Referat Mavzu: Samarqand-2021 jamiyat, davlat va huquq


Kishilik jamiyatining paydo bo’lishida urug’-qabila shakllari



Download 47,67 Kb.
bet3/6
Sana08.07.2022
Hajmi47,67 Kb.
#758075
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
huquq referat

Kishilik jamiyatining paydo bo’lishida urug’-qabila shakllari.
Kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng uzoq vaqt, hozirgi zamon fani ma’lumotlariga qaraganda, ikki million yildan ortiq vaqt hukm surgan ibtidoiy jamoa tuzumi odamzodning paydo bo’lishidan to davlatning tashkil topishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, bu vaqtda hali davlat va huquq bo’lmagan edi. Bu davr ibtidoiy jamiyat deb nomlangan. Lekin davlat va huquqning paydo bo’lish jarayoni aynan shu davrdan asta-sekin shakllana boshlangan.
Jamiyatning asosiy bo’g’ini va uni boshqarishning birlamchi shakli urug’ bo’lib, unda ishlab chiqarish urug’ a’zolarining birgalikdagi mehnatiga asoslangan va ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari, iste’mol mahsulotlari hamda barcha mulklar umumiy bo’lgan.

Urug’ bu ekzogamiya nikoh tartibi va qarindoshlikning bir tomonlama (ota yoki ona tomonidan) hisoblanishi bilan, jamoaviy mehnat, hududning umumiyligi, e’tiqodning birligi,ijtimoiy hayotdagi demokratik talab tartiblari bilan ta’riflanadi..
Neolit inqilobi iste’molchilar jamoasini ishlab chiqaruvchilar jamoasiga aylantirdi. Ularni o’troq turmush tarziga o’tishga va ma’lum hududda joylashishga tayyorladi. Urug’ jamoasida mehnat taqsimoti, oziq - ovqat taqsimoti va nikoh-oila munosabatlari aniq va qat’iy belgilab qo’yilgan edi. Taqsimot odamlarning yoshiga, jinsiga va boshqa belgilariga ko’ra amalga oshirilar edi. Urug’ jamoasiga urug’ oqsoqollari boshchilik qilardi. Ular jamoaning yaxshi yashashi uchun sharoitlar yaratish, manfaatlarini himoya qilish, o’lja qilib olingan mahsulotlarni taqsimlash bilan shug’ullangan. O’ziga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etgan rahbarlarning jamoa ichida obro’-e’tibori ortib borgan.
Urug’chilik tuzumida hokimiyat urug’ jamoasiga tegishli edi. Birgalikda hayot kechirishning hamma masalalari: ishlab chiqarish faoliyati, urush olib borish, diniy marosimlar o’tkazish, kishilar o’rtasidagi nizolarni hal qilish va boshqa jamoa ishlari urug’ a’zolarining umumiy yig’ilishida qarab chiqilar va hal etilardi. Urug’ a’zolarning majlisi (umumiy yig’ilishi) uning oliy hokimiyat organi edi.
Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hech qanday imtiyozlardan foydalanmasdilar, alohida boshqarish yoki majbur etish apparatlariga ega emas edilar va ularning qo’llaridagi hokimiyat birdan-bir shaxsiy ma’naviy obro’lariga hamda barcha urug’ a’zolarining ularga bo’lgan hurmatiga tayanardi. Jamoa yig’inida urug’ oqsoqoli yoki harbiy boshliq, ya’ni barcha ijtimoiy ishlarni boshqaruvchi saylanardi. Urug’ oqsoqollari va harbiy boshliqlar istalgan vaqtda umumiy yig’ilish tomonidan almashtirilishi mumkin bo’lgan. Ular o’z funksiyalarini urug’ning nazorati ostida amalga oshirganlar. Urug’ yig’ilishining qarori uning hamma a’zolari uchun majburiy bo’lgan. Oqsoqolning o’zi ham boshqa jamoa a’zolari kabi jamoa an’analarini, urf-odatlarini, yurish-turish qoidalarini so’zsiz bajarishi lozim edi. Aks holda, u o’z o’rnini boshqasiga bo’shatishga majbur bo’lar edi, ya’ni uning o’rniga boshqasi saylanar edi.
Urug’ jamoasida ibodat qilish va u bilan bog’liq urf-odatlar, diniy marosimlar, an’analar va ahloq qoidalari yuzaga kelgan. Kishilar xulq - atvor va yurish-turish qoidalariga rioya qilganlar. Bordi-yu bu qoidalar buzilsa, uni butun urug’da, uning yig’ilishida muhokama qilar edi. Qoidalarni buzgan kishini izza qilish, unga tanbeh berish, ogohlantirish, urug’dan quvib yuborish kabi jamoat ta’sir choralari qo’llanilgan.


Download 47,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish