O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
QUROLLI KUCHLAR HARBIY TIBBIYOT AKADEMIYASI
JANGOVAR JARROHLIK PATOLOGIYASI KAFEDRASI
Referat
Mavzu: Jarrohlik bemorlarni zamonaviy diagnostikasi va davolash. Endovideoxirurgiya. Transplantologiya. Og’riqsizlashtirish.
Bajardi: tinglovchi Turg’unbayeva S. M.
Rahbar: t.f.n., iste'fodagi tibbiy xizmat
polkovnigi Rahimov A.F.
Toshkent – 2022
Referat rejasi:
Kirish.
Asosiy qism:
A) Jarohlik bemorlarni zamonaviy diagnostika va davolash.
B) Kompyuter tomografiyasi.
C) Endoskopiya
D) Rentgenologik davolash.
E) Angiografiya.
F) Bronxografiya.
G) Urologafiya.
H) Endovideoxirurgiya.
J) Transplantologiya.
K) Og’riqsizlashtirish turlari.
L) Mahhaliy va umumiy og’riqsizlantirish.
M) Narkoz bosqichlari.
N) Bemorlarni anastasiyaga tayyorlash.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Diagnostika (yun. diagnostikos — aniqlashga qodir) — klinik tibbiyot va veterinariyaning kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini oʻrganadigan boʻlimi. D. fan sifatida uch asosiy qismga boʻlinadi: 1) bemorning shikoyatlarini yigʻish va oʻrganish metodikasi, kasallanish va hayot tarixi, shuningdek, diagnostik texnika, yaʼni bemorni tekshirish usullari; 2) kasalliklarda kuzatiladigan har xil belgilar (simptomlar) haqidagi taʼlimot (semiotika); 3) bemorni tekshirib, olingan maʼ-lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan baholab, tashqis qoʻyish uchun vrachning muhokama yuritish metodikasi, yaʼni tashhis metodikasi.
Bemorni tekshirishda, avvalo, uning sezgilari, kasalligi qachon boshlangan va qanday oʻtgani, mehnat va turmush sharoiti yo oʻzidan, yoki yaqin kishilaridan (goʻdak bolani tekshirishda onasidan) soʻrab olinadi, yaʼni anamnez toʻplanadi. Anamnez toʻplash va bemorning kasallik tarixini toʻgʻri bayon qilib berish tashhis uchun gʻoyat katta ahamiyatga ega.
Obʼyektiv tekshirishda bemor koʻzdan kechiriladi va palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya metodlari qoʻllaniladi. Nerv sistemasi va sezgi aʼzolarini tekshirishda reflekslar, sezuvchanlikning har xil turlari, koʻruv va eshituv, taʼm va hid biluv oʻtkirligini aniklash uchun maxsus usullar tatbiq etiladi. Oliy nerv faoliyatini oʻrganish D.ning muhim vazifalaridandir. Bundan tashqari, gavda t-rasi va qismlari oʻlchanadi (termometriya va antropometriya), ichkariroqda joylashgan aʼzolarni tekshirishda har xil koʻzgular (quloq, burun, hiqildoq, qin koʻzgulari) va optik asboblar (koʻzni tekshirishda — oftalmoskop, qiziloʻngachni koʻrishda — ezofagofibroskop, meʼda-ichak tekshirishda — gastroduodenofibroskop, kolonoskop va h.k.)dan foydalaniladi. Yurak va tomir harakatlarini qogʻozga yoki foto-plyonkaga yozib olish (kardiografiya va sfigmografiya)ning ahamiyati katta. Yurak va miyadagi elektr potensiallarining oʻzgarishlarini qayd qilish (elektrokardiografiya va elektroensefalografiya) ayniqsa kimmatli usuldir. 20-asr oxirida ichki aʼzolar kasalliklari D.sida ultratovush texnikasi, magnit rezonans apparati, kompyuter tomografiya usullari keng qoʻllanila boshladi. Baʼzi kasalliklarni aniklashda radioaktiv izotoplar tatbiq etiladi. Bunda nafas olish, kon aylanish, ajratish aʼzolari va endokrin sistemalar holati, shuningdek, moddalar alma-shinuvining buzilishi aniklanadi. Lab.da qon, siydik, axlat, balgʻam, shuningdek, koʻmik, jigar, taloq, limfa tugunlarini punksiya qilib olingan materiallar mikroskopik, fizik va kimyo-viy tekshirishdan oʻtkaziladi (qarang Biopsiya). Kasallikni qoʻzgʻatgan mikroblar va immunitetnk aniklash maqsadida oʻtkaziladigan bakteriologik, immunologik va serologik metodlar D. uchun katta ahamiyatga ega. Hoz. radiotelemetrik D. usuli (biror koʻrsatkichni masofadan oʻlchash) ishlab chiqilgan.
Asosiy qism
Do'stlaringiz bilan baham: |