Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari
Tayanch iboralar:
sopol,beton,
sement,
gips,
marmar,
plitka, pigment, ohak, qum, gulli
pol, rangli suvoq.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik.
Ashyoning haroratlar ayirmasi mavjud
bo‘lganda bir yuzadan ikkinchi yuzaga issiqlikni o‘tkazish xususiyati
issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi. Ashyoning bu xossasi issiqlik
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti orqali xarakterlanadi. (1.1-rasm). Issiqlik
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti (Vt/m
0
С) quyidagi formula orqali
ifodalanadi:
z
)
t
t
(
S
a
Q
2
1
1.13
bu yerda Q – ashyodan o‘tadigan issiqlik miqdori (Dj); a – issiqlik
o‘tadigan devorning qalinligi, m; S – issiqlik o‘tkazadigan devorning
yuzasi, m
2
; t
1
va t
2
– devor yuzasining harorati.
0
C; z – vaqt, soat.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti ashyoning qarama-qarshi
yuzalari orasidagi haroratlar ayirmasi 1
0
C, devorning qalinligi 1 m,
yuzasi 1 m
2
bo‘lganda undan 1 soat ichida o‘tadigan issiqlik
miqdoriga teng bo‘lib, turli ashyo uchun har xil qiymatga ega.
Masalan, metallar issiqlikni tezroq, issiqlik izolyasiya ashyolari sekinroq o‘tkazadi. (1.2-
jadval).
Ashyoning issiqlik o‘tkazuvchanligi uning kimyoviy tarkibi, tuzilishiga, g‘ovakligiga,
g‘ovaklarning shakli va o‘lchamlariga, ashyoning namligiga bog‘liq. Tolali va qavatli
tuzilishga ega bo‘lgan ashyolar tolalar bo‘ylab va tolalarga ko‘ndalang yo‘nalishda issiqlikni
har xil o‘tkazadi. Masalan, yog‘ochning tolalar bo‘ylab issiqlik o‘tkazuvchanligi ko‘ndalang
kesimiga nisbatan 2 marta ko‘proq, kristall tuzilishga ega bo‘lgan ashyolar xuddi shunday
tarkibli amorf ashyoga nisbatan issiqlikni ko‘proq o‘tkazadi.
Ashyoning issiqlik o‘tkazuvchanligiga ayniqsa uning g‘ovakligi, g‘ovaklarning
o‘lchamlari va tuzilishi katta ta’sir ko‘rsatadi. G‘ovak
ashyolarda issiqlik oqimi qattiq ashyo va uning orasidagi
g‘ovaklarda joylashgan havo orqali o‘tadi.
Havoning issiqlik o‘tkazuvchanligi juda kichik
bo‘lib 0,023 W/m
0
C ga teng, ashyoning issiqlik
o‘tkazuvchanligi esa katta. G‘ovakligi mayda va yopiq
bo‘lgan ashyolar yirik ochiq g‘ovakli ashyolarga nisbattan
issiqlikni kam o‘tkazadi. Buning sababi shundaki, yirik
g‘ovaklarda konveksiya yo‘li bilan issiqlik tezroq
uzatiladi. Ashyoning issiqlik o‘tkazuvchanligi uning
zichligiga bog‘liq. Bu bog‘lanish quyidagi formula (V.P.
Nekrasov formulasi) orqali ifodalanishi mumkin:
16
,
0
22
,
0
0196
,
0
16
,
1
2
0
1.14
W
m
v
W, m
v
2-rasm. Ashyo issiqlik
o’tkazuvchanligining uning zichligi
va namligiga bog’liqligi.
a
t
2
t
1
Do'stlaringiz bilan baham: |