Referat mavzulari ro’yxati



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/137
Sana21.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#570220
TuriReferat
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137
Bog'liq
PARDOZ UMK

Nazariy qism 
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari 
 
Tayanch iboralar:
yog’och,mikrostruktura,selluloza,ignabargli 
daraxtlar,nuqsonlar,yog’och sortamenti,yonuvchanlik,chirish,yog’och buyumlari.
 


144 
 
 
Issiqlik izolyasiya materiallar tuzilishining bosh xususiyati bu ularning yuqori 
g‘ovakligidir. Material g‘ovakligi deb, material tarkibidagi barcha g‘ovaklarning umumiy 
hajmining materialning umumiy hajmiga nisbati aytiladi. G‘ovaklik materialning
g‘ovaklar bilan to‘liqlik darajasini ko‘rsatadi va odatda hajm bo‘yicha foizlarda 
ifodalanadi. Materialning g‘ovak va zichlik qiymatlari o‘zaro bir-birlarini 100% gacha 
to‘ldiradilar. G‘ovak qancha ko‘p bo‘lsa, zichlik shuncha kam bo‘ladi, va aksincha.
G‘ovaklar deb, materialdagi mayda bo‘shliqlarga aytiladi, ular odatda havo yoki suv bilan 
to‘ldiriladi. Qurilish materiallarining makrog‘ovak va mikrog‘ovak tushunchalari 
farqlanadi. Materialning makrog‘ovak tuzilishi ko‘z bilan ko‘rinuvchi nisbatan yirik 
g‘ovaklar mavjudligi bilan harakterlanadi. Materialning mikrog‘ovak tuzilishi faqatgina
mikroskopda ko‘rinuvchi juda mayda g‘ovaklar mavjudligi bilan farqlanadi. Issiqlik
izolyasiya materiallar ikki xil g‘ovaklarga ega. Amalda bu materiallar xususiyatiga 
asosan ularning makrog‘ovakgi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, qayerda issiqlik izolyasiya
materiallar g‘ovagi haqida fikr yuritilsa, o‘sha yerda ularning makrog‘ovak tuzilishi 
nazarda tutiladi.
Issiqlik izolyasiya materiallarning makrog‘ovak tuzilishi g‘ovaksimon, donador, 
tolasimon, plastinkasimon yoki aralash bo‘lishi mumkin. G‘ovaksimon tuzilish g‘ovaklar bir 
xilligi va ularning materialda bir tekis taqsimlanishi bilan farqlanadi. G‘ovaklar odatda 
sferaga yaqin bo‘lgan shaklga ega. Bunday tuzilish g‘ovak beton, ko‘pik Shisha, gazlangan 
plastmassalar va ayrim boshqa materiallarga mos. Donador tuzilishga sochiluvchan
materiallar ega bo‘ladilar. Bunday materiallar g‘ovak miqdorini, ularning granulometrik
tarkibi bilan aniqlanadi. Granulalar shakli va o‘lchamlari bo‘yicha qanchalik bir jinsli
bo‘lsa, shunchalik materialning g‘ovagi yuqori bo‘ladi.
Tolasimon tuzilish mineral yoki organik tolali materiallar uchun harakterlidir: asbest, 
mineral va shishali paxtalar, o‘simlik tolalari. Plastinkasimon tuzilish faqat tarkibida
slyuda bargchalari bo‘lgan vermikulitda uchraydi. Aralash tuzilish masalan, tola va
donador kukunli materiallarda uchrashi mumkin: asbestodiatomit, sovelitli va boshqa 
mahsulotlar. Materialdagi g‘ovaklar yopiq, ya’ni umumlashmagan, yoki ochiq, o‘zaro
bog‘langan bo‘lishi mumkin. Odatda issiqlik izolyasiya materiallar ham yopiq, ham
ochiq g‘ovaklarga ega bo‘ladilar. Ayrim hollardagina materialda faqat yopiq yoki faqat 
ochiq g‘ovaklar bo‘ladi. Materialning umumiy g‘ovagi R 
ob
yopiq R 
3
va ochiq R 

g‘ovaklar yig‘indisiga teng:

ob 
= R 
3
+ R 
0
Umumiy g‘ovakni, ya’ni barcha yopiq va ochiq g‘ovaklar yig‘indisini ko‘pincha haqiqiy 
yoki mavjud g‘ovak deyiladi. Umumiy (haqiqiy) g‘ovak kattaligi R 
ob
ni hisoblash uchun
materialning solishtirma γ
u
va hajmiy γ
0
og‘irligini bilish kerak:
Ochiq g‘ovakni ayrim xollarda tahminiy g’ovak deb ham ataladi, chunki materialni
suv shimdirish yo‘li bilan g’ovakni aniqlashda, materialdagi barcha haqiqiy
g‘ovaklarning haqiqiy hajmi emas, bu hajmning faqat o‘zaro birlashgan g‘ovaklardan
tashkil topgan qismi o‘rnatiladi. Xuddi Shu g‘ovaklar materialga namlik kiruvchi 
kapillyarlarni tashkil qiladi. Ochiq g’ovak R 
0
ni suv bilan to‘ydirilgan σ 
v
va
quritilgan holatdagi σ 
s
material namunasi og‘irliklari farqini uning hajmi V ga bo‘lib 
aniqlanadi:


145 
Ayrim issiqlik izolyasiya materiallar uchun haqiqiy g’ovakning o‘rtacha
qiymati boshqa qurilish materiallari g‘ovagi bilan taqqoslanishi jadvalda ko‘rsatilgan.
Turli materiallarning haqiqiy g‘ovagi qiymati
11-jadval. 
Material 
G’ovak % da 
Material 
G’ovak % da 
Po’lat 

Issiqlik 
izolyasiyalovchi 
trepel g’isht 
60-75 
Granit, mramor 
1,2-0,8 
Ko’pik shisha 
85-90 
Og’ir beton 
9-17 
Yog’och tolali g’ovak plitalar 
82-87 
Gilli g’isht 
24-33 
G’ovak plastmassalar 
90-98 
Yog’och 
67-73 
Issiqlik 
izolyasiyalovchi 
g’ovak betonlar 
50-90 
Turli issiqlik izolyasiya materiallarining g‘ovagi katta chegaralarda tebranadi. G‘ovak 
issiqlik izolyasiya materiallarida g‘ovaklar o‘lchamlari odatda 3-5 mm dan oshmaydi.
ko‘pikbeton g‘ovaklarining o‘rtacha diametri 0,4-2 mm ga, gazobetonniki 0,2-0,4 mm ga 
teng. Samaradorligi yuqori bo‘lgan issiqlik izolyasiyalovchi materiallar qatoriga 
quyidagilar kiradi: g‘ovak plastmassa, mineral momiq, Shisha momiq, mineral-momiqli 
to‘shamalar, ko‘pchitilgan perlit va boshqalar. Plitalar tayyorlash uchun qo‘llaniluvchi 
penopolistirol tarkibidagi havo 98% ni tashkil qiladi. Bu esa uning yuqori issiqlik 
izolyasiyalovchi xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu material issiqqa
chidamliligi, biochidamliligi, suvga chidamliligi, sizot suvlarini ifloslantirmasligi bilan 
ajralib turadi. Penopolistirol suv qo‘shilgan kislotalar, konsentratsiyalangan, suvsiz ba’zi 
kislotalar, tuzlar va ishqorlarning eritmalari, ba’zi organik erituvchilar ta’siriga turg‘un.
Alanga ta’sir qilganda polistirol yonuvchi tomchilar hosil qilmaydi, shu bilan birga u 
yonganda ajralib chiquvchi gazsimon mahsulotlarning ta’siri yog’och yonganda ajralib
chiquvchi mahsulotlar zaharli ta’siridan kamroq.
Rossiya korxonalarida ishlab chiqariluvchi issiqlik izolyasiyalovchi plitalar PSB-S-15,
PSB-S-25, PSB-S-35 markali o‘zi o‘chib qoluvchi penopolistiroldan tayyorlanadi. 
Plitalarning o‘lchamlari: 1000 x 1000 mm i 1400 x 1000 mm qalinligi: 20, 30, 40, 50, 60, 70, 
80, 90, 100 mm va 2000 x 1000 mm o‘shanday qalinlikda va 500 mm

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish