O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O‘BAMA) – buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo‘yicha maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bo‘lib, o‘z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki professional tamoyillar bo‘yicha birlashtiradi.
Assotsiatsiya O‘zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko‘rsatadi.Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozori, korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab o‘tilgan masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar uchun» nomli oylik bulleten, o‘quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |