O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
«Energo-mexanika» fakulteti «Avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasi
«Kasbiy psixologiya» fanidan
REFERAT
Mavzu: ______________________________________
Guruh: 9b-19TJA
Bajardi: ____________
Tekshirdi: Shamiyeva O
Navoiy-2022
MAVZU: Kasbiy psixologiya fanining predmeti, vazifalari va amaliy sohalari
Reja:
1. Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
3. Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani sifatida.
4. Kasbiy psixologiya fanining vazifalari.
5. Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani sifatida
.
Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari.
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi,mutaxasislarning kasbiy sifatlari va shaxsiy salohiyatiga talablarning yuqoriligi, shaxs hayot faoliyatining turli sohalarida psixologik fanlar ma’lumotlaridan keng qamrovli foydalanishni Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, mutaxassislarning kasbiy sifatlari va shaxsiy salohiyatiga talablarning talab etmoqda. Hozirgi kunda ko’pgina insonlar o’z kasbiy faoliyatlarini hayotiy muvaffaqiyatga erishish uchun shaxsiy shakllanishning asosi deb tushunib, psixologik qo’llab-quvvatlanishga ehtiyojlari mavjudligini tan olmoqdalar. O’z kasbining bilimdoni bo’lish uchun nafakat texnik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo’ladi. Bu esa har bir xodimdan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo’lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o’zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag’ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo’ladi. Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli aks etuvchi murakkab jarayon bo’lib, u uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg’unligining mahsuli hisoblanadi.
Psixika – yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), sub’ekt tomonidan ob’ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub’ekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan1 . Psixikaning asosiy vazifalari – aks ettirish – munosabat va xulq atvroni boshqarish –nazorat etishdir. Ruxiyatning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi ruxiy (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), ruxiy holatlar (hissiyot, emotsiya, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxs xususiyatlari (yo’nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |