moddiylikdan tashqarida mavjud narsalarni va ularning sifatlarini, shuningdek ularni faol aqlga qadar bo’lgan darajalarini hamda ularda har birining sifatlarini bilishi zarur. So’ng ular samoviy hilqatlarni va ulardan har birining sifatlarini, so’ng shu hilqatlardan pastdagi tabiy jisimlarni, shuningdek, ularni qanday vujudga kelishi va yo’qolishi hamda ularda yuz berayotgan barcha hodisalarni mukammaligi, yahlitligi, muruvvat, adolat bilan, oqilona ekanligini, bu hodsalarda hech bir nuqson, hech bir adolatsizliklar yo’qligini bilishlari zarur. Fozil odamlar yana odamzod qanday yaralganini (uning jismiga kirgan) ryhning hususiyatlarini , faola qal uning ruhini qanday qilib nurlantirganini, shu tufayli insonda dastlabki tushunchalar paydo bo’lganini, u Ollohning irodasiga bo’ysunish va nimalarda erkinligini bilishlari zarur. Fozil odamlar yana shahar (davlatning) birinchi rahbari u yoki bu vaqt mobaynida yo’q bo’lib qolganida (biror yoqqa ketganida), kasalligida va hokazo), uning o’rnini bosa oladigan rahbarlarni bilishi zarur. Fozillar shahri, uning aholisi, ularning dillari erisha oladigan baht – sodat nima ekanligini bilishlari zarur. Ular yana fazilatsiz shaharlar va ularning aholisi o’lganidan so’nga ruhlari oxiratda ne kechishini, ba’zilari bahtsizlik, falokatga uchrab, ba’zilari yo’q bo’lib ketishini, fozillar shahri aholisi ohiratda nelarga erishuvini, nelardan saqlanishlarini bilishlari zarur. Shularning hammasini ikki yo’l bilan bilib olish mumkin: Birinchidan, yuqoridagi hodisalar aslida qanday mavjud bo’lsa, inson qalbiga, ko’ngliga o’shanday o’rnashib qolsa, boshqalarning ko’nglida (o’shanday o’rnashib qolsa, bu bilimlar qiyos yoki taqlid asosida vujudga keladi. Ba’zi odamlar o’sha narsalarni o’zlari his etish tufayli ko’ngillarida shu bilimlar vujudga keladi). Fozillar shahridagi donishmandlar bu narsalarni isbotlash yo’li bilan yoki dil sezgisi bilan bilib oladilar. Ba’zilar esa bu narsalarni boshqalarning tasavvurich taqlid orqali bilib oladilar. Bunday odamlar tabiatan yoki odatlariga ko’ra ruhiy bilimlarini aslida qanday mavjud bo’lsa , shunday tushinish qobiliyatiga ega emaslar. Mana shu ikki xil tasavvurlar ham bilim manbaidirlar, ammo donishmandlarning bilimlari, albatta eng yahshi bilimlardur. Narsa hodisalarning birovlarning tasavvuri orqali taqlidan biluvchi odamlar ham turlich darajada biladilar. Har bir xalqning, yoki har bir shahar aholisining narsa hodisalarga doir tasavvurlari o’zlariga tanish tasavvurlardir. Ayrim xalqlarning muayyan hilqat haqidagi eng mashhur (keng tarqalgan) tasavvurlarda ham ozmi – ko’pmi tafavvut, farqlar bor. Chunki, har bir xalq o’sha narsa, hodisani o’zicha anglab, o’zi aks ettiradi. Shu tufayli fazilatli shaharlarning turli xalqlari yagona maqsadga (masalan, oxiratda jannatga munosib bo’lishga) intilsalarda, ularning dinlari turlicha bo’lishi mumkin.
Mana shu (turli xalqlar uchun umumiy) xilqatlar tegishli dalillar bilan bilib olingach, bu hilqatlar haqida hech qanday baxslarga ham, narsaning asl tabiatini tushunmay u haqida sohta tushunchalarga ega bo’lishdan kelib chiquvchi baxslarga ham o’rinqolmaydi. Jaholatdagi shaharlar, (aholisini) maqsadlarini ko’zlaydigan (obro’-izzatga, mol-dunyoga, boylikdan rohatlanishga intiladigan) odamlar esaalohida toifadir. Bunday odamlar fozillar shahrida haligi maqsadlar bilan yashash taqiqlanganini ko’rib , u yerdagi (adolatli) qonunlarni buzishga , haqiqatga aloqador narsalardan uzoqlashishga , (bu qonun-qoidalar, tasavvurlarini) buzib aks ettirishga urinadila. Ular bu yo’lga ikki yo’l bilan erishadilar: U yuqorida aytilgan baxsli o’rinlarni o’zlaricha taxmin qiladilar, ikkinchidan, soxta donolik va aldov yo’liga o’tadilar. Ular jaholatli va tuban maqsadlariga erishuviga hech kim to’sqinlik qilmasligi uchun shunday yo’ldan boradilar. Bunday odamlarni fazilatli shaharlar jamoasiga qabul qilmaslik kerak. Yana bir toifa odamlar ham borki, ular tafakkuri zaifligi tufayli haqiqatdan chalg’ib ketadilar va tasavvurlaridan qay biri to’g’riyu, qay biri yolg’on ajratolmay qoladilar. Ular hech baxs talab qilmaydigan haqiqiy tasvvurni ham yolg’on deb o’ylaydilar. Ular haqiqatni anglash uchun yaqinroq borganlarida zehni zaifligi tufayli chalg’ib ketadilar va haqiqatni aslidan boshqacha tushunib, yolg’onni o’zlaricha haqiqat deb o’ylaydilar. Oqibatda bu odamlar “Umuman haqiqat yo’q , haqiqatga yetishdim deganlar o’z-o’zini aldovchilardir, odamlarni haqiqat yo’lidan boshlamoqchi bo’lgan yolg’onchi, kazzoblar, ular bunday kattaroq mansablarga yoki boylikka erishish maqsadida shunday so’zlarni aytmoqdalar ” deb o’ylaydilar. Provard natijada bu toifa odamlarning ba’zilari gangib qoladilar, boshqalari narsa va hodisalarni olisdan ko’ruvchi yoki tushida (g’ira-shira) ko’ruvchi odamga o’hshab, haqiqat bor-ku ammo, uni bilishga odamzodning aqli yetmaydi , deb o’ylaydilar. Bunday odamlar o’zlari bilgan narsalarni ham buzib talqin etishga intilib, erishgan narsalarini haqiqat emas, balki buzib talqin qilganlarini haqiqat deb o’ylaydilar.
Aholilarning diniy e’tiqodlari xurofiy, xato dunyoqarashlarga asoslangan shaharlarni jaholatdagi yoki adashgan shaharlar deymiz. Ularning ba’zilari bunday fikirlashadi: ba’zi mavjudodlar bir-biriga qarashidir va bir-birlarini yo’q qilishga intiladilar. Mazkur mavjudodlarning har biri yashash sharoitida shunday quvvayi maxfuzaga egaki, shu narsa vositasida u qarama-qarshi mavjudoddan o’zini himoya qiladi va o’z zotini yo’qolib ketishidan asrab qoladi. U, yashash sharoitida yana shunday quvvatga egaki, shu narsa vositasida u qarshi narsani yo’qotib , o’rnida o’ziga o’xshash narsani paydo qiladi. Va nihoyat , unga shunday bir qobiliyat beriladiki , shuning yordamida u turli narsallardan foydalanib, yashash uchun doimiy yaxshi sharoit vujudga keltirishga intiladi. Mazkur mavjudodlarning ko’pchiligi o’zlariga ato etilgan qobiliyat tufayli qarshi ish ko’ruvchi (tug’dirgan mashaqqatlarni) yengib o’ta oladilar. Shu tarizda olamdagi har bir mavjudod mavjudod o’ziga qarshi va umuman boshqa mavjudodlarni yo’qotib, o’z yashash sharoitini yaxshilashga intiladi. Bizga shunday ko’rinadiki, olamdagi barcha mavjudodlar faqat o’z yashash sharoitlarini yaxshilash uchun, o’ziga foyda keltirmay zarar keltiradigan boshqabarcha mavjudodlarni yo’qotish uchun, faqat o’zining yaxshiroq yashashini ta’minlash uchun dunyoga kelgan. Biz hayotda juda ko’p hayvonlarga tashlanib, o’zlariga tuzukroq foyda chiqmasa ham ularga zarar yetkazish va yo’q qilish uchun hamla qiladigan juda ko’p hayvonlarni ko’ramiz. Go’yo ularning har biri dunyoda faqat o’zi yashash uchun, boshqa mavjudodlarning yashashi ularga zarar keltiradiganday, shu hayvon borligining o’zi zararday, tabiat boshqalarni yo’q qilishga intiluvchi hayvonlarni uchratamiz. Mabodo, biror mavjudod boshqa mavjudodlarni yoq qilishni ko’zlamaganida ham , o’z foydasi uchun ularni qiynab ishlatishga intiladi. Ba’zi navdagi mavjudodlar boshqa navdagi mavjudodlar bilan huddi shunday munosabatdadirlar. Hatto bir navdagi mavjudodlar o’zaro shunday munosabatdadirlar. Bu mavjudodlar shunday yaralganki, doimo bir biriga qarshi kurashib, bir-birlariga dushmanilik qiladilar. Eng kuchlilari boshqalariga nisbatan mukammalroq tuzilgan bo’ladi. G’olib kelganlar ham bir-birini yo’qotishga urinadilar, go’yo boshqa mavjudodlar nomukammalday, ularning borligi bularga zarar keltiradiganday, yoxud boshqalar ularga faqat (qulday) xizmat qilish uchun yaralganday, barchasi bir birini ezib ishlatishga urunadi. Mana shu (sabab)larning hammasi tufayli ko’pchilik shaharlarda jaholatdagi shaharlar shaharlarning aholisining qarashlariga xos fikr-aqidalar kelib chiqadi. Ba’zilar odamlar o’rtasida tabiiy yoki ihtiyoriy bog’lanishlar yo’q, har bir odam o’z manfaati uchun boshqalarning manfaatiga zarar yetkazishi , biri boshqasiga begona bo’lishi zarur , mobodo ular birlashsalar ham zarurat , majburiyat tufayli birlashadilar, murosaga kelishsalar ha biri g’olib chiqib , boshqalari mag’lub bo’lgandagina kelishadilar, deb o’ylaydilar. Bunda ular tashqaridan ta’sir qiluvchi bir kuch taziyqida o’zaro kelishuvga majbur bo’ladilar, agar anashu kuch yo’qolsa kelishuv ham yo’qoladi, yana begonalashuv paydo bo’ladi va ular tarqalib ketadilar. Insoniyatga xos hayvoniy aqidalardan biri mana shu aqidadir. Farobiyning uqdirishicha, inson ijtimoiy mavjudotdir. U tabiiy ravishda boshqa odamlar bilan o`zaro munosabatga kirishga intiladi, natijada ijtimoiy faoliyat vujudga keladi. Jamiyat odamlarni birlashtirishi va ularga baxt-sodat bag`ishlashi kerak. «Fozil odamlar shahri» nomli asarda davlat boshlig`ining fazilatlari belgilab beriladi. Davlatni boshqaruvchi kishi sog`lom, jasur, aqlli va ma`rifatparvar, adolatparvar bo`lishi, kishilar bilan muomala qilish, san`atini chuqur bilishi va unga amal qilishi zarur. Farobiy qarashlarinnig asosiy tamoyili bu adolatparvarlikdir. Ideal shaharda ham adolat hamma narsadan ustun: hammaning tengligi, hamkorligi va axilligi mana shu davlatni asosiy tayanchi va kelajak ravnaqidir. Farobiy Sharqda birinchilar katorida davlatning Monarxiya shaklida cheklanib qolmasdan uni bir necha kishi tomonidan boshqarish kerak degan xulosaga keladi. CHunki bir insonda Farobiy talab kilgan o`n ikkita fazilat mujassam bo`lmasligini aniq tushunib etgan mutafakkirdir. Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganib, ular orkali Aflotun Arastu kabi buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosidan bahramand bo`ladi, U matematika, meditsina kabi tabiiy fanlar bilan bir vaqtda filosofiya, logika, siyosat, davlat haqidagi ijtimoiy fanlarning soxalari bilan ham shug`ullanadi va o`zining yuzdan ortiq asarlarini yozib qoldiradi. Farobiy kamtar, tartinchoq kishi bo`lib, mulki ham, boyligi ham bo`lmagan. U umrini ilm sohalarini o`rganishga, kitoblar yozishga sarflagan mutafakkir edi. U o`z vatanidan uzoqlashib ketishiga qaramasdan, o`z ona tili— turkiy tilni unitmagan va o`z milliy kiyimida yurgan, milliy odatlarga rioya qilgan. U o`zining yuksak ilmi bilan xammani hayratda qoldirgani uchun xam xalq orasida «mua`limi soniy»,ya`ni «ikkinchi muallim» degan nom bilan mashxur bo`lgan. Farobiy bizga juda katta ijodiy meros qoldirgan. Bu asarlarning to`liq ro`yxati bo`lmasada, ilmiy adabiyotlarda u 130-160 dan ortiq asarlar yaratgani haqida fikrlar mavjud. Farobiy to`g`risida sharq adabiyotida turli-tuman hikoya,afsonalar mavjud bo`lib, ularning barchasida mutafakkirning o`z zamonasi fanning turli sohalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lganligi haqida va u juda ko`plab tillarni bilganligi haqida hikoya qilinadi. Mutafakkirning ijodiy merosini o`rganish borasida olimlar samarali ijod qilmoqdalar. Farobiyning kitoblarini ro`yxatini tuzish va undagi ijtimoiy-falsafiy, siyosiy fikrlarni o`rganish borasida Bayxaki, Al-Nadima, ibn Usaybi, Dexxuzo, Umar Tarrux, Xorten, Diteritsi, Shteynshneyder, Brokkel’man, Axmad Atin, M.M.Xayrullaev va boshqalar samarali mehnat qilganlar. Farobiyning asarlari Leningrad, Moskva, Toshkent, Dushanbe, Baku, qozon, Kair, Bayrut, Damashq, Stambul, Leyden, London, Parij, Madrid, N’yu-York, Xaydarobod, Tehron va boshqa shaharlarning muzey va kutubxonalarida saqlanib kelinmoqda.
Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o’rganishbilan shug’ullandi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, “Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.
Abu Nasr al-Forobiyning ilmiy me'rosi.
Yaqin va O‘rta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan Markaziy Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay olmagan vazifani, ya’ni Arastuning va umuman qadimgi grek mantig‘ini keng tinglovchilar o‘rganishi uchun eng oddiy, tushunarli vosita va uslublarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mantiq tarixchilarining ta’kidlashicha, Forobiy bu tavsiyalari bilan Arastuning mantig‘iga o‘zgacha fayz kiritib, uning kitobxonlar orasidagi mavqeini yanada ko‘tarilishiga erishdi. Forobiyning mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm), «Birinchi analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara «Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r» (Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» «Sillogizm» va «Shartli hukmlar» kabi kitoblarini kiritishimiz mumkin.
Forobiy o‘zining asarlarida mantiq ilmi, uning predmeti, tuzilishi, vazifalari, fikrlash jarayonining bosqich va shakllari, mantiqiy qonunqoidalari, usul hamda amallari haqida keng ma’lumotlar bergan. Jumladan, mantiq fanining predmeti va tushunchasining etimologiyasi haqida gap ketganda, Forobiy qadimgi grek mutafakkirlariga murojaat qiladi. Uning fikricha, greklar mantiqni uch ma’noda:
– fikrni til orqali ifodalovchi inson nutqi sifatida;
– inson intellekti yordamida zabt etiluvchi obyektlarga yo‘l
ko‘rsatuvchi so‘z sifatida;
– olamni bilish uchun insonga in’om etilgan ichki ruhiy kuch sifatida
tushunishgan.
Mazkur ta’riflarni to‘ldirgan holda, Forobiy mantiqqa «muayyan qonun-qoidalar asosida insonning fikrlash intellektini yo‘naltiruvchi va takomillashtiruvchi fan» deb ta’rif beradi. Ushbu ta’rifni yanada aniqlashtirsak, Forobiy asarlarida mantiq fanlarning fani sifatida tafakkurning qonun-qoidalarini o‘rganuvchi bosh fan, hatto san’at deb baholanadi. Faqat tafakkur qonunlarigina bizga chin haqiqatni ochib bera oladi. Forobiyning ta’kidlashicha, ularsiz fikrimiz qachon chin, qachon yolg‘onligini yoki qachon xatoga yo‘l qo‘yganligimizni bila olmaymiz. Qolaversa, haqiqat zaminida yotgan qarama-qarshiliklar va ularning yechimlarini topa olmaymiz
Forobiyning asarlarida tushuncha, hukm va xulosa kabi tafakkur shakllari juda keng, qamrovli va batafsil izohlanadi. Ayniqsa, sillogizm, uning paydo bo‘lish asoslari, figura va moduslari ko‘p o‘rganilgan. Forobiyning ta’riflashicha, tushuncha – universal tabiatga ega, hissiy idrok qilinuvchi narsalar haqida bilim beruvchi kategoriya. Bundan tashqari, Forobiyning mantiq tizimida tushunchani shakllantirishning usul va amallari, turlari hamda ularning o‘rtasidagi munosabat masalalari ham keng o‘rin olgan. Forobiy o‘z mantig‘ida sillogizmlar ta’limotiga katta e’tibor beradi. Sillogizm ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan asoslardan mantiqan kelib chiquvchi xulosaning o‘ziga xos turi sifatida ta’riflanadi. Forobiy falsafa, dialektika, sofistika, ritorika va poetika kabi besh sillogistik san’at turlarini alohida ajratib ko‘rsatadi. Sillogizmning strukturasi haqida gap ketganda, uni katta asos, kichik asos va natija kabilarga bo‘ladi. Shuningdek, sillogizm terminlarini ham uchga ya’ni katta, kichik va o‘rta terminlarga bo‘ladi hamda har biriga alohida ta’rif beradi.
Forobiyning mantig‘i haqida shuni aytishimiz mumkinki, uning xizmati Arastuning mantig‘i bilan keng ilmiy jamoatchilikni tanishtirishga muvaffaq bo‘lganligi, qolaversa, tarixda «arab mantiq maktabi» deb nom olgan yangi yo‘nalishni vujudga keltirganligi bilan baholanadi. Farobiyning ta’lim- tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oylari alohida o’rin tutadi. Uning o’qtirishicha, insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa yetuk jamoa bo’la olishi mumkin. Komil insonni yaratish, uni baxt-saodatga eltish har qanday davlat jamoa boshlig’ining vazifasi bo’lishi darkor.
Farobiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi lozim. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni- bilimli bo’lishga, to’g’rilik va haqiqatni sevishga, jasur, do’stlarga sadoqatli bo’lish singari fazilatlarni egallashga intilmog’I lozim. Bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lish uchun baxt-saodatga eltuvchi jamoa bo’lishi kerak. Farobiy insonga xos hamda uning ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta’lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi. Farobiy insonni dunyo tarqqiyotining eng mukammal va etuk yakuni deb biladi. Shunga ko’ra u o’z asarlarida insonga tarbiya va ta’lim berish zarurligini aytadi va bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy o’rinni egallashini qayd qiladi.
Ta’lim-tarbiya tabiat hodisalaridan foydalanish va bu yo’lda boshqa kishilar bilan to’g’ri munosabatda bo’lib, jamiyatning ichki tartib qoidalarini to’g’ri o’rganib, uning talablariga javob bera oladigan insonni kamol toptirish zarurligini ta’kidlaydi. Farobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aqli-ongiga va axloqiga (xulq-atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya, uning fikricha insonni aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham etuk mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog’I lozim. Demak, ta’lim-tarbiyaning birdan bir vazifasi- jamiyat talablariga to’la-to’kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. “Ideal shahar aholi ilmining fikrlari” hamda “Baxt-saodatga erishuv haqida” nomli risolalarida olimning bu fikrlari aniq ifodalangan. pOlimning o’qtirishicha kimki eng go’zal va foydali kashf etish fazilatiga ega bo’lsa, kashf etgan narsasi chindan ham o’zining va boshqalarning istagiga muvofiq bo’lsa u xayrli va nafli bo’ladi.
Olim ta’lim faqat so’z va o’rganish bilan, tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirilishini aytadi va tarbiyani har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga o’rganishdan iborat deb hisoblaydi.
Demak, Farobiy ta’lim va tarbiya berishni bir-biridan farq qiladi. Tarbiya esa amaliy faoliyatida namoyon bo’ladi, yoshlarga u ma’lum ish-harakat, kasb-hunar, odob orqali singdiriladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat-odat,malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi.
Farobiy ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi shaxsga yakka holda yondashuvni uning tabiiy ruhiy va jismoniy xislatlarini nazarga olish zarurligini ta’kidlaydi. U bu haqda shunday yozadi:”Bu barcha tabiiy xislatlarni, ularni oily kamolotga yetkazish shu yoki kamolotga yaqin bo’lgan darajaga ko’tarishga xizmat qiluvchi vosita yordamida tarbiyalashga muhtojdir… Insonlar turli ilm, hunar, faoliyatiga mos yilligi va qobilyatligi bilan tabiatan farq qiladilar, teng tabiiy xislatlarga ega bo’lgan odamlar esa o’z tarbiyasi (malakalari) bilan tafovut qiladi.
Tarbiyasi jihatdan teng bo’lganlar esa, bu tarbiya natijalarining turlichaligi bilan bir-birlaridan farq qiladilar.
Tarbiya jarayoni, Farobiyning fikricha tajribali pedagog, o’qituvchi tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo’naltirilishi lozim, chunki, “har biro dam ham baxtini va narsa hodisalarini o’zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o’qituvchi lozim”
Farobiy ta’lim-tarbiya berish usullari haqida shunday yozadi: “Amaliy fazilatlar va amaliy san’atlar (kasb hunar va ularni bajarishga odatlantirish masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yo’l bilan hosil qilinadi: birinchi yo’l qanoatbaxsh so’zlaryordamida odat hosil qilinadi va malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, kasb intilish harakatga aylantiriladi )
Ikkinchi yo’l (yoki ikkinchi usul)- majbur etish yop’lidir. Bu usulga gapga ko’movchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroi xalqlariga nisbatan ishlatiladi. Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emasdir. Ammo ulardan qaysi biriki, nazariy bilimlarni o’rganishga astoyidil kirishsa hamda faoliyati yaxshi bo’lib, kasb-hunarlarini va juz’iy san’atlarini egallashga intilishi bo’lsa, bunday odamlarni majbur etmaslik lozim, chunki maqsad ularni fazilat egasi qilish kasb hunar axillarga aylantirishdir”
Tarbiya berish usul;I, Farobiyning fikricha, ikki turli bo’ladi “ Avvalgi usul-san’atni o’z rag’batlari bilan o’rganuvchilarga ishlatiladigan usul. Ikkinchi usul esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa muallim bo’lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usullarida foydalanadi”.
Farobiy bilimdon, ma’rifatli, yetuk odamlarning obrazini tasvirlab ekan, bunday deydi:
“Har kimki ilm- hikmatni o’rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ligi haqida qayg’ursin, yaxshi axloq va odobli bo’lsin, so’zning udasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va axilli ilmdan mol-dunyoni ayamasin, barcha mavjud, moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin”
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim-tarbiyada, yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda, xususan, aqliy- axloqiy tarbiyaga aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi uning etiqodicha, bilim, ma’rifat, holda kutilgan maqsadga erishilmaydi va bola ham yetuk bo’lib yetishmaydi. Olim daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo’lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanishini aytadi.
Umuman, Farobiy o’z davridagi yoshlarning ta’lim olishlari bilim egallashlari, hunar o’rganishlari, faoliyat ko’rsatishlari, mehnat qilishlari zarurligi xususida fikrlar bildirgan. Bu fikrlar hozirda ham ta’lim-tarbiyaga g’oyat muhimdir.
olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turkеr, M. Mahdi va boshqalar Abu Nasr Forobiy mеrosini o’rganishga muayyan hissa qo’shdilar6. Kеyingi yillarda uning ijodi va ta'limotiga bag’ishlangshan bir qancha ta'limotlar, asarlar yuzaga kеldi.
R.Emеrson aytganidеk: “Taraqqiyotning chinakam bеlgisi – boylik emas, shaharning kattaligi emas, hosilning mo’l-ko’lligi emas, balki shu o’lka bag’rida tarbiya topgan inson qiyofasidir”.
Abu Nasr Forobiyning dunyoqarashi IX-X asrlarda erishilgan yutuqlar yakuni dеyish mumkin. Uning ijtimoiy g’oyalari kеyinchalik mutafakkirlar: Abu Rayxon Bеruniy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Baxmanyor, Nizomiy Ganjaviy, Sa'diy, Abduraxmon Jomiy, Alishеr Navoiy va boshqalar ijodini rivojlanishiga asos bo’ldi.
Tarixdan bizga ma’lumki Abu Nasr Forobiy g’oyalari orqali Movarounnahrda sarbadorlar XIV asrning 60-yillarida o’z davlatini parpo etganlar.
Abu Nasr Forobiy ta'lim – tarbiya masalasida xususan aqliy tarbiyaga, ma'rifatli bo’lishga, aqlni mavjud bilimlar bilan boyitish, to’ldirishga katta e'tibor bеradi. har qanday tarbiyani, xususan aqliy tarbiyani, ya'ni bilimlarni o’rganishni inson yoshlikdan boshlashligi zarurligi to’g’risidagi fikrni Abu Nasr Forobiy alohida qayd qiladi.
Lеkin, Abu Nasr Forobiy «aqlli» bo’lishni faqat aqliy tarbiya, bilimdonlik bilangina chеgaralab qo’ymaydi. Abu Nasr Forobiy talqinida «aqllilik» insonning butun faoliyati – uning bilimi, axloqi, odobi, harakatlari, qiladigan ishlari majmuasi bilan o’lchanadi, ya'ni aqllilik barcha fazilatlarning bir butun, yaxlit xolda muvofiqligidir.
Abu Nasr Forobiy ta'limotida axloqiy tarbiya ham aqlli, fazilatli inson tarbiyalashning muhim shartlaridan bo’lib, aqliy tarbiya xususan, «Idеal shahar aholisining fikrlari» asarida o’z ifodasini topadi. U qaysi tartibda axloqli qilib tarbiyalash, xususan bolaning qaysi xislatlariga e'tibor bеrish kabi masalalariga to’xtalib o’tirmaydi, balki idеal, axloqli insonning abstrakt obrazini yaratish bilan, tarbiya sohasida shu obrazni namuna qilib olish zarur dеgan g’oyani olg’a suradi. Abu Nasr Forobiy bu fazilatlar ichida ayniqsa donolikka, aqllilikka juda katta e'tibor bеrgan.
Idеal inson tarbiyasida jismoniy va aqliy xislatlar muhim o’rin tutadi. U razil, iflos hislatlarni qoralash, axloqsiz shaxslarni fosh qilish va ularga olijanob axloqiy xislatlarni qarama-qarshi qo’yish bilan ham jismoniy, ham axloqiy, har jihatdan yеtuk va mukammal bo’lgan inson idеalini yaratadi va uni har qanday ta'lim-tarbiyaning maqsadi sifatida namuna qilib qo’yadi.
Forobiy asarlarida inson, inson tarbiyasi, jamiyat va davlat muammolarini aks etirililgan. Erkin fikr yuritish, ya'ni xurfikrlilik g’oyalaridan ilhomlangan o’rta asr faylasufi: Abu Nasr Forobiy inson borlig’i, xususan, uning tanasi bilan joni jismi bilan uning insoniyligi, insoniyligi bilan u yashayotgan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, insonning insoniyligini namoyon qiluvchi fazilatlar, xislatlar va ularning shakllanish jarayoni muammolarini nazariy jihatdan ochib bеrishga harakat qildi. Jon va tananing o’zaro aloqadorligi muammolari haqida fikr yuritgan Abu Nasr Forobiy qadimgi yunon faylasufi Platonning insonning ko’chib yurishi haqidagi ta'limotiga qarshi chiqdi. O’zining “Masalalarning mohiyati” (“O’yinul masail”) risolasida jon tanadan oldin mavjud bo’lmasligi, bir tanadan boshqa tanaga ko’chib o’ta olmasligi haqidagi g’oyani olg’a surdi.
Abu Nasr Forobiyning fikriga asosan, odamlarning tanasi paydo bo’lishi bilan uning “oziqlantiruvchi quvvat”i vujudga kеladi. O’sha quvvat yordamida inson tanasi hamisha oziqlanadi va shu jarayonda insonda sеzgi organlari paydo bo’ladi. Inson sеzgi organlari tufayli his-tasavvur, xotira birlashib, xayol hosil bo’ladi.
“Xayol quvvati” yordamida inson bilim, hunar egalaydi, faoliyat ko’rsatadi, foyda-zararning farqiga boradi1.
Forobiy ta'kidlaganidеk, inson o’zining aql-zakovati bilan olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan tubdan farq qiladi. Undagi aql-zakovat (“Aqliy quvvat”) borliqning turli-tuman ko’rinishlarining aksidir. Inson o’zidagi o’sha aql-zakovat yordamida avval yеrda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning sabablarini, so’ng esa osmon jismlarining sir-u asrorini biladi. Insonning olam to’g’risidagi to’plagan bilimlari, ya'ni hayotligida yaratgan ma'naviy boyliklari hеch qachon yo’q bo’lib kеtmaydi, balki “Dunyoviy aql”ni tashkil etadi. Inson aqli olam sirlarini bilishda eng yuksak cho’qqiga ko’tarilganda, “dunyoviy aql”, “dunyoviy ruh” bilan qo’shiladi. O’z navbatida, har bir kishining joni va aqli, ya'ni “individual aql” va “individual jon”ning paydo bo’lishida, “dunyoviy ruh”, “dunyoviy aql” hal qiluvchi rol o’ynaydi2. Forobiyning tushuntirishicha, “dunyoviy ruh”, “dunyoviy aql”, “individual jon”, “individual aql” paydo bo’lishi va rivojlanishining sababchisidir. “Individual jon”, “individual aql” inson tanasining o’limi, yo’q bo’lishi bilan qo’yolib kеtmaydi, balki “dunyoviy ruh”, “dunyoviy aql” ga qo’shiladi. Insonning joni va aqli abadiylikka kеtadi, biroq hеch qachon qaytib kеlmaydi, qayta namoyon ham bo’lmaydi. Ular tanani tark etgandan so’ng yana bir butun bo’lib, birlashadi, har bir jon va har bir aql inson tanasida yashagan vatda orttirgan barcha ma'naviy narsalar to’planib, hamisha barhayot, “dunyoviy ruh”, “dunyoviy aql”ni tashkil etadi.
Qadimgi yunon falsafasining o’tkir bilimdoni Platon, Aristotеl, Zеnon, Epikur asarlarining mashhur targ’ibotchisi, “ikkinchi muallim”, “Sharq Aristotеli” nomi bilan mashhur Abu Nasr Forobiy inson aqlining imkoniyatlari chеksiz ekanligini isbotlab, o’rta asr musulmon olamida kеng tarqalgan faqat mumtoz shaxslar – payg’ambarlarga xos karomatining sirlarini bilish yo’llari haqidagi diniy-mifologik qarashlarga qarshi chiqdi.
Forobiy inson o’z taqdirini o’zi o’zgartira olmaydi, dеgan islom dini qoidalariga qarshi borib, inson o’z taqdirini o’zgartirishi mukin dеgan g’oyani ilgari surdi. Xususan, insonning baxt-saodatli bo’lishi ham o’zining qo’lida ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Baxt-saodatga erishish yo’llarini aniqlab bеrishga intiladi. Uning fikriga ko’ra, inson baxt-saodatga erishmog’i uchun, eng avvalo, baxt haqida bilimga ega bo’lmog’i, so’ngra baxtga erishish yo’llari vositalarini bilmog’i darkor. Shuningdеk, inson baxt-saodatga erishmog’i uchun, insonning insoniy fazilatlari mazmun va mohiyatini ham anglab olmog’i zarur. Chunonchi, o’rta asrning mashhur insonshunos allomasining tushuntirishicha, “fazilat” allaqanday mavhum tushunchaga emas, balki insonning inson bo’lib kamol topish jarayonidagi amaliy ishlari bilan o’lchanadigan alohida ma'naviy-axloviy xususiyatidir. Fazilat insonning ezgulikka erishish borasidagi xulq-atvori, xatti-harakatlarining ifodasidir. Forobiyning ta'kidlashicha, insonni yaxshi xayrli ishlar qilishga, go’zal xulq-atvor sohibi bo’lishiga da'vat etuvchi ma'naviy-axloqiy xususiyatlar, fazilatlar dеb ataladi. Insonni xunuk xulq-atvori, xatti-harakatlariga da'vat etuvchi ishtiyoqlar razolat dеyiladi. Razolat insondagi kamchiliklar yoki nokasliklarning ifodasidir.
Forobiy insonlarni o’zaro hamkorlikka chaqiradi, dunyoda yagona bir butun inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. “Baxt-saodatga erishuv haqida ” risolasida kamolotga bir kishining yolg’iz o’zi (birovning yoki ko’pchilikning yordamisiz) erishuvi mumkin emas. “Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki – dеydi Forobiy, - u yashash va oliy darajadagi yеtuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga erishish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj to’g’iladi. Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan, kishilarni bir-biriga еtkazib bеruvchi va o’zaro yordamlashuvchi ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yеtuklikka erishuvi mumkin3. Bunday jamoa a'zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yеtuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni еtkazib bеradi.
Abu Nasr Forobiy shuningdеk arab va fors tillarida falsafiy mazmundagi shе'rlar yozgan. Abu Nasr Forobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, Qadimiy yahudiy, fors tillariga, kеyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga kеng tarqalgan. So’nggi asrlarda ko’chirilgan nusxalari ko’p mamlakatlarning kutubxona va muassasalarida saqlanadi. Toshkеntda Bеruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Qadimgi Sharq faylasuflari asarlaridan jami 107 risolani, jumladan, Abu Nasr Forobiyning 16 risolasini (arabcha) o’z ichiga olgan «Hakimlar risolalari to’plami» («Majmuat rasoil al-xukamo» qo’lyozmalar fondi, 2385-in.)bor. Bu noyob qo’lyozma Abu Nasr Forobiy asarlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. To’plamdagi Abu Nasr Forobiy risolalari 1975 yili qisman o’zbеk tiliga tarjima qilinib nashr etildi.
Abu Nasr Forobiy «Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri va nima noto’g’riligi to’g’risida» risolasida osmon jismlari bilan yеrdagi xodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining quyosh issiqligi ta'sirida bug’lanishga sababiy bog’liqligin yoki Oy tutilishi, yerning quyosh bilan Oy o’rtasiga tushib qolishiga bog’liq ekanini ko’rsatgan edi. Bu bilan u osmon jismlariga qarab «fol ochuvchilar»ni fosh qildi. Abu Nasr Forobiy arzon mеtallarni qimmatbaxo mеtallarga aylantirishga urinuvchilar tanqid qilib, kimyoga tabiiy ilmarning bir qismi sifatida qaradi5.
Abu Nasr Forobiy tabiblik bilan bеvosita shug’ullanmagan bo’lsada nazariy tibbiyotni yaxshi bilgan. Uning tibbiy qarashlari «Inson a'zolari haqida» risolasida bayon qilingan. U inson a'zolarini, turli xil kasalliklar sababini, ularning paydo bo’lish sharoitlarini aloxida-aloxida o’rganishni, organizmni salomatligini tiklash uchun kеrakli oziq-ovqatlarga e'tibor bеrishni qayd etadi. Insonning ruxiy va jismoniy xolati tashqi omillar muhit ta'siriga bog’liqligiga e'tibor bеradi. Uning tibbiyot vazifasi, maqsadi haqidagi qarashlari Ibn Sinoning bu haqidagi qarashlariga katta ta'sir ko’rsatadi.
Abu Nasr Forobiy dunyoqarashining shakllanishiga asosan Sharqning Qadimgi ilg’or madaniyati an'analari, arab xalifaligiga qarshi xalq xarakatlari, O’rta asr tabiiy-ilmiy tafakkur yutuqlari, Yunonistonning falsafiy mеrosi ta'sir ko’rsatdi. Abu Nasr Forobiy avvalombor Aristotеl ta'limotini tiklash, asoslash va ilg’or tomonlarini so’nggi ilmiy yutuqlar asosida rivojlantirishga harakat qilib, “Sharq aristotеlizm” oqimini vujudga kеltirdi. Bu oqimning uslubi, muhim masalalari, katеgoriyalarini ishlab chiqdi.
Abu Nasr Forobiy uchun dunyo quncha bo’lib, asta-sеkin o’zining rang-barang tomonlarini va bitmas-tuganmas boyliklarini tobora ko’proq namoyon qilib ochila boradi. Borliqning bunday talqini tabiiy – ilmiy g’oyalarning yanada rivojlanishi uchun kеng yo’l ochdi. Abu Ali Ibn Sino va mutafakkirlar o’zlarining falsafiy qarashlarida shu borliq tizimi asosida ish olib bordilar.
Abu Nasr Forobiy fikricha, insonning bilishini, ruxiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha a'zolarni hayot uchun zarur bo’lgan qon bilan ta'minlovchi markazdir, barcha ruxiy «quvvatlar», jumladan bilish qobiliyati muayyan a'zoga bog’liq.
Abu Nasr Forobiy o’z davridayoq buyuk olim sifatida mashhur bo’lgan. Sharq xalqlarida u haqida turli hikoya, rivoyatlar vujudga kеlgan. O’rta asr olimlaridan ibn Xallikon, ibn al-Qiftiy, ibn Abi Usabi'a, Bayhaqiylar o’z asarlarida Abu Nasr Forobiy ijodini o’rganib, uning g’oyalarini rivojlantirganlar. Xususan, ibn Rushd Abu Nasr Forobiy asarlarini o’rganibgina qolmay, ularga sharhlar ham («Sillogizmga nisbatan al- Abu Nasr Forobiyning fikri», «Abu Nasrning mantiqqa doir asarida ifodalangan fikrning bayoni», «Al Abu Nasr Forobiy, xususan, uning «Organon», izohlariga turli sharhlari» va b.) yozdi.Taraqqiyparvar insoniyat Abu Nasr Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab, uning mеrosini chuqur o’rganadi. Yevropa olimlaridan B.N. Shtrеnishnеydеr, Karra dе Vo, T.U.Buur, R. Xammond, R. dе Erlanjе, F. Dеtеrittsi, G. Farmеr, N.Rishar, G. Lеy, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turkеr, M. Mahdi va boshqalar Abu Nasr Forobiy mеrosini o’rganishga muayyan hissa qo’shdilar6. Kеyingi yillarda uning ijodi va ta'limotiga bag’ishlangshan bir qancha ta'limotlar, asarlar yuzaga kеldi.
R.Emеrson aytganidеk: “Taraqqiyotning chinakam bеlgisi – boylik emas, shaharning kattaligi emas, hosilning mo’l-ko’lligi emas, balki shu o’lka bag’rida tarbiya topgan inson qiyofasidir”.
Abu Nasr Forobiyning dunyoqarashi IX-X asrlarda erishilgan yutuqlar yakuni dеyish mumkin. Uning ijtimoiy g’oyalari kеyinchalik mutafakkirlar: Abu Rayxon Bеruniy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Baxmanyor, Nizomiy Ganjaviy, Sa'diy, Abduraxmon Jomiy, Alishеr Navoiy va boshqalar ijodini rivojlanishiga asos bo’ldi.
Tarixdan bizga ma’lumki Abu Nasr Forobiy g’oyalari orqali Movarounnahrda sarbadorlar XIV asrning 60-yillarida o’z davlatini parpo etganlar.
Adabiyotlar ro'yxati:
1.O'.M.Ensiklopediyasi.T «Davlat ilmiy nashriyoti» 2007.
2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Tanlangan asarlar
to’plami. Toshkent 1999
3. www.ziyonet.uz sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |