Referat mavzulari ro’yxati


Takrorlash uchun savollar



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/137
Sana21.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#570220
TuriReferat
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
Bog'liq
PARDOZ UMK

Takrorlash uchun savollar: 
1. Pardozbop materiallar qanday maqsadlarda ishlatiladi. 
2. Pardozbop materiallar qanday talablarga javob berishi kerak. 
3. Pardozbop materiallarni qanday turlarini bilasiz? 
4-AMALIY MASHG‘ULOT 
 
Mavzu: 
Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarining turlari. 
Nazariy qism 
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari
Tayanch iboralar:
ko‘pchitilgan perlit, eruvchan shisha, plastik (betonit) tuproq, sintetik 
smola, neft bitumi, kraxmal, g‘isht tosh, plita, qobiq va segment.
 
 
Ko‘pchitilgan perlit mayda g‘ovaksimon donali oq rangdagi sochiluvchan issiqlik 
izolyasiya materialidir. ko‘pchitilgan perlitni vulqon shishasi deb nomlanuvchi magmatik tog‘ 
jinsini maydalash, saralash va kuydirish yo‘li bilan olinadi. Bunday jinslarga perlit, obsidian, 
vitrofir (shishavand porfir), vitrobazalt (shishavand bazalt), pexshteyn va boshqalar kiradi. 


127 
Ularning asosiy turi perlit hisoblanadi. Perlitning petrografik xususiyati bu shishavand 
tuzilishi va sharsimon bo‘laklarga bo‘linish xususiyatidir, sharsimon bo‘laklar yuzasi 
marvaridni eslatadi, shuning uchun bu tog‘ jinsiga perlit deb nom berilgan ( pearls- 
inglizchasiga marvarid).
 
3-rasm.Turlari va hususiyatlari
. Ko‘pchitilgan perlitni issiqlik izolyasion 
maqsadlarda sochiluvchan ko‘rinishda ham, turli mahsulotlar shaklida ham ishlatish mumkin. 
Perlitdan sochiluvchi materiallar – perlit qumi va perlit shag‘ali tayyorlanadi.
Perlit qumi ahamiyatiga ko‘ra, turli dona tarkibiga ega bo‘lishi mumkin. Issiqlik 
izolyasion betonlar va suvoq qorishmalar uchun qum, mahsulot qoliplashtirish uchun 
ishlatiluvchi, qumdan yirikroq va og‘irroq bo‘ladi. Bevosita to‘kma issiqlik izolyasiya uchun 
ishlatiluvchi qum mayda va yengil bo‘lishi kerak. 
4-rasm. Perlitni ichki tuzilishi. 
Perlit nima? Bu vulkanik tog 'jinsi, aniqrog'i - vulqon kelib chiqqan stakan. Uning 
boshqa shunga o'xshash tabiiy materiallardan farqi shundaki, ma'lum bir haroratgacha 
qizdirilganda, unda 2-6% suv bilan bog'langanligi sababli uning hajmini boshlang'ich 
qiymatdan 4 baravargacha 20 martaga ko'paytirish mumkin.
+
Perlit 870 darajaga qadar qizdirilganda, u popkorn singari portlaydi. Buning sababi
bog'langan suvning bug'lanishi paytida yumshoq sirlangan zarralarda millionlab mayda 
pufakchalar paydo bo'lishi. Shunday qilib, fotosurati quyida keltirilgan perlit tabiiy kimyoviy 
inert deb tasniflanadigan va pH qiymati 7 ga teng bo'lgan maxsus shakli ekanligi haqida 
bahslashish mumkin. 
Ko‘pchitilgan perlit qumi 75-250 bo‘lgan markalarga mos kelishi va 0,035-0,6 
kkal/m•soat•grad chegarasida issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientiga ega bo‘lishi lozim. 
Issiqlik loyiha ma’lumotlari bo‘yicha, issiqlik o‘tkazuvchanlik λ ning hajmiy og‘irlik γ
0
bog‘likligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
λ=0,03+0,07 γ
0
/100 


128 
Perlit qumi tovushni yaxshi yutadi. Uning tovush yutish koeffitsienti 100-1110 gs. 
gacha intervaldagi tovush chastotasida 0,1-0,95 chegarada tebranadi, chastota oshishi bilan 
oshadi. 
Issiqlik izolyasiya maqsadlar uchun qo‘llaniluvchi ko‘pchitilgan Perlit qumi hajmiy 
og‘irligi va donalari o‘lchamlari quyidagi jadvalda keltirilgan. 
4.1-Jadval 
Perlit qumini asosan undan mahsulotlar tayyorlash uchun yarim fabrikat sifatida qabul 
qilish kerak. Yengil betonlar uchun to‘ldiruvchi sifatidagi qumni donalar o‘lchami bo‘yicha 
mayda- 1,2 mm gacha va yirik -1,2-5 mm gacha bo‘linadi. 
Ko‘pchitilgan perlit qumidan tayyorlangan issiqlik izolyasion mahsulotlar ikki 
guruhga bo‘linadi: turli bog‘lovchi moddalarni qo‘llash bilan kuydirilmaydigan mahsulotlar 
va kuydirilgan, ya’ni keramik mahsulotlar.
Qoliplangan perlit mahsulotlarini tayyorlash uchun bog‘lovchi moddalar sifatida 
quyidagilar xizmat qiladi: eruvchan shisha, plastik (betonit) tuproq, sintetik smola, neft 
bitumi, kraxmal va boshqa moddalar. Keng tarqalgan bog‘lovchi bu – portladsementdir. 
Bog‘lovchi modda turi mahsulotning hajmiy ogirligi, ishlatish harorati va boshqa 
hususiyatlarni aniqlaydi. 
Ko‘pchitilgan perlitdan g‘isht tosh, plita, qobiq va segmentlar tayyorlash mumkin. 
Perlit qumi issiqlik izolyasiya qorishmalar va betonlarda to‘ldiruvchi bo‘lib xizmat qiladi. 
Perlit qorishmalari ishlatilishi bo‘yicha issiqlik izolyasiya, yong‘indan himoyalovchi 
va tovush yutuvchilarga bo‘linadi. 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish