Bilishning asosiy bosqichlari
Inson bilishi hissiy bilishdan- aqliy bilishga, jonli mushohadalardan tafakkurga tomon va aksincha, yo’nalishlardan iborat dialektik jarayon hisoblanadi. Bundagi hissiy va aqliy bilish o’zaro chambarchas bog’liq ikki “quyi” va “yuqori” bosqichlardir.
Hissiy bilish- inson bilishining dastlabki bosqichi bo’lib, natijada miyada predmet va hodisalarning belgilari, signallari va hissiy obrazlari hosil bo’ladi. Hissiy bilish bosqichlari: sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda bo’ladi
Ilmiy bilish
Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Ilmiy bilish ko’plab umumiy, xususiy va alohida konkret ilmiy metodlar yordamida vujudga keladi.
Fanlar borliq va uning turli ko’rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to’g’risidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iborat.
Ular insonlarning borliqni bilishi, o’rganishi va o’zlashtirishining o’ziga xos nazariy shakllari bo’lib, o’zlarida moddiy va ma’naviy omillarni birlashtiruvchi ko’p qirrali ijtimoiy hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |