Savol va topshiriqlar
1. Internet deganda nimani tushunasiz?
2. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz?
3. World Wide Web haqida nimalarni bilasiz?
4. Web-sahifa va gipermatn haqida sozlab bering.
5. Internetdagi Web-sahifalar qayerda saqlanadi?
INTERNETDA ISHLASHNI TAMINLOVCHI DASTURLAR
Web-brauzerlar
Siz awalgi sinflarda bir necha amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan, Word matn, Paint grafik korinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa hisob-kitob ishlarini bajarishga moljallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha soz bolib, korishni tominlash, ko^rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Web-brauzer 1990-yil CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Ii tomonidan ishlab chiqilgan.
Hozirgi kungacha juda kop Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng kop foydalaniladigani Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturini Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab boldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning imkoniyatlari bilan tanishamiz.
Internet Explorer dasturl interfeysi
Internet Explorer dasturi quyidagi usullarda ishga tushiriladi:
Masalalar panelidagi piktogrammasi yordamida;
Windows ish stolidagi fayl belgisi yordamida;
Quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
пуск – программы – Internet Explorer
Internet Explorer dasturida ishni tugallash uchun X piktogrammasini yoki fayl menyusining 3aKpbiTb - ya'ni yopish buyrug’ini tanlash yoki |Alt]+[F4] klavishalarini birga bosish yetarli.
Internet Explorer kompyuterga yuklanganda quyidagi kori-nishdagi oyna ochiladi:
Sarlavha satrida dastur (Microsoft Internet Explorer) hamda joriy hujjat nomi aks etib turadi.
Menyular satri quyidagi menyulardan iborat:
Har bir menyu ma'lum amallarni bajarishga moljallangan buyruq va korsatmalar majmuyidan iborat. Ularning asosiylarini korib chiqamiz.
Fayl menyusi orqali asosan Web-sahifani ochish (kompyuter xotirasiga yuklash), uni oz nomi yoki boshqa nom bilan saqlab qoyish, Web-sahifani qogozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |