Internet va WWW Internet dunyo boylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuyidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qpidalan protokollar (masalan, TCP/IP -TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.
TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit korinishga keltiradi.
Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Intemetdan foydalana olish imkoniyatigaegabo'ldilar.
Hozirgi kunda Intemet dunyo bozorini organishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Intemet ozaro aloqa boglash yoki malumotlar almashish tarmogi bolibgina qolmasdan, unda mavjud bolgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Intemetning kompyuterlar bilan bogliq bolgan narsalardan muhim farqi shundaki, u ozi haqidagi ma'lumotlarni ham ozida saqlay oladi.
199293-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Webdeb nomlangan.
World Wide Webning yaratilishiga 1989-yil Shveysariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kerigashining loyihasi asos boldi. Bu loyihaning maqsadi Intemetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Intemetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bolib qoldi.
Intemet deganda kopchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Intemetning bir qismi bolib, xalqaro orgimchak tori ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bolgani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi.