Referat Mavzu: Samarqand-2021 jamiyat, davlat va huquq


Davlatning vujudga kelishi



Download 47,67 Kb.
bet4/6
Sana08.07.2022
Hajmi47,67 Kb.
#758075
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
huquq referat

Davlatning vujudga kelishi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish va nazorat qilish, oziq-ovqat va boshqa resurslarni saqlash, taqsimlash, qo’shni guruhlar bilan ayirboshlash, yer uchastkalarini qayta taqsimlash zaruriyati kerakli bilimlarga va mahoratlarga ega bo’lgan maxsus qatlamlarning ajralib chiqishiga olib kelgan.
Boshqaruvchilar faoliyati asta-sekin ixtisoslashib doimiy kasbga aylanib bordi. Ijtimoiy hokimiyat jamiyatni boshqaruvchilar - ma’muriy oqsuyaklar, zodagonlarning hukmronligiga aylandi. Urushlar himoya vositasidan qo’shimcha ishchi kuchini qo’lga kiritish vositasiga aylandi. Asirlar qullarga aylantirildi. Mulkiy tengsizlik bilan bir qatorda ijtimoiy tengsizlik yuzaga keldi.
Davlat bu ma’lum hududda yuqori hukmronlikka ega tashkilotdir. Italiyalik tafakkur Nikkola Makkavelli (1469-1527) dalatga stato (lotin tili statis – status) degan ma’no bergan. Aristotel – davlat aql idroki, haqiqat, chiroy va umumiy huzur-halovat, degan edi. T. Gobbs – davlatni jahannomga teng deb, uning og’zidan olov chiqadi, burnidan tutun, nafasi ko’mirni kuydiradi, bo’ynida kuch bor va uning oldida daxshat ham yordam beraolmaydi, degan edi.
O’z mavqelaridan foydalanib tobora ko’proq yer, mol –mulk, harbiy o’ljalarni egallab ola boshlagan dohiylar, lashkarboshilar, kohinlar - ruhoniylar guruhi ajralib chiqa boshladi. Ularning hokimiyati shaxsiy manfaatni himoya qilishga, qullar va boshqariluvchilarni ushlab turish va bo’ysundirishga tobora ko’proq xizmat qila boshladi. Dohiylar va lashkarboshilar hokimiyati saylab qo’yilmasdan, asta-sekin meros bo’lib qola boshladi. Ularning atrofida doimiy harbiy drujina jamlana boshladi.
Urug’chilik demokratiyasi o’rniga harbiy demokratiya vujudga keldi. Urug’ a’zolari boshqaruvda ishtirok etishda davom etdilar, lekin hukmronlik qilish yo’lboshchilar va harbiylar qo’liga o’tdi. Iqtisodiyotda va jamiyat tuzilmasida yuz berayotgan o’zgarishlar keskin nizolarni keltirib chiqardi. Urug’-qabila tashkiloti sharoitida ularni hal etish imkoni bo’lmay qoldi. Boshqa siyosiy tashkilot zarur edi. Mana shu siyosiy tashkilot davlat bo’lib chiqdi.
SHunday qilib, hozirgi zamon tarixiy, etnografik, arxeologik va boshqa ma’lumotlarning yorqin guvohlik berishicha, ibtidoiy jamoa tuzumining tabiiy rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan jamoa tepasida turuvchi tuzilmalardan davlat tashkil topgan. Davlatlar tarixiy taraqqiyotning notekis rivojlanishi natijasida turli qit’alarda va turli xalqlarda turli vaqtlarda sodir bo’lgan hamda asrlar davomida, ba’zan ming yillab davom etgan.
Davlatlarning tashkil topishi bu - insoniyatning ibtidoiy jamiyatdan sivilizatsiyaga yorib o’tishi edi. Dunyoda birinchi sivilizatsiya va davlatlar qadimgi SHarqda miloddan avvalgi IV-III ming yillikda tashkil topgan. Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I yillikning boshlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshlagan. yevropaning ko’pgina xalqlarida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va davlatning tashkil topish jarayoni o’rta asrlarda nihoyasiga yetgan. Afrika va yer yuzining boshqa ba’zi joylarida to XIX-XX asrlargacha davlatdan oldingi oila-urug’ munosabatlari yashab kelgan va bu yerlarda davlatning tashkil topishi tabiiy rivojlanish natijasida emas, balki yevropa mustamlakachiligi oqibatida vujudga kelgan.
Davlat yaxshi ham yomon ham bo’lmaydi. U qonun va qoidalarga suyangan xolda odamlar, gruhlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni tartibga solib turish uchun zarur.
Davlat jamiyatning muhim tarkibiy elementidir. U jamiyatda asosan siyosiy funksiyalarni bajaradi. Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan bo’lib, u o’zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki bosqichda davlat eng avvalo majburlashga asoslangan. Demokratiya sharoitida, ya’ni insoniyat XXI asrga qadam qo’ygan bugungi kunda davlat sivilizatsiya talablariga mos tarzda rivojlanmoqda. Davlat hokimiyatni amalga oshiruvchi vositadir. Uning faoliyati hayotning hamma sohasiga ta’sir qiladi.
Islom Karimov davlat tushunchasiga shunday ta’rif beradi: Davlat inson manfaatlari va huquqlari, uning tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish va himoyalash kabi ulug’vor maqsadlarga xizmat qiluvchi tashkilotdir”.1
Bugungi kunda huquqshunos, sotsiolog olimlar davlat tushunchasini ta’riflashda turlicha yondoshmoqdalar. Ularning ilmiy ishlarida, kitoblarida davlat tushunchasiga yangicha qarash vujudga kelgan:
Davlat - suverenitetga, boshqaruvning hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishning maxsus apparatiga ega bo’lgan, shuning­­­­dek, huquq normalari (qoidalari) ni yaratishga qodir bo’lgan, ommaviy hokimiyatning siyosiy-hududiy tashkilotidir”.2
Davlat bu - muayyan hududni ishg’ol etgan va yagona hokimiyatga uyushgan xalqdir, davlat bu - insonlarning yashash qoidasi shakli”.
Davlat bu siyosiy hokimiyat tashkilotidir. U jamiyat rivojlanishining industrlashtirishgacha bo’lgan davrida (yangi davrgacha) hukmron sinfning irodasini ifodalagan va himoya qilgan. Industrlashtirishdan keyingi davrda esa, davlat hokimiyat tepasida turgan demokratik ko’pchilik va xalqning manfaatlarini ifodalagan.
Jamiyatda yashash uchun ilk vujudga kelgan kishilar birgalikda yashashi shart edi. Endi hayvoniylikdan odamiylikka o’tyayotgan insonlar tashqaridan ularga keladigan zarbalarni yengish, ular bilan kurashish uchun birga yashashga majbur edilar. Zarbalarni qaytarish qurollari, ovqat topish muammolari odamlarga osonlikcha yetib kelmagan. Ilk insonlar boshlaridan qanchadan - qancha musibatlar o’tkazgan.
Jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan jamiyat boshqaruvining urug’ jamoa shakli munosabatlarida jiddiy o’zgarishlar ro’y bera boshladi. Miloddan avvalgi VII-V ming yilliklarida jamiyat hayotida yirik mehnat taqsimotlari ro’y berdiki, bu chuqur oqibatlar keltirib chiqardi. Mehnat taqsimoti chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. SHu davrgacha ishlab chiqarilgan mahsulotlar qatoriga sut, go’sht, jun, yog’, teri kabi mahsulotlar qo’shildi. Dehqonchilikda ham, chorvachilikda ham ixtisoslashishning kuchayib borishi oqibatida mehnat unumdorligi oshib bordi. Bu voqea neolit davrida yuz berganligi uchun neolit inqilobi deb ataldi. U o’zida o’zlashtiruvchi iqtisodiyotdan ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotga o’tish davrini ifodalaydi. Ishlab chiqaruvchi xo’jalik urug’chilik jamoalari a’zolarining nafaqat eng zarur ehtiyojlarini qondirgan, balki ortiqcha mahsulotning paydo bo’lishiga olib kelgan.
Ekologik muhit qulay mintaqalarda (issiq iqlim, tuproqning hosildorligi, suv resurslari) o’troq dehqonchilik jamoalari paydo bo’lgan, aholining soni va zichligi o’sib borgan.
Oila-urug’ guruhlari ajralib chiqqan. Bu davrdagi nikoh va oila munosabtlari oilaning matriarxal (yunoncha- “ona urug’i”) shakli ajralib turadi. YA’ni unda ayollar xukmron mavqega ega bo’lgan, mulk va nasab ona urug’i bo’yicha o’tgan. Bir necha uylar, chorva-mollari, ishlab chiqarish mulkiga aylanib borgan. Jamiyatda inson ongi, qarashlari, mehnat rivoj topgan sari nikohiy munosabatlarda ham o’zgarishlar yuzaga keldi. Urug’chilik davrida matriarxatdan patriarxat (yunoncha – “ota urug’i”)ga o’tila boshlandi.
Bu davrga kelib erkaklarda topilgan daromadlarni oilasiga, o’z xotini va undan tug’ilgan farzandlarga olib kelish tuyg’usi vujudga keldi. Bu davr sivilizatsiya deb atalib, yakka nikohning kelib chiqishiga asos bo’ldi. Monogam (yunoncha “bir nikohlilik”) oilaning birinchi tarixiy shakli patriarxal oiladir. Bu oilaning asosida ishlab chiqarish qurollari va boshqa mulklarga egalik otaning qo’lida edi. Neolit inqilobi tufayli kelib chiqqan jarayonlar chuqurlashib kengayib borgan.
Metall eritish va metall qurollar tayyorlash ishlab chiqarish vositalarining takomillashish omili bo’ldi. Temirdan yasalgan buyumlarning paydo bo’lishi, mehnat unumdorligining o’sishi, ishlov beriladigan yer maydonini kengaytirish ishlab chiqarishni takomillashtirish imkonini berdi. Metall asboblar quyish va kulolchilik hamda to’qimachilikning rivojlanishi ijtimoiy mehnatda ikkinchi yirik bo’linishga, mehnat taqsimotiga olib keldi.
Dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqdi. Bu hunarmandchilik ishlab chiqarish buyumlarini ozik-ovkat mahsulotlariga almashtirishni keltirib chiqardi. YA’ni tovar ishlab chiqarish paydo bo’ldi. Tovar ishlab chiqarish ortiqcha mahsulotning ko’payishiga, boylikning to’planishiga, mulkiy tengsizlikning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Savdo-sotiq, tovar ayirboshlash rivojlandi. Kishilik jamiyatning bu tariqa rivojlanishi uchinchi yirik mehnat taqsimotiga olib keldi.
Ishlab chiqarish bilan shug’ullanmasdan mahsulotlarni sotish, ayirboshlash bilan mashg’ul bo’ladigan savdogarlar qatlami vujudga keldi. Bu davrga kelib yer ham xususiy mulkka aylandi. qo’shimcha ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyoj o’sib bordi va qulchilik ijtimoiy tuzumning muhim qismiga aylandi. Jamoa tuzumining rivojlanishi natijasida yangi oila-urug’ jamoalari vujudga kelgan. Bu esa ancha yirik ijtimoiy tashkilotlar - ittifoqlar (fratriyalar) va qabilalarning, qabilalar ittifoqining paydo bo’lishiga olib keldi. Qabilalar o’z hududiga, nomiga, tiliga (shevasiga) diniy va maishiy urf-odatlariga ega bo’lgan.
Asta-sekin qabilaning o’zini-o’zi boshqarish organlari, qabila kengashi tashkil topa boshlagan. Uning tarkibiga barcha urug’larning oqsoqollari (dohiylari) kirgan. qabila kengashi a’zolari, qabila yo’lboshchisi qabila a’zolari tomonidan saylangan va almashtirilgan.
YUqoridagilardan kelib chiqib, davlatga quyidagicha ta’rif berish mumkin:


Download 47,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish