Referat mavzulari



Download 38,74 Kb.
bet3/7
Sana29.05.2022
Hajmi38,74 Kb.
#617786
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish

SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR
I. Zamonaviy moliyaning nazariy asoslari moduli bo’yicha:
1. Sizning hayotdagi asosiy maqsadlaringiz nimalardan iborat? Shu maqsadlarga erishishda moliya qanday o’rin tutadi? Siz qanday asosiy muqobil maqsadlar(ga) bilan to’qnashgansiz (duch kelgansiz)?
2. Sizga tegishli uy xo’jaligi mulkining sof qiymati qancha? Siz o’z aktivlaringiz va majburiyatlaringizga nimalarni kiritdingiz? Mulkning sof qiymatiga qo’shish mumkin bo’lgan nimalarni undan chiqarib tashla-dingiz?
3. Yolg’iz odam qabul qiladigan moliyaviy qaror maktab yoshidagi bir nechta farzand uchun mas’ul uy xo’jaligi rahbarining qaroridan nimasi bilan farq qiladi? Ularning ixtiyoridagi muqobil yo’llar bir-biridan ajralib turadimi yoki ularni turlicha baholashga to’g’ri keladimi?
4. Faraz qilaylik, ikkita oila bor: “A” va “B”. Oilalarning ikkalasi ham ota, ona va maktab yoshidagi ikkita farzanddan iborat. “A” oiladagi er-xotinlar ikkalasi ham ishlashadi va umumiy miqdorda yiliga 100 000 dollar ishlab topishadi. “B” oilada faqat er ishlaydi va u ham xuddi shuncha mablag’ ishlab topadi. Bu ikkala oila qabul qiladigan moliyaviy qarorlar nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
5. Farzand necha yoshda moliyaviy mustaqil bo’lishini kutsa bo’ladi?
6. Siz avtomobil sotib olishga qaror qildingiz. Quyidagi savollarni diqqat bilan o’rganib chiqqan holda, o’z kelajagingizni tahlil qiling:
• mashina sotib olishdan tashqari Sizning harakat vositasiga bo’lgan ehtiyojingizni qondirishning boshqa yo’llari bormi? Variantlar ro’yxatini tuzing va har birining foydasiga va, aksincha, ularga qarshi fikrni bayon eting.
• Siz avtomobil sotib olishni qanday yo’llar bilan moliyalashtiri-shingiz mumkin?
• avtomobil sotib olish uchun kredit beradigan kamida uchta tashki-lotdan ma’lumot to’plang va har biri taklif etayotgan shartlarni o’rganing.
• qanday mezonlar asosida Siz qaror qabul qilasiz?
7. Siz o’z biznesingizni ochish imkoniyati ustida bosh qotirmoqdasiz, ammo mablag’ingiz yo’q: a) O’ylab ko’ring, qarz(ga) olmas (kirmas)dan turib qanday biznes bilan shug’ullanish mumkin?; b) Endi oddiy foiz stavkalari bilan istalgancha mablag’ni qarzga olish imkoniyatingiz bo’lganda qanday biznes bilan shug’ullangan bo’lardingiz? Shu to’g’rida o’ylab ko’ring; v) biznes bilan shug’ullanib, qanday riskka to’qnash (duch) kelishingiz mumkin?; g) yangi biznesni moliyalashtirish uchun qaerdan mablag’ olishingiz mumkin?
8. Firma bo’lmagan biror tashkilotni tanlang, masalan assotsiatsiya yoki diniy uyushma, va shu tashkilot qabul qiladigan moliyaviy qarorlarni sanab o’ting (chiqing). Bunday tashkilot qanday asosiy muqobil maqsadlar bilan to’qnashishi mumkin? Eng maqbul yo’lni tanlashda tashkilot a’zolarining ehtiyojlari qanday o’rin tutadi? Mazkur tashkilotning moliyaviy menejeri bilan suhbatlashing va u Sizning fikringizga qo’shiladimi yoki yo’qmi? Shuni bilib oling.
1. Adam Smitning jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun hukumatga nisbatan bozorning “ko’rinmas qo’l” usuliga ko’proq rioya etish joiz, degan nuqtai nazariga rozimisiz?
2. Moliyaviy tizim qanday qilib iqtisodiyot ishonchliligi va jamiyat-ning taraqqiyotiga ko’maklashadi?

3. Adam Smit (1776 y.) davri bilan solishtirganda, moliyaviy tizimning olti funktsiyasidan har birini amalga oshirishda samaradorlik qanday oshganligi bo’yicha misol keltiring.


4. Rivojlangan fond bozori qanday qilib Adam Smit tomonidan ta’riflangan natijalarni ta’minlaydi? Fond bozorini tartibga solish zarurmi? Agar zarur bo’lsa, unda nega zarur va u qanday amalga oshiriladi?
5. Agar qaytari (uzi)lishini hech kim kafolatlay olmasa, Siz talabalik qarzini olishning uddasidan chiqarmidingiz?
6. Agar riskni sug’urtalash imkoniyati mavjud bo’lmaganda, tashqi moliyalashtirish ololmaydigan yangi ish boshlanmalariga misollar keltiring.
7. Tasavvur qilingki, Siz ko’chmas mulkka kapital sarflayapsiz. Sizning umumiy sarmoyangiz 100 000 dollarni tashkil etadi. Siz bu ishga 20 000 dollar o’z mablag’ingizni sarfladingiz, bankdan 80 000 dollar qarz oldingiz. Ushbu venchur korxona bo’yicha kim risk qiladi va nima uchun?
8. Siz AQShda yashaysiz va bugun Germaniyaga yarim yilga sayohatga jo’namoqchisiz. Hozirgi paytda Siz evroning qayd qilingan kursi bo’yicha 1 evro uchun 0,75 dollardan 6 oydan so’ng sotib olish uchun optsion olishingiz mumkin. Bunday optsion nimasi bilan sug’urta polisini eslatadi?
9. Ahloqiy risk muammosi biror loyihani moliyalashtirish uchun mablag’ olishga qanday halaqit berishi mumkinligi bo’yicha misol keltiring. Bu muammoni echish usuli bormi?
10. Noqulay tanlov muammosi biror loyihani moliyalashtirish uchun mablag’ olishga qanday halaqit berishi mumkinligi bo’yicha misol keltiring. Bu muammoni echish usuli bormi?
11. Komitent-komissioner muammosi biror loyihani moliyalashtirish uchun mablag’ olishga qanday halaqit berishi mumkinligi bo’yicha misol keltiring. Bu muammoni echish usuli bormi?
12. Nega biror davlatning pochta markalari qog’oz pullar singari samarali to’lov vositalari kabi xizmat qila olmaydi?
13. Agar men qalbaki dollar bosib chiqarsam va biror qimmatbaho tovar yoki xizmat uchun to’lasam, kim zarar ko’radi?
14. Ba’zi olimlar fikriga ko’ra, kelgusida to’lov vositasi bo’lib xizmat qiladigan narsa to’g’risidagi prognoz (bashorat) tuzish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan yagona mezon bo’lib, ushbu to’lov vositasini ishlab chiqarish va uning haqiqiyligini tekshirish uchun sarflanadigan real resurs xarajat-lari hisoblanadi. Ushbu fikrga qo’shilsak, Sizningcha, nima kelajak pul-lari bo’ladi?
15. Hamma hukumatlar o’z yurtidagi narx (baho) darajasiga muvofiq indekslangan obligatsiyalarni emissiya qilishi lozimmi? Agar davlatning qarzi milliy valyuta birligida qayd etilgan bo’lsa, davlat fuqarolari uchun ularning davlat oliy xizmatchilariga nisbatan ahloqiy risk muammosi mavjudmi?
16. Sizning davlatingizdagi oliy ta’limni moliyalashtirish tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda uy xo’jaliklari, ko’ngilli notijorat tashkilotlari, shaxsiy firmalar va hukumat qanday rol o’ynaydi?
17. Sizning davlatingizdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirish tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda uy xo’jaliklari, xususiy firmalar va hukumat qanday rol o’ynaydi?
18. Sizning davlatingizdagi tadbirkorlikni moliyalashtirish tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda uy xo’jaliklari, xususiy firmalar va hukumat qanday rol o’ynaydi?
19. Sizning davlatingizdagi tibbiy izlanishlarni moliyalashtirish tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda ko’ngilli notijorat tashki-lotlar, xususiy firmalar va hukumat qanday rol o’ynaydi?
20. Faraz qiling, fond bozorida faqat ikki turdagi aktsiya sotilmoqda va Siz barcha aktsiyalar muomalasi o’zgarishlarini aks ettiruvchi indeks ishlab chiqmoqchisiz. Aytaylik, davr boshida birinchi kompaniya aktsiyalari 1 aktsiyaga 20 dollardan sotilayotgan edi va 100 mln. aktsiya muomalaga chiqarildi. Ikkinchi kompaniya aktsiyalari 1 aktsiyaga 10 dollardan sotila-yotgan edi va muomalaga 50 mln. aktsiya chiqarildi. Bir yildan so’ng birinchi kompaniya aktsiyalari narxi 1 aktsiyaga 30 dollarga ko’tarilgan, ikkinchi kompaniya aktsiyalari narxi 1 aktsiyaga 2 dollargacha tushgan. Ushbu bobda tushuntirilgan ikki xil uslubdan foydalanib, fond bozorida kotirovka qanday o’zgarganligini ko’rsatuvchi fond indeksini hisoblang. Bu ikki uslubdan qaysi biri Sizga ko’roq yoqdi va nima uchun? (A ilovaga qarang).
1. 5.1 dan 5.8 gacha bo’lgan topshiriqlar quyidagi ma’lumotlarga asoslangan. “B” kompaniyasining 20x7 yil oxiri holatiga balansi shunday ko’rinishga ega bo’lgan (mln. so’m):


Download 38,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish