127
Ularning asosiy turi perlit hisoblanadi. Perlitning petrografik xususiyati bu shishavand
tuzilishi va sharsimon bo‘laklarga bo‘linish xususiyatidir, sharsimon bo‘laklar
yuzasi
marvaridni eslatadi, shuning uchun bu tog‘ jinsiga perlit deb nom berilgan ( pearls-
inglizchasiga marvarid).
3-rasm.Turlari va hususiyatlari
. Ko‘pchitilgan perlitni
issiqlik izolyasion
maqsadlarda sochiluvchan ko‘rinishda ham, turli mahsulotlar shaklida ham ishlatish mumkin.
Perlitdan sochiluvchi materiallar – perlit qumi va perlit shag‘ali tayyorlanadi.
Perlit qumi ahamiyatiga ko‘ra, turli dona tarkibiga ega bo‘lishi mumkin. Issiqlik
izolyasion betonlar va suvoq qorishmalar uchun qum, mahsulot qoliplashtirish uchun
ishlatiluvchi, qumdan yirikroq va og‘irroq bo‘ladi. Bevosita to‘kma issiqlik izolyasiya uchun
ishlatiluvchi qum mayda va yengil bo‘lishi kerak.
4-rasm. Perlitni ichki tuzilishi.
Perlit nima? Bu vulkanik tog 'jinsi, aniqrog'i - vulqon kelib chiqqan stakan.
Uning
boshqa shunga o'xshash tabiiy materiallardan farqi shundaki, ma'lum bir haroratgacha
qizdirilganda, unda 2-6% suv bilan bog'langanligi sababli uning hajmini boshlang'ich
qiymatdan 4 baravargacha 20 martaga ko'paytirish mumkin.
+
Perlit 870 darajaga qadar qizdirilganda, u popkorn singari portlaydi.
Buning sababi,
bog'langan suvning bug'lanishi paytida yumshoq sirlangan zarralarda millionlab mayda
pufakchalar paydo bo'lishi. Shunday qilib, fotosurati quyida keltirilgan perlit tabiiy kimyoviy
inert deb tasniflanadigan va pH qiymati 7 ga teng bo'lgan maxsus shakli ekanligi haqida
bahslashish mumkin.
Ko‘pchitilgan perlit qumi 75-250 bo‘lgan markalarga mos kelishi va 0,035-0,6
kkal/m•soat•grad chegarasida issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientiga ega bo‘lishi lozim.
Issiqlik loyiha ma’lumotlari bo‘yicha, issiqlik o‘tkazuvchanlik λ ning hajmiy og‘irlik γ
0
bog‘likligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
λ=0,03+0,07 γ
0
/100
128
Perlit qumi tovushni yaxshi yutadi. Uning tovush yutish koeffitsienti 100-1110 gs.
gacha intervaldagi tovush chastotasida 0,1-0,95 chegarada tebranadi,
chastota oshishi bilan
oshadi.
Issiqlik izolyasiya maqsadlar uchun qo‘llaniluvchi ko‘pchitilgan Perlit qumi hajmiy
og‘irligi va donalari o‘lchamlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
4.1-Jadval
Perlit qumini asosan undan mahsulotlar tayyorlash uchun yarim fabrikat sifatida qabul
qilish kerak. Yengil betonlar uchun to‘ldiruvchi sifatidagi qumni donalar o‘lchami bo‘yicha
mayda- 1,2 mm gacha va yirik -1,2-5 mm gacha bo‘linadi.
Ko‘pchitilgan perlit qumidan tayyorlangan issiqlik izolyasion mahsulotlar ikki
guruhga bo‘linadi: turli bog‘lovchi moddalarni qo‘llash bilan kuydirilmaydigan mahsulotlar
va kuydirilgan, ya’ni keramik mahsulotlar.
Qoliplangan perlit mahsulotlarini tayyorlash uchun bog‘lovchi moddalar sifatida
quyidagilar xizmat qiladi:
eruvchan shisha, plastik (betonit) tuproq, sintetik smola, neft
bitumi, kraxmal va boshqa moddalar. Keng tarqalgan bog‘lovchi bu – portladsementdir.
Bog‘lovchi modda turi mahsulotning hajmiy ogirligi, ishlatish harorati va boshqa
hususiyatlarni aniqlaydi.
Ko‘pchitilgan perlitdan g‘isht tosh, plita, qobiq va segmentlar tayyorlash mumkin.
Perlit qumi issiqlik izolyasiya qorishmalar va betonlarda to‘ldiruvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Perlit qorishmalari ishlatilishi bo‘yicha
issiqlik izolyasiya, yong‘indan himoyalovchi
va tovush yutuvchilarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: