Referat mavzu: Hamjamiyat va ekosistema



Download 0,6 Mb.
Sana09.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#647363
TuriReferat
Bog'liq
Referat mavzu Hamjamiyat va ekosistema


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
“TIBBIY VA BIOLOGIK FANLAR KAFEDRASI”



REFERAT
Mavzu: Hamjamiyat va ekosistema








Bajardi: Nuriddinova O.
Tekshirdi: ____________
Toshkent-2022

Ekosistema to'ѓrisida ta'limot



Ekosistema to'ѓrisida tushuncha.
Ekosistemaning maћsuldorligi. A.Tenslining « ekosistema» va V.N.Sukachevning «Biogeotsenoz» tushunchalari to'ѓrisida
Bitta umumiy arealda yashaydigan ћar xil turlarning populyatsiyalari ekologik jamoani tashkil etadi. Tirik organizmlar boshќa organizmlar va o'lik tabiatning ta'sirida bo'lishi bilan birga o'z navbatida o'zlari ћam ularga ta'sir ko'rsatadi.
Bir-biri bilan va atrof-muћit bilan o'zaro munosabatda bo'lgan organizmlarning populyatsiyalari ekologik sistemalar (ekosistemalar) yoki biogeotsenozlar deb ataladi. Boshќacha ќilib aytganda, biogeotsenoz – bir-biriga boѓliќ biotik va abiotik tarkibiy ќismlardan iborat kompleks joylashgan er yuzasining bir ќismidir. Biogeotsenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil o'simliklar va ximosintezlovchi mikroorganizmlar) ћamda geterotrof organizmlar (ћayvonlar, zamburuѓlar, ko'pgina bakteriyalar, viruslar) biogeotsenozning tirik komponentlariga, atmosferaning erga yaќin ќatlami, undagi gaz va issiќlik resurslari, ќuyosh energiyasi, tuproќ va uning suv mineral resurslari esa jonsiz komponentlarga kiradi.
Har bir biotsenozda erning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, o'sha joyda o'sib unadigan o'simlik va ћayvonlar bir-biriga monand va o'zaro boѓlangan bo'ladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan. Keyinchalik 1940 yilda akademik V.N.Sukachev ekosistema tushunchasini biogeotsenoz deb atashni taklif etdi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan tashќari ћamma narsa kiradi. Biogeotsenoz taraќќiy etib va o'zgarib turadi. Bu o'zgarishlar kishilar, muћit va ћattoki uzoќ kosmosning ћam ta'siri ostida ro'y beradi. Beogeotsenozni o'rganish ќishloќ xo'jaligi va ayniќsa, o'rmon xo'jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Ekosistemaning maћsuldorligi u yoki bu ekosistema orќali o'tadigan energiya oќimiga boѓliќdir. Ќuyosh energiyasi ekosistemadagi dastlabki maћsulotlarni ћosil ќiluvchi biotik komponentlar tomonidan o'zlashtiriladi. Dastlabki ћosil ќiluvchilar tomonidan organik modda sifatida to'playdigan energiya tezligi birlamchi maћsulot deb ataladi. Bu eng muћim parametr bo'lib ekosistemadagi biomassa miќdori shunga boѓliќ bo'ladi.

Ma'lumki, o'simliklarga tushadigan ќuyosh energiyasi ћar xil miќdorda bo'ladi. U ko'pincha geografik kenglikka, o'simliklar ќopla¬mining taraќќiyot darajasiga boѓliќ. O'simliklarga tushadigan ќuyosh energiyasining taxminan 95 - 99% shu zamoniyoќ ќaytariladi, u yoki issiќlikka aylanadi yoki suvni buѓlatishga sarf bo'ladi va faќatgina 1 - 5% xlorofill tomonidan ќabul ќilinib organik molekulalarni ћosil ќilishga sarf bo'ladi. O'simliklar ќabul ќilgan energiyaning taxminan 20% nafas olish yoki fotonafas olishga sarf bo'ladi. Undan ќolgan energiyaning organik moddalarni ћosil ќilishga ketgan ќismi sof birlamchi maћsulot (SBM) deyiladi.
Birlamchi maћsulotning maћsuldorligi yozda ќishga nisbatan ko'p bo'ladi. Bir organizmlarni ikkinchi organizmlar eganda (iste'mol ќilganda) ovќat (modda va energiya) bir trofik darajadan ikkinchi trofik darajaga o'tadi. Ћazm ќilinmagan ovќat keyinchalik chiќarilib tashlanadi. Ovќat ћazm ќilish organlari bo'lgan ћayvonlar ќoldiќlarni ekskrementlar (chiќindilar) sifatida tashќariga chiќarib tashlaydi. Bu chiќindilar tarkibida ћam ma'lum miќdorda energiya saќlanadi.
Hayvonlar ћam, o'simliklar ћam nafas olgan vaќtlarida energiyaning ma'lum bir ќismini yo'ќotadilar. Nafas olish jarayonidan, ovќat ћazm ќilishdan ћamda chiќindilardan ќolgan energiya o'simlik va ћayvonlarning o'sishi, ko'payishi va ћayot faoliyatini ta'minlashga sarf bo'ladi. Geterotrof organizmlar tomonidan tayyorlangan (to'plangan) organik moddalar miќdori ikkilamchi maћsulot deb ataladi.
Ovќat zanjirining ћar bir bo'limi (zvenosi)da bir ќism energiya yo'ќoladi. Demak, ovќat zanjirining uzunligi ko'pincha shu energiyaning yo'ќolishi bilan chegaralanib turadi.
O'simliklar tomonidan ќabul ќilinadigan yoruѓlik energiyasi miќdorining dastlabki sof maћsulotga bo'lgan nisbati ancha kattadir. Energiyaning keyingi bir-biriga berilishi (o'tishi) birlamchi o'tishga nisbatan ancha natijalidir. Masalan, o'simliklardan o'txo'r ћayvonlarga o'tadigan energiyaning o'rtacha effektivligi 10 % ni tashkil ќilgan ћolda, ћayvonlardan ћayvonlarga o'tadigan energiyaning effektivligi 20 % bo'ladi. Umuman, o'txo'r ћayvonlarda yirtќichlarga ќaraganda ћazm ќilish effektivligi past bo'ladi. Buning sababi shuki, o'simliklarda ko'proќ yoѓochlik va tselyulloza bo'lib, ћayvonlar organizmida yaxshi ћazm bo'lmaydi, energiya manbai bo'lib ћisoblanmaydi.
Nafas olish jarayonida yo'ќotilgan energiya boshќa organizmlarga o'tmaydi. Ekskrementlarda metabolizm ќoldiќlaridagi energiya esa detritofag va redutsetlarga o'tadi ћamda ulardagi energiyalar ekosistemada ќoladi. Detrit zanjirlari o'lik organizmlar va o'simliklar ќoldiќlaridan boshlanadi (to'kilgan barg va poyalar). To'ѓridan-to'ѓri detritlarga va redutsentlar oziќa zanjiriga o'tuvchi dastlabki toza maћsulotlar ћamma ekosistemalarda ћam bir xilday emas. O'rmon ekosistemalarida dastlabki maћsulotlarning ko'p ќismi detrit zanjiriga o'tadi. Shu sababli o'rmon ostidagi ќoldiќlar konsumentlar aktiv faoliyati uchun ќulay sharoitdir. Biroќ dengiz ekosistemalarida ћam intensiv foydalanadigan yaylovlarda dastlabki maћsulotning yarmidan ko'pi yaylov oziќa zanjiriga ќo'shilishi mumkin. Detrit zanjirlari yaylov zanjirlariga ќaraganda kamroќ o'rganilgan. Biroќ energiya oќimi nuќtai nazaridan ќaralganda ularning aћamiyati yaylov zanjiriga nisbatan ko'p bo'lsa ko'p, oz emas.
Agar ekosistema stabil (o'zgarmaydigan) bo'lsa, unda umumiy biomassaning ћajmi ko'paymaydi. Ya'ni, yilning boshida ќancha bo'lsa, oxirida ћam shunchaligicha ќoladi. Bu ћolatda birlamchi maћsulotda bo'lgan ћamma energiya ћar xil trofik darajadagi organizmlardan o'tadi va natijada uning toza maћsuldorligi nolga teng bo'ladi.
Ko'pincha ekosistemalar o'zgarib turadi. Masalan, yosh o'rmonlarda o'simliklar vegetatsiya davrining oxiriga borib to'plangan energiyaning bir ќismi o'simliklar biomassasining ortishiga olib keladi. O'simliklarda ommaviy vegetatsiya boshlangan davrlar (baћor, yoz)da dastlabki maћsulot ko'p bo'ladi, ikkilamchi maћsulotning ortishi esa keyinroќ kuzatiladi.
Ekosistemaga tushuvchi energiya oќimlaridan foydalanib, inson uchun kerak bo'lgan energiya va ovќat manbaini ko'paytirishda foydalanish mumkin.
Ilmiy analizlar yordamida o'simliklarni o'stirish, agrotexnik ќoida¬larni takomillashtirib ularni maћsuldorligini oshirish mum¬kin. Ћar bir trofik darajada energiya yo'ќolar ekan, demak ћamma nar¬sani is¬te'mol ќiluvchi (odamlarda ћam) organizmlar uchun ekosistema¬dan sama¬rador energiyani ajratib olish usuli - bu o'simliklar ћisoblanadi. Bi¬roќ, bu erda boshќa omillarni ћam e'tiborga olmaslik mumkin emas. Ma¬salan, ћayvonlar oќsilida ko'pincha almashtirib bo'lmaydigan aminokistotalar bo'ladi.
Bundan tashќari, o'simlik oќsillari ћayvon oќsiliga ќaraganda ќiy¬inroќ ћazm bo'ladi va pirovardida shuni aytish kerakki, bir ќancha eko¬si¬stemalarda madaniy ekinlarni parvarish ќilish va mo'l ћosil olish ќiyin bo'lganligi sababli, bu ekosistemalardagi ћayvonlar o'zlari uchun kerakli oziќani katta maydonlardan oladilar. Ana shunday eko¬sistema¬larga dasht, O'rta Osiyoning cho'l zonasi, buѓilar yashaydigan tun¬dra zona¬larini misol ќilib olish mumkin.
2. Ekosistemaning ierarxik ќatorlari
Ћozirgi zamon ekologiyasining mazmunini jamoa, popylyatsiya, orga¬nizm, organ, ћujayra va genlar tashkil etib, bular ћayotning asosiy shakl¬larini belgilaydi. Bu biologik shakllar ierarxik tartibda yoki ќatorda joylashib kichik va katta sistemalarni ћosil ќiladi. Ierarxiya - Uebater luѓati bo'yicha birin - ketin ќator bo'lib joylashish ma'no¬sini bildi¬radi. Ana shunday ћar bir poѓona yoki daraja tashќi muћit ta'siri nati¬jasida o'ziga xos funktsional sistemani ћosil ќiladi. Ekologiya fani asosan ana shunday sistemalardan: jamoa va ekosistemalarni o'rgatadi.
3. Ekosistemaning asosiy komponentlari. Tirik
organizmlar ekosistemaning asosiy ќismi: avtotroflar,
geterotroflar, produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar.
Fizik muћit
Populyatsiya atamasi bu ma'lum bir tur individlarining guruћini bildirsa, jamoa atamasi deb esa (biotik jamoa) ma'lum bir ћududni egallagan populyatsiyalar yiѓindisiga aytiladi. Tirik jamoa va noti¬rik tabiat bir-biri bilan uzviy boѓlangan bo'lib, ular birgalikda eko¬logik sistema (ekosistema)ni ћosil ќiladilar. Biotsenoz esa ekosistema (biogeotsenoz) ning tirik ќismi bo'lib ћisoblanadi. Biom - bu katta re¬gional subkontinental biosistema bo'lib, u ќandaydir bitta o'simliklar tipi bilan yoki landshaftning boshќa o'ziga xos xususiyati bilan xarak¬terlanadi. Masalan, mo''tadil iќlim sharoitidagi keng bargli o'rmonlar biomi yoki cho'l zonasidagi ќumli o'simliklar biomi va ћokazo. Ekolo¬giyada ќo'llanadigan eng katta biologik sistemalarga bio¬sfera yoki ekosfera kiradi. Biosfera - bu er yuzining barcha tirik organizmlar yashaydigan ќismi ћisoblanadi.
Ekologik sistemada ћamma organizmlar oziќlanishiga va energiya ќabul ќilishiga ќarab ikki guruћga bo'linadi: Avtotroflar va getero¬troflar. Avtotroflar asosan o'simliklardan tashkil topgan bo'lib, ular fotosintez tufayli ќuyosh energiyasini o'zlashtirib oddiy anorga¬nik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlaydi. Gete¬ro¬troflarga ћayvonlar, odamlar, zamburuѓlar, bakteriyalar kiradi. Ular tayyor organik modda bilan oziќlanadi va o'z ћayot faoliyati jarayo¬nida ularni oddiy birikmalargacha parchalaydi. Bu moddalar o'z navbatida tabi¬atga ќaytariladi va avtortoflar tomonidan yangi moddalar davriy ayla¬nishiga jalb ќilinadi. Biotsenoz ќuyidagi tarkibiy ќismlardan tashkil topgan:
1) produtsentlar (ћosil ќiluvchilar);
2) konsumentlar (iste'mol ќiluvchilar);
3) redutsentlar yoki destruktorlar (parchalovchilar).
Produtsentlar avtotrof organizm bo'lib, ќuruќlikdagi va suvdagi yashil o'simliklardan tashkil topgan. Tayyorlangan organik moddalar¬ning bir ќismi konsumentlar (o'txo'r ћayvonlar) tomonidan iste'mol ќili¬nadi, keyingilari esa o'z navbatida go'shtxo'r ћayvonlar va odamlar uchun oziќ ћisoblanadi.
Redutsentlar ћam geterotroflar ћisoblanib, ular asosan mikroorga¬nizmlardan tashkil topgan. Ular ishtirokida ћayvon va o'simliklarning ќoldiќlari (o'lik tanasi) parchalanib organik modda¬larga aylanadi, or¬ganik moddalarni oddiy anorganik moddalargacha par¬chalaydi. Organik moddalarning ko'p ќismi darћol parchalanmaydi, yoѓoch, tuproќning orga¬nik ќismi, suvdagi cho'kmalar sifatida saќlanadi. Bu organik moddalar ko'p ming yillar davomida saќlanib, ќazilma yoќilѓiga (torf, ko'mir va neftga) aylanadi.
Har yili erda fotosintez¬lovchi organizmlar 140 mlrd tonnaga yaќin organik moddalarni sintez¬laydi. (T.A.Akimova, V.M.Xaskin, 1998) Geologik davr (1 mlrd yil) davomida organik moddalar parchalanishiga ko'ra sintezlanishi ќo'proќ bo'lishi natijasida atmosferada SO2 miќdori kamayib O2 miќdorining tobora ortib bori¬shiga sabab bo'lgan. Keyingi yillarda texnika va sanoatning jadal rivojlanishi natijasida bu jarayonning aksi ro'y berish xavfi paydo bo'lmoќda. Bu ћodisa sayyora iqlimining o'zgarishiga olib kelishi mumkin.
Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish