4. Boshqa ma’lumotlar: 4.1. Kompaniya asbob-uskunalarining mo’ljallangan xizmat qilish davri 20 yilni tashkil etadi. Qoldiq qiymat yo’q. Ikki yillik amortizatsiya 20x7 yil oxiriga hisoblangan;
4.2. Kompaniyada mavjud mebelning mo’ljallangan xizmat qilish davri 8 yilga teng. Qoldiq qiymat yo’q. Ikki yillik amortizatsiya 20x7 yil oxiriga hisoblangan;
4.3. Yumshoq o’yinchoqlarni to’ldirish uchun yangi uskunaning mo’ljal-langan xizmat qilish davri 7 yilni tashkil etadi va u ham qoldiq qiymatga ega bo’lmaydi, chog’i;
4.4. Kompaniya daromadini soliqqa tortish stavkasi 35,0%ni tashkil etadi. Taxmin qilinishicha, soliqlar 31.12.20x8 yilda to’langan;
4.5. Dividendlar bo’yicha to’lovlar sof foydaning 10,0% ini tashkil etishi kerak;
4.6. Yil davomida sotilgan mahsulot tannarxi 250,0 mln. so’mni tashkil etdi;
4.7. Yil oxiriga olinishi kerak bo’lgan hisoblar bo’yicha balans = yil boshiga balans + kreditdan foydalangan xaridorlardan olingan pul mablag’lari – kreditga sotish hajmi;
4.8. Yil oxiriga to’lanishi kerak bo’lgan hisoblar bo’yicha balans = yil boshiga balans + xaridlar tannarxi – pul shaklida mahsulot etkazib beruvchilarga to’lovlar summasi;
4.9. Yil oxiriga tovar-moddiy zaxiralar bo’yicha balans = yil boshiga balans + sotib olingan xom ashyo qiymati – sotilgan mahsulot tannarxi;
4.10. 31.12. 20x8 yilda fond bozori yopilayotganda kompaniya aktsiyalari kursi 4 5/8 ni tashkil etdi. Muomaladagi aktsiyalar soni esa – 20000 donaga teng.
5. Topshiriqlar: 5.1. “B” kompaniyasining 31.12.20x8 yil holatiga balansini tuzing;
5.2. “B” kompaniyasining 20x8 yil uchun moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotini tuzing;
5.3. “B” kompaniyasining 20x8 yil uchun pul oqimlari to’g’risidagi hisobotini tuzing;
5.4. Kompaniyaning quyidagi rentabellik koeffitsientlarini hisoblab chiqing: sotish rentabelligi koeffitsienti (ROS), aktivlar daromadliligi koeffitsienti (ROA) va kapital daromadliligi koeffitsienti (ROE);
5.5. Kompaniya aktivlari aylanuvchanligining quyidagi koeffitsi-entlarini hisoblab chiqing: debitorlik qarzlari aylanuvchanligi koeffitsienti, tovar-moddiy zaxiralar aylanuvchanligi koeffitsienti va aktivlar aylanuvchanligi koeffitsienti;
5.6. Quyidagi moliyaviy “dastak” va likvidlik koeffitsientlarini hisoblab chiqing: kreditorlarga qarzdorlik koeffitsienti va foizlarni qoplash koeffitsienti, shuningdek joriy likvidlik va kritik baholash (lakmus qog’oz) koeffitsientlari;
5.7. 20x8 yil oxiriga kompaniyaning bitta aktsiyasi balans qiymati qancha bo’ladi?
5.8. Kompaniya aktsiyalarining R/E koeffitsientini va aktsiyaning bozor va balans qiymati nisbati koeffitsientini hisoblab chiqing.