Referat mavzu: Ponasimon suyak. Chakka suyagi va uning yoshga doir xususiyatlari. Bajardi: Baxtiyorova Sh



Download 379,9 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi379,9 Kb.
#373536
TuriReferat
Bog'liq
antomiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Tibbiy-biologik ish fakulteti

103-A guruh talabasi

REFERAT

Mavzu: Ponasimon suyak. Chakka suyagi va uning yoshga doir xususiyatlari.

Bajardi: Baxtiyorova Sh.

Tekshirdi: Nortayeva N.

Ponasimon suyak. Chakka suyagi va uning yoshga doir xususiyatlari.

Reja:


  1. Ponasimon suyak tuzilishi bilan tanishish.

  2. Chakka suyak tuzilishi bilan tanishish.

PONASIMON SUYAK - OS SPHENOIDALE

Ponasimon suyak (asosiy suyak) - os sphenoidale kalla suyagining asosida joylashadi. Tana -

corpus qismidan va juft o‘simtalardan tashkil topgan. Bu o‘simtalardan 2 jufti gorizontal sathda

joylashgan bo‘lib, katta qanot - ala major va kichik qanot - ala minor deb ataladi. Bularga nis-

batan perpendikular joylashgan va pastga yo'nalgan o‘simtalami qanotsimon o‘simtalar - processus

pterygoideus deb ataladi.

Ponasimon suyakning tanasi kubsimon shaklga ega bo‘lib, oltita yuza tafovut qiladi.

Oldingi yuza - burun bo‘shlig‘idagi g‘alvirsimon suyakning ko‘ndalang qismi bilan birla-

shadi. Birlashish joyidagi qirraga crista sphenoidalis deyiladi. Ponasimon suyakning tanasi

g‘ovakli suyaklar turkumiga kiradi. Uning ichida havo saqlaydigan bo‘shliq - sinus sphenoi-

dalis bo‘ladi. Bu bo‘shliq oldingi yuzada joylashgan qirraning ikki yonidagi aperturae si-

nus sphenoidalis vositasida burun bo‘shlig‘iga ochiladi. Havo saqlaydigan bo'shliq to'siq -

septum sinium sphenodalium vositasida ikkiga ajraladi.

Ponasimon suyak tanasining kalla bo‘shlig‘iga qaragan yuqori yuzasining o‘rta qismida egarga

o‘xshagan soha - sella turcica bo‘lib, uning o‘rtasida gipofiz bezi joylashadigan chuqurcha - fossa

hypophysialis bo‘ladi. Chuqurchaning old tarafida joylashgan do‘mboqcha tuberculum sellae,

ko‘ruv nervining kesishmasidan hosil bo‘lgan egat sulcus prechiasmaticus deyiladi. Bu egatlar ikki

yon tarafga ko‘ruv nervi o‘tadigan kanalchalar - canalis optici teshigiga davom etadi. Turk egari

sohasi orqa tomonda egar suyanchig‘i - dorsum sella bilan chegaralanadi. Suyanchiqning ustki

tarafidagi o‘simtalarga processus clinoidei posteriores deyiladi. Egar do‘mbog‘ining orqa soha-

sidagi tepalikka esa processus clinoidei media deyiladi. Oldingi chetlashgan o‘sim talar-processus

clinoidei anterior esa kichik qanotning egarga

yaqin uchidan hosil bo'ladi. Ponasimon suyak

tanasining ikki yonida uyqu arteriyasi joylasha-

digan egatlar - sulcus coroticus bo‘ladi.

Ponasimon suyakning kichik qanoti suyak

tanasi bilan gorizontal tekislikda birlashadi. Birla-

shish joyida ko‘ruv nervi o‘tadigan kanal - canalis

opticus hosil bo‘ladi. Kichik qanotlaming ustki

yuzasi kalla bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lsa, pastki

yuzasi esa ko‘z kosasini hosil bo‘lishida qatna-

shadi. Kichik va katta qanotlar orasida ko‘z kosa-

siga ochiladigan yuqorigi tirqish - fissura orbitalis

superior hosil bo‘ladi. Katta qanotlarda to‘rtta

yuza va to‘rtta qirra tafovut etiladi. Ichki yuza - fa-

cies cerebralis miyaga qaragan yuzada quyidagi

teshiklar ko‘rinadi: yumaloq teshik - foramen ro-

tundum, cho‘zinchoq teshik - foramen ovale, qir-

rali teshik — foramen spinosum. Chakka yuzasi -

facies temporalis tashqi tarafda bo‘lib, chakka

osti qirrasi - crista infratemporalis vositasida

25-rasm. Ponasimon suyak.

1 - corpus ossis sphenoidalis; 2 - canalis opticus;

3 - dorsum sellae; 4 - ala minor; 5 - processus clino-

ideus posterior; 6 - processus clinoideus anterior;

7 - margo parietalis; 8 - fissura orbitalis superior;

9 - margo squamosus; 10 - canalis pterygoideus;

11 - fossa scaphoidea; 12 - processus pterygoideus;

13 - incisura pterygoidea; 14 - processus vaginalis;

15 - processus pterygoideus; 16 - sulcus caroticus;

17 - foramen rotundum; 18 - ala major.

Ikki yuzaga bolinadi. Ustki yuza - chakka chuqurchasini hosil etishda qatnashsa, pastki yuza esa

chakka osti chuqurchasini chegaralab turadi. Katta qanotning ko‘z kosasiga qaragan yuzasi - facies

orbitalis ko‘z kosasining tashqi devorini hosil qilishda qatnashadi. Bu yuzalardan tashqari, katta

qanotda yuqori jag* yuzasi - facies maxillaris ham mavjuddir. Katta qanot qirralar vositasida chakka

suyagi pallasi, yonoq, tepa va peshona suyaklari bilan birlashadi va ular margo squamosus, margo

zygomaticus, margo parietalis, margo frontalis deb ataladi.

Ponasimon suyak tanasidan pastki tarafga yo*nalgan qanotsimon o*simtalar - processus

pterygoidus, ichki va tashqi plastinkalar - laminae medialis et laminae lateralis ga ajraladi.

Bu plastmkalaming orqa yuzasidagi chuqurchaga fossa pterygoidea deyiladi. Bu ikki plastinkalar

orasida o‘yma - incisura pterygoidea uchraydi va tanglay suyagi bilan to*lib turadi. Qanotsimon

o‘simtalar oldingi yuzasida katta tanglay egatchasi - sulcus palatinus major bo‘ladi. Bu egatning tang-

lay va yuqorigi jag* suyaklaridagi xuddi shunday egatlar bilan qo*shilishidan tanglay kanali - canalis

palatinus major hosil bo*ladi. Qanotsimon o*simtalaming asosida canalis pterygoideus joylashadi.

0 ‘simtaning tashqi plastinkasi qisqaroq bo‘ladi. Ichki plastinkasining uchida esa ilmoqsimon o‘simta -

hamulus pterygoideus joylashadi.

CHAKKA SUYAGI - OS TEMPORALE

Chakka suyagi - os temporale bir juft bo* lib, ensa, tepa va ponasimon suyaklar orasida joylashgan.

Shu sababdan uning margo occipitalis, margo parietalis, margo sphenoidalis qirralari bo*ladi.

Chakka suyagida quyidagi qismlar ko‘rinadi: palla qismi - pars squamosa, nog‘ora qismi -

pars tympanica, piramida yoki toshsimon qismi - pars petrosa. Uning bu qismlari tashqi eshituv

yo*li - meatus acusticus externus atrofida

joylashgan. Chakka suyagining ichida o‘rta

quloq bo‘shlig‘i va ichki quloqni tashkil eta-

digan eshituv va muvozanat a’zolari joyla-

shadi. Uning palla qismi kalla suyagining

yon devorini tashkil etadi. Bu qismdan old

tarafga yonoq suyaklari bilan birlashadigan

o*simta - processus zygomaticus yo*naladi.

Bu o*simtaning asosida pastki jag* suyagi-

ning boshchasi bilan bo*g*im hosil qiluvchi

pastki jag* chuqurchasi - fossa mandibularis,

uning oldida bo*g*imni mustahkamlab turuv-

chi do*mboq - tuberculum articulare bo*ladi.

Chuqurchaning orqa tarafidagi tepalik esa

tuberculum retroarticulare deb ataladi va

orqa tarafda linea temporalis chizig*iga davom

etadi. Chakka suyagining nog*ora qismidan

tashqi eshituv teshigi - porus acusticus ex-

ternus tashqi eshituv yo*li - meatus acusticus

externus ga davom etadi. Bu qism chakka

26-rasm. Chakka suyagi.

1 - sulcus n. petrosi minoris; 2 - sulcus n. petrosi majoris;

3 - hiatus canalis n. petrosi minoris; 4 - hiatus canalis

n. petrosi majoris; 5 - fissura petrosquamos; 6 - incisura

paretalis; 7 - eminentia arcuata; 8 - sulcus sinus sigmoidei;

9 - foramen mastoideum; 10 - sulcus sinus petrosi superioris;

11 - impressio trigemini; 12 - aperatura interna canalis

carotici.

suyagining palla qismi va so‘rg‘ichsimon o‘simtalar bilan birikib turadi. Chakka suyagining nog‘ora

va palla qismlari orasida tirqish bo‘lib, uning o‘rtasiga toshsimon bo‘lak o‘simtasi kirib turishi nati-

jasida bu tirqish ikkiga bo‘linadi: toshsimon palla tirqishi - fissura petrosquamosa, toshsimon nog‘ora

tirqishi - fissura petrotympanica. Bu tirqishlardan nervlar o‘tadi. Chakka suyagi palla qismining

tashqi yuzasida chakka arteriyasining egati - sulcus arteriae temporalis mediae ko‘rinadi.

Chakka suyagining toshsimon qismi - pars petrosa uch tomonli piramida shakliga ega. Bu yuza-

laming oldingi — facies anterior va orqa—facies posterior qismlari kallaning ichki yuzasiga, pastki —

facies inferior qismi esa kallaning tashqi asosiga qaragan bo‘lib, oldingi yuzada ichki quloqning

ta’sirida bo‘rtib chiqib turgan tepalik - eminentia arcuata bo‘ladi. Bu tepalikning oldida ikkita

toshsimon nervlaming egatlari joylashadi va sulcius n. petrosi majoris et sulcus n. petrosi minoris

deb ataladi. Har bir egat kanalga ochiladigan tirqishlar bilan yakunlanadi va ulami hiatus canalis

nervi petrosi majoris va hiatus canalis nervi petrosi minoris deb ataladi. Tepalikdan lateralroq

sohada o‘rta quloq (nog‘ora bo‘shlig‘i)ning tomi bo‘lgan maydoncha - tegmen tympani ko‘rinadi.

Piramidaning ustki qirrasiga yaqin joyda uch shoxli nerv tugunining izidan hosil bo‘lgan chuqurcha -

impessio trigemini bo‘ladi. Piramidaning ustki uchi - margo superior partes petrosae bo ‘ у lab

ustki toshsimon vena qon tomirining egati - sulcus sinus petrosi superior yo‘naladi. Uning orqa

yuzasida ichki eshituv teshigi - porus acusticus internus va uning davomi bo‘lgan ichki eshituv

yo‘li - meatus acusticus internus joylashadi. Bu teshikning orqasida ichki quloq bo‘shlig‘i bilan

birikadigan tirqish - apertura externa aqueductus vestibuli bo‘ladi. Ichki eshituv teshigining ostida

esa ichki quloq bilan birlashadigan yana bir tirqish - apertura externa canaliculi cochleae joylashadi.

Orqa yuzaning ostida pastki toshsimon venaning egati - sulcus sinus petrosi inferioris joylashadi.

Piramida qismining ostki yuzasidan bigizsimon o‘simta - processus styloideus chiqib

turadi. Orqa tomonida esa so‘rg‘ichsimon o‘simta - processus mastoideus joylashadi. Bu ikki

o‘simtalar orasidagi teshik foramen stylomastoideum deb ataladi. Bu teshik orqali yuz nervi

chiqadi. So‘rg‘ichsimon o‘simtada foramen mastoideum teshigi bo‘ladi. Bigizsimon o‘simtaning

oldida bo‘yinturuq chuqurchasi - fossa jugularis joylashadi. Shu sohada bo‘yinturuq o‘ymasi -

incisura jugularis bo‘lib, ensa suyagidagi xuddi shunday o‘yma bilan birikishi natijasida

bo‘yinturuq teshigi - foramen jugularae hosil bo‘ladi. Teshik ichiga bo‘rtib chiqqan o‘simtaga

processes intrajugularis deyiladi. Bo‘yinturuq chuqurchaning oldida uyqu arteriyasi o‘tadigan

tashqi uyqu tirqishi - apertura externa canalis carotid va uning davomi bo‘lib hisoblangan -

canalis caroticus joylashadi. Bu kanal kallaning ichki yuzasiga ichki uyqu tirqishi - apertura

interna canalis carotid vositasida ochiladi. Kallaning orqa devorida nog‘ora bo‘shlig‘iga ochiladi-

gan canaliculi caroticotympanici joylashadi va bu kanallardan o‘rta quloq bo‘shlig‘iga qon tomir

va nervlar yo‘naladi. Ichki uyqu tirqishiga yaqin joyda mushak-nay kanali - canalis musculotuba-

rius ning kirish teshigi ko‘rinadi. Bu kanal devor vositasida ikkita yarim kanalga bo‘linadi: semicanalis

m. tenzoris tympani (mushak joylashadi) va semicanalis tubae auditivae. Oxirgi yarim kanalni

Yevstaxiy nayi deb ham yuritiladi va o‘rta quloq bo‘shlig‘ini halqumning burun qismi bilan birlashti-

radi. So‘rg‘ichsimon o‘simtaning ichki medial tarafida ikkita egat bo‘ladi. Ichki egat bo‘ylab arteriya

yo‘naladi - sulcus a. occipitalis, tashqi egat so‘rg‘ichsimon o‘ym a- incisura mastoidea deb nomlanib

ikki qorinchali mushak birlashadi. So‘rg‘ichsimon o‘simta bilan nog‘ora qismlar orasidagi tirqish -

fissura tympanomastoidea bo‘lib, adashgan nerv tolalari yo‘na!adi. So‘rg‘ichsimon o‘simtaning

ensa suyagiga birlashish joyidagi teshik - foramen mastoideum dan vena chiqadi. 0 ‘simtaning

ichki yuzasidan S-simon vena joylashadigan egat - sulcus sinus sigmoidei yaxshi ko‘rinib turadi.

So‘rg‘ichsimon o‘simta g‘ovakli suyaklar turkumiga kiradi. Uning ichida havo saqlaydigan katak-

chalar - cellulae mastoide bo‘lib, ular kattaroq bo‘shliqqa - so‘rg‘ichsimon o'simta g‘ori (antrum

mastoideum)ga ochiladi. 0 ‘z navbatida, bu bo‘shliq o‘rta quloq bo‘shlig‘i bilan aditus ad antrum

vositasida bog‘langan bo‘ladi.

Chakka suyagi ichidagi kanallar

№ Kanalning nomi Boshlanish va yakunlanish joylari Nimalar yo‘naladi

1. Uyqu kanali

(canalis caroticus)

Piramida qismining pastki yuzasidagi tashqi

uyqu tirqishi bilan ichki yuzasiga ochiladigan

ichki uyqu tirqishi orasida. Kanal devoridan

uyqu-nog4ora kanali boshlanadi.

Ichki uyqu arteriyasi, uning devori-

dagi vegetativ (simpatik) nervlar

2. Uyqu-nog‘ora kanali

(canaliculi caroticotympanici)

Uyqu kanali boshlanish joyidagi orqa devori-

dan, o‘rta quloq bo‘shlig‘i (nog‘ora bo'shliq)

oldingi devorigacha davom etadi.

Ichki uyqu arteriyasidan chiqadigan

uyqu-nog‘ora arteriyasi, ichki uyqu

arteriyasi devoridagi vegetativ (sim-

patik) nervlar tarmog'i bo‘lgan -

uyqu-nog‘ora nervi

3. Yuz nervi kanali

(canalis facialis)

Chakka suyagining ichki yuzasidagi

ichki eshituv teshigidan boshlanib,

tashqi yuzadagi bigizsimon-so1 rg ‘ ichsimon te-

shik bilan yakunlanadi. Kanaldan piramidaning

ichki yuzasiga katta toshsimon nerv o'tadigan

tirqish ochiladi. Yuz kanali pastki qismidan

nog'ora tori nervi o‘tadigan kanal boshlanadi.

Yuz nervi (7 juft)

4. Nog* ora tori nervi kanali

(canaliculus chordae tympani)

Yuz nervi kanalining pastki qismidan bosh-

lanib, nog‘ora bo‘shlig‘ining orqa devoriga

ochiladi.

Nog'ora tori nervi o‘rta quloq

bo‘shlig‘iga yo‘naladi va tashqi

tarafga toshsimon nog‘ora tirqishi

orqali chiqadi.

5. Nog‘ora nervi kanali

(canaliculus tympanicus)

Toshsimon qismning pastki yuzasida -

apertura inferior canaliculi tympani tirqishi

bilan boshlanib, o‘rta quloq bo‘shlig‘ining

pastki devoriga ochiladi.

Nog‘ora nervi (9 juft nerv tarmog‘i)

o‘rta quloq bo‘shlig‘idan kallaning

ichki yuzasiga kichik yuzaki toshsi-

mon nerv bo‘lib davom etadi.

6. Mushak - naysimon kanal

(canalis muscnlotubarius). Bu

kanal ikkita yarim kanalga

bo‘linadi: yuqorigisi nog‘ora

pardasini taranglaydigan,

mushak saqlaydigan yarim

kanal, ostidagisi eshituv nayi

yarim kanali.

Chakka suyagi piramida qismining ustki uchi

sohasidan boshlanib, o'rta quloq bo‘shlig‘ining

oldingi devoriga ochiladi.

1) nog‘orapardani taranglaydigan

mushak joylashadi;

2) o‘rta quloq bo‘shlig‘ini halqum-

ning burun qismi bilan birlashtiradi.

7. So‘rg‘ichsimon kanal

(canalis mastoideus)

Bo'yinturuq chuqurchasining tubidan bosh-

lanib, nog‘ora- so‘rg‘ichsimon tirqishida

yakunlanadi.

Adashgan nerv (10 juft) tarmog‘i

yo‘naladi.







Foydalanilgan adabiyotlar:



//www.ziyouz.com Internet sayti. ‘’Odam anatomiyasi’’F. Bahodirov

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Tibbiy-biologik ish fakulteti

103-A guruh talabasi

REFERAT

Mavzu: Ponasimon suyak. Chakka suyagi va uning yoshga doir xususiyatlari.

Bajardi: O’rnashova G.

Tekshirdi: Nortayeva N.
Download 379,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish