Referat mavzu: Guruh: 9b-19tja bajardi: Tekshirdi: Shamiyeva O



Download 214,74 Kb.
bet7/7
Sana30.04.2022
Hajmi214,74 Kb.
#596717
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muhammad Ali Alimov

Masalaning qo’yilishi. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan masalani aniqlashdan, shuningdek, bu masala fanda qanchalik o’rganilganligini bilish uchun mazkur mavzuga oid adabiyotlarni o’rganishdan boshlanadi.
Tekshirish metodikasini tanlash. Psixologik kuzatishlar turli metodlar (bu metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Ishning muvaffaqiyatli chiqishi ko’p jihatdan metodni tanlashga bog’liq bo’ladi.
Aniq ma’lumotlarni toplash. Malumotlar, I.P.Pavlov tabiri bilan aytganda, olim uchun go’yo havodek zarur narsadir. Toplangan ma’lumotlar o’rganilayotgan muammoga mos kelishi zarur. Ilmiy malumotlarga bo’lgan asosiy talab ularning to’liq va izchil bolishidir. To’plangan malumotlar o’rganilayotgan masalani har jihatdan tavsiflab berishi kerak.
Aniq malumotlarni ishlash. To’plangan malumotlarni matematik va mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, tipiklikni topish va ularni tasodifiy materiallardan ajratish imkonini beradi. Bunda to’plangan materiallarning o’’rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va h.k.), foizi va boshqalar aniqlanadi, songa oid malumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma korinishlarida aks ettiriladi. Murakkab mutanosiblikdagi ma’lumotlarni aniqlashda esa variatsion statistika metodlari qollanadi.
Qonuniyatning ifodalanishi. Bu tekshirishning eng qiyin va masuliyatli bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda malumotlarning mohiyatini chuqur tushunish, ularning o’zaro bogliqlikni hisobga olish kerak boladi, binobarin, bitta ma’lumotdan turlicha xulosa chiqarish mumkin. Ko’pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy xususiyatga ega bo’lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos boladi.
Qonuniyatni amalda qo’llash. Aniqlangan qonuniyat malum bir amaliyot sohasida, masalan, ishlab chiqarish jarayonida insoniy munosabatlar psixologiyasini o’rganishdan toplangan tajriba keyingi jarayon uchun kerak bo’ladi. Ko’pgina xodimlar amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy hamda boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Lekin, shunday bo’lsa ham, har holda bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan etarli asoslangan bo’lmaydi, boshqacha qilib aytganda muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi.
Kasbiy psixologiya fani o’rganishi kerak bo’lgan qonuniyatlarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Texnik muxandis xodimlarning shaxsi va ish faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan psixik qonuniyatlar;
Faoliyat turi boyicha shaxsning psixikasini o’rganishga qaratilgan psixologik qonuniyatlar.
Hozirgi kunda o’zbek psixolog olimlari ushbu muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Kasbiy psixologiyaning o’ziga xos printsiplari mavjud. Har qanday usulda o’tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator tamoyillarga rioya qilishni talab etadi. Masalan: subektiv (psixologik) asosga nisbatan ob’ektiv (moddiy) asosning birlamchiligi, psixikaning taraqqiyotida faoliyatning etakchilik roli, psixik hodisalarning o’ziga xos bog’liqligi tamoyili, psixologik faoliyatni o’rganishda obektivlik tamoyili, nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi tamoyili
Subektiv asosga nisbatan ob’ektiv asosning birlamchiligi tamoyili psixika moddiy bo’lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay olmasligidan kelib chiqadi. Shaxsni o’rganishda biz psixik faoliyatning ko’plab tashqi ko’rinishlariga duch kelamiz. Ulardan asosiylari:
Og’zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning ozi (shaxsiy hisobot malumotlari) haqidagi mulohazalari goyat muhim hisob- lanadi. Nutq orqali shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarash- lari, intilishlari, bilimi va boshqalar haqida xulosaga kelish mumkin;
-shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning oz qollari bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar, rasmlar va boshqalar aniqroq ma’lumot beradi;
- psixik faoliyatning tashqi korinish va tanada namoyon bo’lishi. Bu koz qarashining manodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon aylanishining o’zgarishi, miya elektr faolligining o’zgarishi va hokazo.
Shuni ham takidlab o’tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning tashqi namoyon bolishigina emas, balki psixikaning o’zi tashqi namoyon bo’lishiga qarab ham o’zgaradi. Bu fanda determenizm tamoyili deb nomlanadi.
Psixikani tashqi namoyon bo’lish shakli orqali o’rganish vositali bilish deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o’rganishning asosiy metodi sifatida o’z-o’zini kuzatish (introspektsiya) metodidan foydalanib kelingan. Biz oz ichki dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o’z-o’zini kuzatish metodi o’ta qulay tuyuladi. Lekin masalaga bunday qarash xatodir, chunki o’z-o’zini kuzatish ko’pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni farqlash imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini notog’ri ko’rsatadi.
Psixika taraqqiyotida faoliyatning etakchi o’rin tutishi tamoyili inson psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayri holda o’rganish mumkin emas.
Psixik hodisalarning o’zaro bogliqlik tamoyili bizning ichki dunyomiz yagona, bir butun ekanligidan, ma’lum shart-sharoitlarda shakllangan, muayyan shaxslarga xos miyaning mahsuli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o’rganishning o’zi asosiy maqsad bo’lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda biror psixik hodisaning boshqa psixik hodisalar bilan uzviy aloqasini va tasirini hisobga olib, inson texnika munosabatlarida tadqiq etish lozim boladi.
Psixik faoliyatni o’rganishda obektivlik tamoyili boshqa tekshiruvchilar qatori psixologdan ham hodisaning aniq tafsilotlarini o’rganishni, real holatni ifodalamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yo’l qo’ymaslikni talab qiladi.
Nazariya bilan amaliyotning bogliqligi tamoyili nazariya amaliyot uchun asos ekanligini, u oz qobig’iga oralib olmasdan amaliyot uchun yangi-yangi yo’nalishlar ko’rsatishni anglatadi.
Kasbiy psixologiya fanining bu tamoyillari birgalikda qollaniladi va ular har bir aniq psixologik metodning asosini tashkil qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



1. Abdurahmonov F. R. “Kasb psixologiyasi” darslik T-2018 343 bet.

2. Jo’rayeva S , Yunusxodjayev Z. “Kasbiy psixologiya” o’quv qo’llanma T-2019 231 bet.

3. Po’latova D.A “Sharq falsafasi va madaniyati tarixi” o’quv qo’llanma T-2018 316 bet.

4. www.ziyonet.com 

5. www.google.ru



Download 214,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish