Referat mavzulari ro’yxati



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/137
Sana21.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#570220
TuriReferat
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137
Bog'liq
PARDOZ UMK

Issiqlik sig‘imi 
– ashyoning issiqlikni o‘ziga olishi yoki ajratish xossasi. 
Issiqlik sig‘imi solishtirma issiqlik sig‘imi orqali xarakterlanadi, u 1 kg ashyo haroratini 
1
0
S ga ko‘tarish uchun sarflanadigan issiqlik miqdoriga teng. Qurilish ashyolarining 
solishtirma issiqlik sig‘imi (issiqlik sig‘imi koeffitsienti) har xil bo‘lib, bino devorlari, tom 
yopinmalarini hisoblashda kerak bo‘ladi. Masalan, yog‘ochning issiqlik sig‘imi koeffitsienti 
2,39-2,72 kj/(kg
0
C), tabiiy va sun’iy tosh ashyolar uchun 0,75-0,9 kj/(kg
0
C), po‘lat uchun 
0,48 kj/(kg
0
C), suv uchun 4,2 kj/(kg
0
C). 
Takrorlash uchun savollar: 
7.
Issiqlik izolyasiya materiallari deb nimaga aytiladi? 
8.
Issiqlik izolyasiya materiallarining qurilishda qo’llanilishi haqida gapiring. 
9.
Issiqlik izolyasiya materiallarini rivojlantirish yo’llari. 
 
3-AMALIY MASHG‘ULOT 
 
Mavzu:
 Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarining turlari.
 


125 
Nazariy qism 
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari 
Tayanch iboralar:
fasad, ichki devor, tashqi devor, pol, pardoz, bezatish, gil tuproq, 
kaolin, bentonit, glazur, angob, plastiklik.
 
 
Vazifasiga ko‘ra pardozlash materiallari quyidagi turlarga bo‘linadi: 
faqat pardozlash uchun — yupqa qalinlikka ega, yuzada yupqa qatlam hosil qiladi (bo‘yoqlar, 
loklar, manzarali suvoqlar) yoki yupqa o‘rama material ko‘rinishida (gulqog‘oz, linoleum), 
yupqa plitalar (sopol, tog‘ jinslaridan); 
konstruksion - pardozlash buyumlari, ular nafaqat manzarali - badiiy pardozlash maqsadida
balki yuk ko‘taruvchi konstruktiv element sifatida ham xizmat qiladi. Bularga pardoz g‘ishti, 
manzarali beton, shisha blok va boshqalar kiradi; 
maxsus pardozlash materiallari va buyumlari — belgilangan vazifalarni bajaradi (insonlarni 
rentgen nurlaridan himoyalash - suvoqlar, bo‘yoqlar, shovqindan saqlash - pardoz va bir 
vaqtning o‘zida tovush yutuvchan materiallar). 
Holatiga ko‘ra pardoz materiallari quyidagi turlarga bo‘linadi: 
suyuq bog‘lovchi modda va manzarali komponent aralashmasi ko‘rinishida bo‘ladi. Bularga 
lok-bo‘yoq mahsulotlari — tarkibiga plyonka hosil qiluvchi moddalar (alif, yelim, lok) 
kiradigan qayishqoq — oquvchan materiallar kiradi. Moyli va suvdispersli bo‘yoqlar yuzaga 
suyiq — qayishqoq holda surtiladi. Suyuq polimer bog‘lovchi (poliuretan, epoksid smolalari) 
va manzarali tarkibiy qismlar (pigmentlar, kukunlar, zarralar); 
donali devorlar uchun koshin plitalar, parket taxta va parket qoplamalari; 
yig‘ma unsurlar — yirik o‘lchamli qoplamalardan yig‘iladi,plitalar, (devor panellari, 
gipskarton qoplamalar, gipstolali qoplamalar, yog‘och qirindili plitalar, laminatsiyalangan 
parket, paztaroqli gips plitalar). Bu buyumlaming shpuntlari,
o‘yiqlari bor, bir-biriga oson kiradi. Bir-biri bilan burama mix, mix, mixparchin yoki yelim 
yordamida qotirilishi mumkin. Devor, shift, pol taxtalari panellari biriktirilgamten so‘ng tekis, 
choksiz yuza taassurotini beradi. 
Komponentlarining xossalariga ko‘ra pardoz materiallari tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi . 
Eng ko‘p tarqalgan tabiiy pardozlash materiallari — bular granit,
marmar, dolomit va ohaktoshli plitalar.Mahobatli binolarning sokol qismlarini
qirg‘oqbo‘ylarini koshinlash uchun, asosan , granitli tosh va plitalar qo‘llaniladi.
Binolarning tashqi devorlarini koshinlashni atmosfera ta’sirigachidamli boshqa 
jinslarni qo‘llab bajarish mumkin (ohaktosh, dolomitlar, qumtoshlar). 
Jamoat binolarini ichki koshinlash marmar, ohaktoshdan bajariladi. 
Sun’iy pardozlash materiallari ikki turga bo‘linadi: organik va noorganik. 
Sun’iy material va buyumlar o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ko‘pincha tabiiy yog‘och, tog‘ 
jinslarining ranglarini, ko‘rinishlarini, tuzilishini aks ettiradi.
Pardozlash materiallarining xossalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
vazifasiga ko‘ra (pardoz va estetik);• qurilish-foydalanish (mustahkamlik, g‘ovaklik, suv 
shimuvchanlik, qattiqlik, yedirilishga chidamlilik, muzlashga
chidamlilik va h.k.). 
Pardozlash materiallarining foydalanish xususiyatlariga rangi, shakli va tuzilishi 
kiradi.Pardozlash materiallarining rangi, tuzilishi va shakli xona o'lchamlari nisbatlarini idrok 
qilishga ta’sir qiladi. Masalan, katta bo‘lmagan xonalarda chegaralari noaniq va mayda rasmli 
materiallardan foydalanish kerak. Bunday ko‘rinish xonani kattalashtirib ko‘rsatadi. Rasmlari 
yirik va chegaralari aniq ashyolarni qollaganda xonalar kichraygan ko‘rinish tasavvurini hosil 
qiladi. Tekis yuzaga nisbatan fakturali yuza interyer hajmining kichrayib ko‘rinish tasavvurini 
hosil qiladi. Rang — bu insonning ko‘rish a’zolariga nur ta’sir etishi oqibatida hosil 
bo‘ladigan hissiyotdir. 


126 
Axromatik va xromatik ranglar mavjud. Axromatik ranglar bu — oq, qora va barcha kulrang 
ranglardir. Xromatik ranglar bu — barcha spektral, shuningdek, axromatikdan tashqari tabiiy 
ranglardir. 
Spektral ranglar va ularning to ‘lqin uzunliklari: 
Rang To‘lqin uzunligi, nm 
Qizil 625.......740 
To‘q sariq 590.......625 
Sariq 565......590 
Yashil 500.....565 
Moviy 485.....500 Ш 
Ko‘k 440......485 
Binafsharang 380......440 
Har bir rang fizik tavsifi bilan o‘lchanadigan ko‘rsatkichlarga ega (spektral tarkib, 
yorqinlik).Yorqinlik. Bir hil to‘yingan, spektorning aynan bir rangiga muvofiq keladigan rang 
turlari bir-biridan yorqinligi bilan farq qiladi. Masalan, yorqinligi kamaytirilgan ko‘k rang 
asta-sekin qora rangga yaqinlashadi. Har qanday rang yorqinligi maksimal darajada 
kamaytirilganda qora bo‘lib qoladi.Shuni ta’kidlash kerakki, yorqinlik bo‘yalgan obyektning 
boshqa ranglar tavsifida sezilarli darajada o‘ziga xosligini idrok qilishning ruhiyatiga bog‘liq. 
Masalan, ko‘k rang sariq rang bilan yonma-yon turganda yana ham yaqqol ko‘rinadi. 
To ‘yinganlik. Bir tusning ikki xil farqlanishi tovlanish darajasi bilan aniqlanadi. 
Masalan, to‘yinganlik kamaytirilganda ko‘k rang kul rangga yaqinlashadi. 
Masalan, «Tikkurilla» konserni ranglar detektori uskunasini tavsiya etadi . Asbobni bo‘yalgan 
har qanday yuzaga yo'naltiring, bo‘yashda qanday rang qo‘llanilganini aniqlash mumkin: 
detektor ekranida rang kodi va o‘lchanayotgan namuna xaritasi nomi paydo bo‘ladi. Detektor 
xotirasiga barcha «Tikkurila» bo'yoqlar kolleksiyasining interyer ranglari kiritilgan. 
Yuza tuzilishi. Quyidagi yuza tuzilishi turlari mavjud: 
tekis — yomg‘irli va chang ko‘p joylarda tavsiya qilinadi (notekisliklar 0,5 ... 2 mm), o‘rtacha 
donador (notekisliklar 2 ... 3,5 mm), yirik donador (notekisliklar 3,5 ... 5 mm); g‘adir-budur 
— notekislik 5 ... 12 mm; 
bo‘rtma — ma’lum kesimli yuza.Pardozlash ashyolarining yuza tuzilishi ularning rangini 
aniqlaydi va ularning qabul qilinishini belgilaydi. Va aksincha, yuzaning
tekisligi rangga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kulrang ko‘kish toshning nuqtali sovuq tusi xuddi 
shunday qizil yoki tillarang silliq yuzalarga nisbatan kamroq seziladi. Buni bo‘yoqli tarkiblar 
bilan shakl berilgan suvoqlarni bo‘yashda hisobga olish kerak. 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish