“Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilni amalda to’liq tatbiq etishning aniq va ravshan qirralarini belgilab berdi.
Birinchi Prezident I.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Faqatgina biz tanlagai bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo’li xalqimiz ko’zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo’lgan, qonun ustuvorligini ta‘minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bo’yicha qo’yidagi xulosalar chiqarish mumkin:
fuqarolik jamiyatining shakillanishi uzoq davom etib kelayotgan murakkab tarixiy jarayondir.Fuqarolik jamiyatining ba‘zi bir unsurlari qadimgi YUnoniston va Rimda namoyon bo’lgan vaqtdanboshlab YAngi davrda shakllanish elementlari va xozirgi kunda bir butun tizim sifatida paydo bo’lishi.
fuqarolik jamiyati g’oyasi insoniyatning antik davrdan beri davom etib kelayotgan tafakkuri maxsulidir. Avesto manbalarida, Qadimgi yunon faylasuflari fikrlarida, O’rta asr mutafakkirlarining qarashlarida, Uyg’onish va Reformatsiya davri g’oyalari va bugun XXI asr jahon xamjamiyati tomonidan umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida e‘tirof etilishi. Har qanday fan, o’z mohiyatiga ko’ra umumbashariydir.Dunyoning barcha xalqlari katta-kichikligidan qat‘iy nazar uning rivojiga turli xil darajada hissalarni qo’shgan.SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining shakillanishi va rivojlanishi to’g’risidagi g’oyalar qarashlarni bir yoqlama bo’rttirish yoki kamsitish xato yondashuvdir.
fuqarolik jamiyatining xususiyatlari, belgilari, tamoyillari har qanday ijtimoiy tizimda mavjud, biroq ularning rivojlanish darajasi turli xil bo’lishi mumkin.
fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonlari xolati ijtimoiy hayotning va davlat hokimiyati boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi.
fuqarolik jamiyatining shakillanishi huquqiy davlatchilikning shakillanish jarayoni bilan takomillashib boradi.
har bir davlatda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va shakillanishi o’ziga xos mental xususiyatlarga bog’liq holda tadrijiy rivojlanish modellari asosida amalga oshiriladi.
hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning etuklik bosqichiga erishmagan va bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir.
Adabiyotlar ro`yxati:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: «O’zbekiston», 2020. –6–12-b.
Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Nukus: «Qoraqalpog’iston», 2020.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. -T.: «O’zbekiston», 1997, 31-40, 125-135, 149-162-betlar.
Mirziyoev, Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq /Sh.M. Mirziyoev. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2016. -56 b.
Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T.: Yangi asr avlodi, 2006. – 204 b.
Nazarov Q. va boshqalar. Milliy g’oya: targ’ibot texnologiyalari va atamalar lug’ati. – T.: “Akademiya”, 2007. –352 b.
Usmonov Q. O’zbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi. T.: F.Fulom nom. Nashr-matbaa ijodiy uyi, 2004, 3-48-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |