Matematik va tabiiy ilmiy fanlar oʼrnatilgan tartibda namunaviy oʼquv rejalarga asosan shakllantiriladi. Ushbu blok:
- umumiy oʼrta va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan holda bilishning matematik usullari, informatika hamda axborot toʼplash, ularni qayta ishlash va uzatish usullarining jamiyatdagi oʼrni va ahamiyati haqida oliy darajadagi tasavvurni shakllantirishi;
- koinotning fizik obʼekt ekanligi va uning evolyutsiyasi, tabiiy fanlarning oʼzaro fundamental birligi, zamonaviy tabiiy hodisalarni tadqiq etish kontseptsiyasi, tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining ekologik tamoyillari, tabiatni buzmaydigan texnologiyalar yaratish istiqbollari haqida ilmiy tasavvurlarni shakllantirishi;
- muayyan bilimlar sohasi uchun zarur boʼlgan fundamental fanlarni chuqur oʼrganishning ilmiy va nazariy asoslarini taʼminlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |