REFERAT
MAVZU: ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY YO’NALISHLARI.
TOSHKENT-2022
Zamonaviy psixologiyaning asosiy yo'nalishlari.
Inson o’zining kimligini anglashga intilishdan, o’z ruhiy dunyosini va o’zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo’lishdan, tabiat va jamiyat xrdisalarini tushunishga extiyoj sezishdan, o’tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan e’tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o’tmish tarixga ega bo’lsada, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishiga o’sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar sabab bo’ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya’ni psixika mohiyatini tushunish maqsadida o’sha davrda eksperimental ilmiy-psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to’g’risidagi ilmiy tushunchalarda keskin o’zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta’siri natijasida psixologiyaning tadqiqot obyekti sifatida insonga muhitning ta’siri, uning xulq-atvorini o’rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shgan bir qator konsepsiyalar, nazariyalar, oqimlar va yo’nalishlar vujudga keldi.
Bixeviorizm - AQShda E.Torndayk, D.Uotson kabi olimlar dastlab hayvonlarda keyinroq odamlar xulqini o’rganish asosida xulq- atvor psixologiyasini yaratdilar. Bixeviorizmning formulasi SR (Stimul Reaksiya) tasirga javob berishdan iboratdir. Bixeviorizm yo’nalishlari doirasida o’tkazilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Xoll va V.Skinnerlar nomi bilan bog’liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, J.Tibo, G.Kelli va boshqalar diada – ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko’rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o’yin nazariyasi elementlarini kuzatdilar.
Klassik bixeviorizmdan farqli o’laroq ijtimoiy-psixologik bixevioristlar hayvonlar o’rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g’oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to’plangan dalillar modelini insonlarda qo’llash hollari kuzatildi.
Neobixeviorizm - tajriba yo’li bilan ta’sirni o’rganish, oraliq uzilishlar bo’lishi haqida, buning asosida geshtalt, ya’ni tasvir haqidagi ta’limotdir. Uning asoschilari E.Tolmen hisoblanadi, xuddi shu ta’limot asosida avstriyalik vrach psixiatr Z.Freyd psixoanaliz ta’limotini yaratdi.Tushunish psixologiyasi - bu oldindan his etish ya’ni intuitsiyaga asoslangan qarash bo’lib, uning asoschisi V.Dilten (1833-1911) hisoblanadi. U tabiiy ilmiy va diniy ilmiy degan ikki yo’nalishdagi fanlar tizimini taklif qildi.
Freydizmning jahon ilmi va malakiyoti uchun ta’siri shu qadar katta bo’ldi-ki, jamoadagi yoki guruhiy ongsizlik g’oyasini ilgarni surgan K. Yung hamda individual psixologiyani targ’ib etgan, A.Adler va ularning izdoshlari bu kontseptsiyani yanada rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shdilar. Bu nazariya va kontseptsiya hanuzgacha shaxs psixologiyasini, psixoanaliz esa psixoterapiyani o’rganishda asosiy metodlardan biri sifatida qo’llanilib kelinmoqda.
Neofreydizm - avstriyalik A.Alfred (1870-1937) shveytsariyalik Yung Karl Gustav analitik psixologiyani, amerikalik Xorney (1885-1952) psixoanaliz ta’limoti asosida o’z nazariyalarini yaratdilar, unga muvofiq odam tashqi ta’sirga javoban o’z strategiyasini ishlab chiqadi, ya’ni odamlarga intilish yoki odamlardan qochish, unga qarshi chiqish yoki yonbosish ishtiyoqida bo’ladi. Har doim nevrotik, konflikt holatidan chiqish yo’llarini qidiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |