Geshtalt terapiya o’zining faoliyati quyi
Geshtalt terapiya insonni o’zida yaxlit, sotsio, biopsixologik mavjudot ekanligini ifoda etadi.
Inson bilan atrof-olam o’zida yagona Geshtalt, yaxlit tuzilma ya’ni maydonni hosil qiladi. Muhit organizmga ta’sir ko’rsatgani singari, o’z navbatida organizm atrof-olamga bog’liq bo’ladi.
Inson xulq-atvori Geshtalt terapiya nazariyasiga ko’ra, geshtaltlarni shakllantiradi va uni buzish tamoyiliga bo’ysunadi. Sog’lom organizm o’z-o’zini tartibga solishga asoslanib ish ko’radi. Masalan, ma’lum bir ehtiyoj paydo bo’ldi, inson asosiy e’tiborini mazkur ehtiyojni qondirishga qaratadi va u bilan band bo’ladi.
KONTAKT. Bu Geshtalt terapiyaning asosiy tushunchasi bo’lib, organizm havosiz maydonda mavjud bo’lmaganligi singari , aynan inson mavjudligi, suv, havo va boshqa yashash shart-sharoitlarisiz mavjud bo’lmasligi tabiiydir. Aynan organizmning atrof-olam bilan uchrashadigan joyi Geshtalt Terapiyada Kontakt chegarasi deb nomalanadi. Bunda inson qanchalik darajada o’z ehtiyojlarini qondirishga qobiliyatli uning kontakt chegarasi qanchalik egiluvchan va tartibga sola olishiga bog’liq bo’ladi. Geshtalt terapiya esa, kontakt chegarasidagi tipik buzilishni izohlaydi.
ANGLASH. Anglash organizm ichidagi va uning atrof-muhitida sodir bo’layotganlarni tushunish va o’zlashtirishdan iboratligi. Bunda anglash inson tomonidan o’zi va atrof-olam haqidagi tasavvurlari, tashqi olam stimullarini idrok etishi, shuningdek organizmda kechayotgan ishki psixik jarayonlar: sezgi, emotsiya, fikrlash faoliyati, g’oya, timsol, xotiralar va taassurotlarni har xil darajada qamrab oladi. Shu boisdan ham Geshtalt terapiyaning asosiy maqsadi anglashni kengaytirishdan iboratdir.
Inson muammolarining ko’p qismi interekt ta’siri ostida reallikka aylanadi va u haqiqiy bo’ladi. Aksincha, yolg’on tasavvurlar esa, reallikni buzilishiga va organizm ehtiyojlarining qondirilishini qiyinlashtiradi, bu esa Geshtaltning shakllanish jarayoniga olib keladi. Geshtalt terapiyaning talqiniga ko’ra, agar odamlar ichki va tashqi reallikni aniq anglashga erishganlarida, ular o’z muammolarini mustaqil hal etishga qobiliyatli bo’ladilar.
BU YERDA VA HOZIR TAMOYILI.
Ushbu tamoyilga ko’ra organizm uchun dolzarb bo’lgan narsa doimo ayni damda yuz beradi. Bunda idrok, tuyg’ular, harakat va fikr, o’tmish yoki kelajak haqdagi fantaziyalar, hammasi ayni damda o’rin oladi. Bu yerda va hozirda tamiyilidan foydalanish anglash jarayonini jadallashtiradi.
Ayni damda parijga borgim kelyapti.
Hozirda Dilshod aka hammani kuztyapti.
Ayni damda, shu yerda yonimda dadam bo’lib qolsaydiiiii
Hozir man o’zimga judayam yozib ketyapman.
Ayni paytda kursdoshlarim bilan suhbatlashgim kelyapti.
MEN KIMMAN…
Man oilasi uchun ko’p narsaga tayyor odamman.
Man oyim bilan dadamni hammadan ustun qo’yaman.
Man ishonchli va mehribon, oqibatli odamman.
Man judayam chiroyli, yoqimtoy, quvnoq, optimist qizman.
Man vaqtimni zoye ketkazishni yoqtirmayman.
Man Xudo xohlasa o’qishimni chet elda davom ettirmoqchiman.
Man raqsga tushishni, qo’shiq kuylashni, sayr qilishni judayam yoqtiraman.
Man oldimga qo’ygan maqsadlarimning barchasiga yetishaman Xudo xohlasa.
Man o’zbek bo’lganimdan faxrlanaman.
Man sovg’a olishni juda yoqtiraman.
AHAMIYATLI KISHIDAN MAKTUB!!!
KELAJAKDAN MAKTUB!!! O’Z MENIMDAN MAKTUB!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |