tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechogʻli qattiq zaharlanishi shu doriga
organizmning qanchalik sezgirligiga ham bogʻliq. Kasbga aloqador baʼzi
korxonalarda xavfsizlik texnikasi kridalari buzilib, qoʻrgʻoshin, simob, mis,
mishyak birikmalaridan zaharlanganda roʻy berishi mumkin. Tasodifiy va qasddan
(mas, oʻzini yoki birovni oʻldirish maqsadida) zaharlanish ham ajratiladi.
Kuchli
taʼsir etadigan moddalar va dorilar notoʻgʻri saklanganda koʻpincha bolalar
zaharlanib qoladi. Shuning uchun zaharli dorilar bolalar boʻyi yetmaydigan joyda
sakdanish kerak. Kislota va ishqorlardan Zaharlanishda badanda qatgiq ogʻriq
seziladi, lab va ogʻiz shilliq pardasi kuyadi. Suv yutganda, toʻsh orqasi va osti
ogʻriydi; odam qon aralash qusadi. Ovqatdan zaharlangan kishi qornida ogʻriq
sezadi, qusadi,
ichi ketadi, boshi ogʻriydi, boshi aylanadi, darmoni quriydi,
qattiq
zaharlangan boʻlsa, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. Alkogoldan
Zaharlanishda mastlik, avval qoʻzgʻalish, yuz kizarishi, alkogol hidi anqib turishi,
soʻngra alahlash, yuzning boʻzarishi, behushlik qayd qilinadi. Narkotik
vauxlatuvchi dorilar (morfin, barbital, fenobarbital va h.k.)dan Zaharlanishda
mudrash, bosh aylanishi, quloq shangʻillashi, qusish, tomir urishining sust va zaif
boʻlishi, tirishish kuzatiladi. Is gazi [uglerod (P)oksid] va yoritish gazidan
zaharlanish shu gazlarning nafas yoʻllari orqali kirishidan boʻladi. Belgilari; bosh
ogʻriydi, quloq shangʻillaydi,
bosh aylanadi, bemorning darmoni quriydi,
halloslaydi; pulsi susayadi, koʻngli ayniydi va qusadi; qattiq zaharlanganda
tipirchilaydi, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. 3. alomatlari xilmaxil
boʻlib, u jigar, buyrak, qon, markaziy va periferik nerv sistemasining qay daraja
zararlanganiga bogʻliq. Davo zaharlanishga sabab boʻlgan
zaharli moddani iloji
boricha organizmdan tezroq chiqarish choralarini koʻrish, zaharli moddaning
zaharini kesuvchi ziddizaharlardan foydalanish, zaharlangan aʼzolar faoliyatini
tiklashdan iborat. Birinchi yordam: zaharlanishga gumon tugʻilganda darhol vrach
chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak. Kislotalar
(sirka essensiyasi, xlorid kislota va h.k.)dan zaharlanganda kuydirilgan magneziya
bilan suv yoki suvning oʻzini koʻp ichirib, qustiriladi. Bemor behush yoki kollaps
holatida boʻlsa, qustirish yaramaydi. Ishqorlar (novshadil spirti)dan zaharlanganda
3% sirka (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) qoʻshilgan limonli suv ichirib qustiriladi.
Soʻngra bir boʻlak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy qoshiqlab
ichiriladi,
xom tuxum, bir boʻlak sariyogʻ yuttiriladi; toʻsh ostiga muzli xalta,
qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Ovqatdan zaharlanganda meʼda yuvilgandan keyin
qorin va qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Koʻplab issiq ichimlik, quyuq kofe ichiriladi.
Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta hidla tiladi,
meʼdasini yuvgach, surgi beriladi, soʻngra bir stakan suvga novshadil spirtidan 3—
5 tomchi qoʻshib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qoʻyiladi. Koʻp choy yoki quyuq
kofe ichiriladi. Narkotik va uxlatuvchi dorilardan zaharlanganda meʼdani yuvgach,
bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuk, suv quyib,
keyin issiq suvga tushirish,
badanini issiq tutish, ishqalash, nafas toʻxtab qolganda sunʼiy nafas oldirish kerak.
Is gazi va yoritish gazidan zaharlanganda sof havoga olib chiqib, novshadil spirti
hidlatish, sunʼiy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq choy, quyuq kofe
ichirish kerak. Hayvonlar zaharli oʻt, buzilgan yemxashak yeganda, ogʻziga zaharli
moddalar tushganda va zaharli gaz bilan nafas olganda zaharlanadi. Zaharlangan
hayvon boʻshashadi, soʻlagi oqadi, ichi ketadi, nerv sistemasining faoliyati
buziladi. Birinchi yordam: meʼdasi yuviladi, goʻshtxoʻr hayvon va choʻchqalarga
qustiruvchi dori beriladi, surgi ichiriladi. Hazm yoʻlida zaharning soʻrilishini
sekinlatish uchun adsorbsiyalovchi dorilar beriladi.
Ipakchilik sanoati korxonalarining sexlaridan ishlatilgan havo bilan birga chiqib
ketuvchi zararli ajralmalarni ikki asosiy turga: zararli gazlar va changga ajratish
mumkin. Zararli gazlar bilan ifloslangan havo pilla tortish sexlari uchun xosdir. U
tozalanmagan holda umumiy va mahalliy so‘rish tizimlari vositasida so‘rish
quvurlari orqali tashqariga chiqaribyuboriladi. Pillalarga quruqlayin ishlov berish
sexining havosida chang konsentrasiyasi ruxsat etilgan chekli konsentrasiyadan 8-
10 baravar ko‘p bo'lishi mumkin.Bunga texnologik uskunalaming tozalash tizimi
qoniqarsiz ishlashi sabab bo'ladi. Sex havosiga aralashgan chang qurilish
konstruksiyalari va uskunalarga o ‘tiradi. Yulish-yulish mashinasi changning katta
manbaidir. Undan chiqadigan
mayda chang sex havosiga qo'shiladi, yirik chang va unga yopishgan mayda chang
esa mashina ostidagi bo'shliqda to'planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: