SHponkali va shlitsali birikmalarning joizlik va o‘tqazishlari.
Reja:
1.
SHponkali va shlitsali birikmalarning vazifalari.
2. SHponkali birikmalarning turlari.
3. Prizmatik shponkali birikmalarning asosiy parametrlari.
4. Prizmatik shponkalar o‘tqazishlari turlari.
5. SHlitsali birikmalarning turlari.
6. To‘g‘ri yonli prizmatik shlitsali birikmalarnig markazlashishi.
7. To‘g‘ri yonli prizmatik shponkalarning shartli belgilanishi.
Vtulka, shkiv, mufta va boshqa detallarni val bilan tutashtirishda, agar
tutashuvchi detallar yuqori darajada markazlashishi
talab qilinmasa shponkali
birikmalar
qo‘llaniladi. SHponkalar ularning tuzilishiga qarab prizmatik,
segmetikli, ponasimon bo‘lishi mumkin.
SHponkali birikmalarda turli o‘tqazishlarni olish uchun (prizmatik shponkalar
uchun) val va vtulka chuqurchalariga(pazlariga) ularning kengligi “
v
” bo‘yicha
joizlik belgilangan. SHponkali o‘tqazishlarda, ularning
turi asosan shponka
kengligi“
v
” bo‘yicha detallarning tutashishi bilan xarakterlanadi.
Prizmatik shponkaning kengligi bo‘yicha
h8
, balandligi bo‘yicha
h11
va
uzunligi bo‘yicha
h14
larga mos joizliklarga ega, yani shponka barcha o‘lchamlari
bo‘yicha shartli ravishda asosiy val(
h
) deb qabul qilingan. Prizmatik
shponkalarning uch xil turdagi o‘tqazishlari mavjud: erkin; meyoriy(normal); zich.
Erkin tutashma uchun
valdagi chuqurcha eniga
N9
, vtulkadagi chuqurcha eniga
D10
joizlik maydonlari belgilangan bo‘lib, ular kengligi“
v
” bo‘yicha
h8
joizlikli
shponka bilin tutashtirilganida
bo‘shliqli o‘tqazishlarni xosil qiladi.
Meyoriy
(normal) birikma uchun tegishli ravishda
N9
va
Js9
, zich birikma uchun vtulka va
val chuqurchalari
eniga bir xil joizlik
R9
berilgan. Meyoriy va zich tutashmalar
turli xarakterga ega bo‘lgan o‘tuvchi o‘tqazishlarni xosil qiladi(8.1-rasim).
SHponkali birikmalarning barcha parametrlari ularning joizliklari bilangina
emas
balki
o‘lchamlarning mumkin bo‘lgan qiymatlari bo‘yicha xam
standartlashtirilgandir.
Ularning
qabul qilishi mumkin bo‘lgan
qiymatlari
standartlashtirilib maxsus jadvallarda keltiriladi.
SHponkali birikmalar tuzilish jixatidan sodda bo‘lishi bilan bir qatorda katta
miqdordagi kuchlarni uzata olmaydi. SHu sababdan katta miqdordagi kuchlarni
uzatish uchun shlitsali birikmalar keng qo‘llaniladi.
SHlitsalarning tishlari profili tuzilishiga qarab shlitsali birikmalar to‘g‘ri yon
tomonli, evolventli va uchburchakli bo‘lishi mumkn.
Evolvent profilli shlitsali
birikmalar to‘g‘ri tomonli shlitsali birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga egadir:
burash momenti nisbatan ko‘p miqdorda uzatilishi mumkin; tish asosida
kuchlanishlar 10-40% kam yig‘iladi; siklik
kuchlarga chidamliligi yuqori; detallar
markazlashishi yuqori bo‘ladi; tayyorlanishi qulay. Uchburchak profilli birikmalar
standartlashtirilmagan bo‘lib, asosan taranglikli (natyagli) o‘tqazishlar o‘rniga
ishlatiladi.