Bilishning asosiy bosqichlari
Inson bilishi hissiy bilishdan- aqliy bilishga, jonli mushohadalardan- abstract tafakkurga tomon va aksincha, yo’nalishlardan iborat dialektik jarayon hisoblanadi. Bundagi hissiy va aqliy bilish o’zaro chambarchas bog’liq ikki “quyi” va “yuqori” bosqichlardir.
Hissiy bilish- inson bilishining dastlabki bosqichi bo’lib, natijada miyada predmet va hodisalarning belgilari, signallari va hissiy obrazlari hosil bo’ladi. Hissiy bilish bosqichlari: sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda bo’ladi
Mantiqiy bilish
Mantiqiy bilish bu avvalo, predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borliqni aqliy bilishi – bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni fikr shakllarida bilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |