Referat mavzu: O`zbekiston Respublikasi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g’risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati Bajardi



Download 137,16 Kb.
bet1/4
Sana22.04.2022
Hajmi137,16 Kb.
#574527
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Referat mavzu KORRUPSIYA



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY G’OYA, HUQUQ TA`LIMI VA MA`NAVIYAT ASOSLARI KAFEDRASI
REFERAT
Mavzu: O`zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati
Bajardi: ____________________

Tekshirdi: ____________________



NAMANGAN-2020-yil

Mundarija
Kirish ...…………………………………....3-6
Asosiy qism ...……………..……………….7-12
Xulosa .…………………………………….13-14
Foydalanilgan manbalar …….………......15
Ilova ………………………………………..16

Mavzu: O`zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati


Reja:
Kirish:

  1. ‘’Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida’’gi qonunning yaratilishi

  2. ‘’Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida``gi qonunning mazmun-mohiyati;

Asosiy qism:

  1. ‘’Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida``gi qonunning asosiy tushunchalari va prinsiplari

  2. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar;

Xulosa: Korrupsiyani oldini olish;

’Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida’’gi qonunning yaratilishi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Dastlabki davrda korrupsiya bilan bog`liq jinoyatlarni hal qilishda ko`plab deklaratsiya va rezolyutsiyalar qabul qilindi. Jumladan, respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi(EKOSOS)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi, Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi, Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya, Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o’tamoqda. Xalqaro hujjatlar ichida BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan 2003-yil 31-oktyabrda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya asosiy xalqaro-huquqiy hujjat bo’lib, u ushbu jinoyatning mohiyatini to’liq ochib, unga qarshi kurash choralarini belgilab beradi. Mamlakatimiz 2008-yil 7-iyulda BMTning yuqorida ko’rsatib o’tilgan Konvensiyasiga qo’shildi. Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan funksional mexanizmlarni isloh qilishda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010-yil 12-noyabrda e'lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda. Konsepsiya talablaridan kelib chiqib, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, davlat hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan, prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun ustuvorligini ta'minlash bo’yicha adliya organlarining rolini kuchaytirish choralari ko’rildi. Korrupsiya va uning keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan holatlarning oldini olish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma'muriy to’siqlarni bartaraf etish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tartibga solishga oid bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mazkur chora-tadbirlarning yangi va yanada samarali tizimini yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2016-yil 14-oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilib, 24-noyabrda Quyi palata tomonidan qabul qilingan hamda Oliy Majlis Senatining 8-sessiyasida ma'qullangan ‘’Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida’’gi qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to’liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlari mustahkamlab qo’yilgan. Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashning qo’shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, xususiy mulk huquqiga noqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga ko’maklashadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. Qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat bo’lib, unda korrupsiya; korrupsiyaga oid huquqbuzarlik; manfaatlar to’qnashuvi atamalari asosiy tushunchalar sifatida berilgan. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun (ushbu qonunning 34-moddasiga muvofiq) 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi. Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan. Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.
‘’Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida``gi qonunning asosiy tushunchalari uning 3-moddasida belgilab qo`yilgan bo`lib, ular quyidagilardan iborat:

Download 137,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish