fuqarolik jamiyati qator muhim funksiyalarni bajaradi:
1.Qonunchilik asosida u insonning va fuqarolarning shaxsiy xayot sohasini davlat va boshqa siyosiy strukturalarning asoslanmagan qat‘iy muvofiqlashtirishidan himoya qilishni ta‘minlaydi.
2.Fuqarolik jamiyati uyushmalari asosida ijtimoiy (jamoatchilik) o’zini – o’zi boshqarish mexanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi.
3.Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha siyosiy tizimini shakllanishi va sodda ko’rinishga keltirishga ko’mak beradi; buning uchun u turli vositalardan foydalanadi: saylov kampaniyalaridan va referendumlarda, norozilik yoki bu yoki u talablarini qo’llab-quvvatlash aksiyalarida, u yoki bu masaladar bo’yicha jamiyatni shakllantirishdafaol ishtirok etish.
4.Fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari insonlarning huquq va erkinliklarini real kafolatlashlarini davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini ta‘minlashga qaratiladi.
5.Fuqarolik jamiyati o’z a‘zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyalarini bajaradi: u davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanksiyalar berishga ega bo’lishi mumkinki, ularning yordamida u individlarning jamoa talablariga rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning ijtimoiylashuvini va tarbiyalanishini ta‘minlanishi mumkin.
6.Fuqarolik jamiyati kommunikatsiyaviy vazifani bajaradi. Bu jamiyat davlat organlariga fuqarolarning konkret manfaatlari haqida xabardor qilib turadi,bu manfaatlarni amalga oshirish esa faqat davlat organlariga tegishli bo’ladi.
7.Fuqarolik jamiyati o’z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtiruvchi vazifasini bajaradi. U davlat oldida tang holatlar yuz bergapnida unga yordam beradi, jamiyat hayotini yashashini ta‘minlaydigan mustahkam strukturalarini yaratadi.
Ma‘lumki, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. SHu kabi jamiyatgina O’zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an‘analar va ma‘naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma‘naviy-axloqiy kamol topishini ta‘minlay olishi e‘tirof etildi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday deb ta‘kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo’l qo’yilmaydi. YA‘ni erkinlik va qonunga bo’ysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi, bir-birini to’ldiradi va bir-birini taqozo etadi».
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo’lganligi bois, birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o’rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o’z ifodasini topishiga alohida e‘tibor berildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo’lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas‘ul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanishi (11-modda), O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko’rishimiz mumkin.
Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish,axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta‘minlash, saylov huquqi erkinligini ta‘minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo’yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo’yiyaa amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo’lib tahlil qilish tavsiya etiladi.
Birinchi bosqich o’z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi
Ikkinchi bosqich (2000-2010 yillar) damamlakatni demoeratlashtirish va modernizatsiyalash bo’yicha faol jarayonlar davom ettirildi.
2010 yil 12 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining Mamlakatda demokratik islohatlarni yanada chuvurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi‖ e‘lon qilindi. Bu Konsepsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotganishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi bosqichni boshlab berdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxatlarining mazmun moxiyatidan kelib chiqib fuqarolik jamiti tushunchasiga turli xil darajada tariflar berilmoqda. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha ta‘rif berildi: Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorligi qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashnita‘minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o’zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo’llab-quvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir‖.
Yurtimizdagi jamiyatshunos olimlar ham fuqarolik jamiyatini Fuqarolar o’rtasidagi muaayyan kompromiss, davlat va nodavlat tashkilotlpr o’rtasida konsensus madaniyati vudulga kelganda, shuningdek, dunyoqarashlar plyuralizm, davlat hokimiyati organlari bilan o’zaro ta‘sirga kirishishga layoqatli jamoatchilik institutlari vujudga kelganda shakllanishi mumkin. deya tariflaydi. Fuqarolik jamiyati tushunchasiga tariflarning turli-tumanligi fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining murakkab, ko’p qirrali jarayyon ekanligi bilan xarakterlanadi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo qilishning ustuvor yo’nalishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buni biz qonunchilikning demokratik tamoyillari, fuqarolik institutlarining huquqiy kafolati rivojlanishi, milliy g’oya mafkurasining shakllanishi hayotimiz va yashash tarzimizda muhim ahamiyat kasb etishida ko’ramiz. Birinchi Prezident Islom Karimov Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida (2010 yil 12 noyabr) ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi hamda ravnaq topishiga alohida e‘tibor qaratib,
Do'stlaringiz bilan baham: |