4. Kasbiy psixologiya fanining asosiy vazifalari.
Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi shaxsning ichki his- tuyg’ularini o’rganish, inson-texnika munosabatlari jarayonida kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolarning sub’ektiv va ob’ektiv sabablarini o’rganishdir.
Shu bilan birga bu fanni o’rganish jarayonida quyidagi omillarga alohida e’tibor qaratish muhimdir.
– turli nizolarning oldini olish;
– personallar o’rtasida muloqot madaniyatini shakllantirish;
– fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish;
– inson omilini birinchi o’ringa olib chiqish. Kasbiy psixologiya fanini o’qitishda quyidagilarga e’tiborni qaratish zarur:
– bo’lg’usi muhandis mutaxassislarni kasbiy psixologik bilimlar bilan qurollantirish; – kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohirona foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga tatbiq etish;
– huquq mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama shakllantirish;
– huquq yo’nalishida ta’lim olayotgan mutaxassislarning kasbiy qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish;
– kasbiy sezgirlik, xotira, tafakkur, fuqarolar bilan muloqotda bo’lish va psixologik aloqa o’rnatish mahoratiga ega bo’lish.
Kasbiy psixologiya fani ana shu vazifalarning maqsadi va ko’lamidan kelib chiqqan holda quyidagi bir qator vazifalarni bajaradi.
1) psixologik bilimlarni chuqur o’rganish hamda ularni ilmiy jihatdan sintezlash;
2) kasbiy tushuncha va kategoriyalarning psixologik mohiyatini ochib berish;
3) muxandis xodimlariga asosiy ob’ekt – inson xulq-atvorining ruhiy jihatlarini tushuntirish;
4) ijtimoiy munosabatlarga kirishayotgan sub’ektlar o’rtasidagi psixik jarayonlarni o’rganish va ularning ruhiy holatlarini ko’rsatish.
5. Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani sifatida
Kasbiy psixologiya fani ham malum bir psixologik qonuniyatlarni organadi va ularni amalda qollash boyicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Psixologik qonuniyat u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bogliqligidan iboratdir. Bunday psixologik qonuniyatlardan biri malum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning takror namoyon bolishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish muayyan psixik hodisani tushunish, oldindan kora olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. Shuningdek, muxandis xodimlariga fuqarolarning ruhiy faoliyatlari umumiy xususiyatlarini chamalab ko’rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini belgilashga, ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil qilishda xatoga yo’l qo’ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning individual xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa narsalarni hamisha o’rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik qonuniyatlar umumiy va juziy bo’lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar hamma shaxslarga yoki kopchilikka aloqador bo’lishi mumkin. Masalan, hamma shaxslarda sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qozgatuvchining kuchiga nisbatan (ortacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida o’sib boradi.
Juziy qonuniyatlar bazi yoshdagi kasb egalari va bazi toifadagi shaxslarga xos qonuniyatlardir. Masalan, o’smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik bilan rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o’smirlarga xos bolgan juziy qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o’ylab tashkil qilingan hamda rejali ravishda olib boriladigan tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik murakkab bo’lishidan qat’i nazar, ko’pgina psixologik tekshirishlar mutaxassis uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin.
Psixologik qonuniyatlar jarayonini bazi asosiy bosqichlarga ham bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |