Ilmiy bilish metodlarining subyekt va obyekti
Bilishning subyekti sifatida borliqdagi predmet va hodisalar bilan bevosita yoki bilvosita, muayyan tabiiy va ijtimoiy munosabatlarda bo’luvchi, jamiyatning aniq bosqichiga xos, ijtimoiy mohiyatga ega bo’lgan aniq bir kishi yoki kishilar jamoasi tashkil qiladi.
Bilishning obyekti esa, subyektning bilish doirasiga kirgan, uning bilishiga qaratilgan borliqdagi aniq predmetlar, hodisa va jarayonlar tashkil etadi.
Bilishning predmeti ham mavjud bo’lib, bunda bilish obyekti va subyektining bilish faoliyati doirasiga kirgan tomonlari, xususiyatlari va munosabatlaridir.
Bilish turlari
Insonning bilish nazariyasi turlari shartli ravishda bir necha turlarga bo’lib o’rganish mumkin. Dastlab, inson bilishini unda borliq qanday holda in’ikos etganligiga qarab, oddiy( kundalik) va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin.
Oddiy bilish insonning kundalik hayotdagi voqea va hodisalarning o’z sezgi a’zolari orqali atrofni ong tafakkur yodamida tushunishidir.
Ilmiy bilish oddiydan farqli o’laroq tabiatdagi predmet va hodisalarning aniq qonuniyatlarini bilishdan iborat bo’lib bu o’z navbatida ularni yuzaki emas balki chuqurroq o’rganishni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |