1
O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
MARKETING
FAKULTETI
ELEKTRON BIZNES FANIDAN
REFERAT
Mavzu:Elektron biznesda
narx shakllantirish
Bajardi: 9-1MARS -21
guruh talabasi
Berdaliyev Ibrohim
2
REJA;
1. Elektron biznesda narx siyosati
2. Interneda tovar va xizmatlarning narxi qimmat va arzonligi sabablari
3. Elektron biznesda narx belgilash strategiyalari
Internetda narx strategiyalarining shakllanishda narx hosil bo’lishning an’anaviy
omillarni ham,
internet auditoriyasi xususiyatlarini, internetning kommunikativ xarakterini ham hisobga olish
lozim, ya’ni internetda narx hosil bo’lish an’anaviy marketingga qaraganda yanada egiluvchan
bo’lishi kerak.
Masalan, firma virtual do’kon orqali an’anaviy tovarlarni taklif etsa, oddiy do’konlardagidan
ko’ra pastroq narxlarning belgilanishi va bepul etkazib berilishining taklif etilishi tarmoq xaridorlari
uchun rag’bat bo’ladi. Shu bilan birga, noyob tovar taklif etilgan bo’lsa-yu, uni faqat birta virtual
do’konda xarid kilib olinadigan bo’lsa, maksimal narxlar belgilanishi asoslangan strategiya bo’ladi.
Narx siyosatiga tegishli aytilganlarga shuni qo’shish kerakki, internetda firmalarda sotiluvchi
mahsulot narxining bir qismini boshqa shaxsga o’tkazish imkoniyati mavjud.
Ko’pincha bu reklama beruvchilarni jalb etish va ular reklamasini serverda berish hisobiga
mumkin. Bu usuldan foydalanish o’z web-serverlarida reklamani joylashtirish bo’yicha xizmatlarni
sotish orqali bu ma’lumotni yaratish va yoyish xarajatlarini to’liq yoki
qisman qoplaydigan axborot
mahsulotlarini tarqatuvchi kompaniyalarga xosdir. Narxlarni kamaytirishning boshqa usuli
hamkorlikka malakali mijozlarni jalb etish hisobiga operastiyalari harakatlarini qisqartirishdir.
Masalan, Goland banklari mijozlariga o’z hisobi bilan Internet orqali mustaqil operastiyalar
o’tkazishni taklif etib, bunda omonatlar bo’yicha katta foizlar beradilar, chunki bunda bank
operastiya faoliyatiga o’z xarajatlarni shunchalik pasaytiradiki, mijozga mustaqil
operastiya ishni
amalga oshirgani uchun «to’lash» imkoniga ega bo’ladi.
Internet bozori narx bo’yicha mukammalroq sanaladi. Chunki narxlar to’g’risidagi malumotlar
ko’zgudek barcha sotuvchi va xaridorlarga yoki vositachilarga bir xil malum.
Elektron biznesda ko’pchilik tovarlar ananaviy biznestovarlariga qaraganda anchagina arzon.
Arzon bo’lishiga tasir qiluvchi omillar:
1. Savdo agentlari (vositachilar)- yani ular xaridorlarga ko’plab turdagi tovar va ularni narxlari
borasida juda ko’p malumotlarni etkazib turadi va sotuvchilar ham u yoki bu tovarga raqobat
jihatidan narx belgilashga yondashadi.
2. Teskari
aukstionlarning mavjudligi, yani bunday aukstionlarda xaridor sotuvchining belgilangan
narxiga o’zini narxini taklif etishi mumkin.
3. Erkin hududlarning mavjudligi.
3
4.
Venchur kapitali, yani ko’plab internet loyihalarni venchur kompaniyalari qiziqqan holda uzoq
muddatli hamkorlikda amalga oshirilishi sanaladi. Ular ishning boshlashida zarar ham ko’rishi
mumkin yoki katta yo’qotishlarga duch kelishi mumkin.
5. Juda yuqori raqobatnarx arzon bo’lishiga xarajatlarning kamayganligiga sabab bo’ladi.